O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori


GUMANITAR YORDAM KO‘RSATISH BO‘YICHA XALQARO KO‘P FUNKSIYALI TRANSPORT-LOGISTIKA XABINI TASHKIL ETISH CHORALARI TO‘G‘RISIDA



Yüklə 23,09 Kb.
səhifə3/5
tarix20.06.2023
ölçüsü23,09 Kb.
#132875
1   2   3   4   5
logistika 6 iyun 1

GUMANITAR YORDAM KO‘RSATISH BO‘YICHA XALQARO KO‘P FUNKSIYALI TRANSPORT-LOGISTIKA XABINI TASHKIL ETISH CHORALARI TO‘G‘RISIDA
Bugungi kunda zudlik bilan yechimini kutayotgan va jahon hamjamiyati tomonidan o‘zaro muvofiqlashgan harakatlarni talab etayotgan o‘ta muhim xalqaro masalalardan biri Afg‘oniston va boshqa davlatlardagi gumanitar muammolarni hal etishdir.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, boshqa xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar tomonidan Afg‘oniston va boshqa davlatlarga gumanitar yordamning tizimli asosda, markazlashtirilgan va maqsadli yetkazilishini ta’minlash hamda buning uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Surxondaryo viloyatida xalqaro yuk tashishlarda keng ko‘lamli transport-logistika xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan “Termez Cargo Centre” MChJ faoliyat yuritayotganligi;
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilmalari, boshqa xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bugungi kunda “Termez Cargo Centre” MChJning infratuzilma imkoniyatlaridan Afg‘oniston va boshqa davlatlarga belgilangan tartibda gumanitar yordam ko‘rsatishda faol foydalanayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Termez Cargo Centre” MChJning ushbu jamiyatga Afg‘oniston va boshqa davlatlarga gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro ko‘p funksiyali transport-logistika xabi (keyingi o‘rinlarda — Xalqaro xab) maqomini berish hamda quyidagi qo‘shimcha vazifalarni yuklash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
gumanitar yordam ko‘rsatish maqsadida Xalqaro xabdan foydalanayotgan manfaatdor xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar vakillari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlardan Afg‘oniston va boshqa davlatlarga yuborilayotgan gumanitar yordamni havo, temir yo‘l va avtomobil transportidan foydalangan holda belgilangan tartibda qabul qilish, saqlash va jo‘natishni ta’minlash;
yuklash-tushirish ishlari, yuklarni tashish va saqlashni o‘z ichiga olgan kompleks transport-logistika xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etish.
3. Belgilansinki, “Termez Cargo Centre” MChJning Termiz xalqaro savdo markazi ishtirokchilari reyestriga kiritilganligini hisobga olib hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6109-son Farmoniga muvofiq Xalqaro xab hududida:
bojxona, soliq, sertifikatlashtirish, fitosanitariya, veterinariya, transport, bank xizmatlari, valyuta ayirboshlash va mobil aloqa xizmatlari, shuningdek, tibbiy va mehmonxona xizmatlari, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va boshqa xizmatlar “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha va interaktiv shaklda yo‘lga qo‘yiladi;
Afg‘oniston va boshqa davlatlarga gumanitar yordam sifatida yuborilayotgan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tayotganda ushbu tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi ustuvor va soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
4. Tashqi ishlar vazirligi:
xalqaro hamjamiyatni O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro xab tashkil etilganligi to‘g‘risida belgilangan tartibda xabardor qilsin;
Xalqaro xabdan foydalanayotgan xalqaro tuzilmalar va xorijiy davlatlar vakillarining O‘zbekiston Respublikasiga kirish bo‘yicha arizalari va murojaatlariga oid hujjatlar o‘z vaqtida va tezkor ko‘rib chiqilishini ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.

Yüklə 23,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin