9-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilot xosteli 55. Ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga bola ambulator sharoitida belgilangan davolash kursi doirasida reabilitatsiya muolajalarini oladigan davrda bola (bolalar) o‘z qonuniy vakillari bilan birgalikda vaqtinchalik yashashi uchun xostel tashkil etishga ruxsat berilsin.
56. Xostellar yuridik maqomga ega bo‘lmaydi va Ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan boshqariladi.
57. Xostellar asosan o‘zini-o‘zi moliyalashtirish mablag‘lari hisobiga saqlanadi. Shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik (beg‘araz) yordamlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan mablag‘ jalb qilinishi mumkin.
58. Xostellardan tushgan tushumlar Davlat budjetiga undiriladigan soliqlar, Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan ozod qilinsin.
59. Xostellardan foydalanish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
10-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyatini moliyalashtirish 60. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyati quyidagilar hisobiga moliyalashtiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriya ehsonlari;
pulli xizmatlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ixtisoslashtirilgan tashkilot qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘shimcha daromadlar olish huquqiga ega.
61. Ixtisoslashtirilgan tashkilotga qo‘shimcha budjet mablag‘larini jalb qilish budjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmaydi.
62. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda bolalarni saqlash uchun ota-onalar to‘lovi undirilmaydi.
63. Ixtisoslashtirilgan tashkilot o‘zi tomonidan tasdiqlangan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
64. Ixtisoslashtirilgan tashkilotda xodimlar ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ixtisoslashtirilgan tashkilotda rahbarlar, pedagog va tibbiyot xodimlari, shuningdek, tarbiyachilar yordamchilari lavozim maoshlariga hamda bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi.
65. Ixtisoslashtirilgan tashkilot tegishli davlat organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy va statistik hisobot taqdim etadi.
66. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning moliya-xo‘jalik faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan nazorat qilinadi.