O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV



Yüklə 23,09 Kb.
səhifə2/5
tarix20.06.2023
ölçüsü23,09 Kb.
#132875
1   2   3   4   5
logistika 6 iyun 1

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-may,
429-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-maydagi 429-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish, boshqarish va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining (keyingi o‘rinlarda Transport vazirligi deb ataladi) g‘aznachilik hisobvaraqlarida jamlanadi.
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi
3. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro avtomobillarda yo‘lovchilar va yuk tashishga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘lashdan olingan tushumlarning 60 foizi;
Transport vazirligining hududiy boshqarmalari inspektorlari tomonidan avtomobil tashuvchilari sohasida ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida tuzilgan bayonnomalar bo‘yicha undiriladigan jarima to‘lovlari tushumining 60 foizi;
temir yo‘l transportida yo‘lovchilar va yuk tashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi uchun davlat bojining 20 foizi;
avtomobil va temir yo‘l transportida yo‘lovchilar va yuk tashish huquqi uchun litsenziya olishga berilgan arizalarni ko‘rib chiqish, shuningdek, xalqaro avtomobilda tashishlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma blankalari berilganligi uchun yig‘imlarning 100 foizi;
shahar, shahar atrofi va viloyat ichki shaharlararo yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish uchun tendyerlarda ishtirok etish uchun to‘lovlarning 100 foizi;
“O‘zaeronavigatsiya” markazi” DK sof foydasining 5 foizi;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari depozitlarida joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari kreditlari (qarzlari) va grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
3.3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 21.06.2022 yildagi PQ-288-son

Yüklə 23,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin