Ўзбекистон республикаси давлат солиқ ҚЎмитаси солиқ академияси



Yüklə 6,8 Mb.
tarix14.12.2023
ölçüsü6,8 Mb.
#179270
BOTIROV DONIYOR OCHIL O`G`LI

TERMIZ IQTISODIYOT VA SERVIS UNIVERSITETI MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR YO`NALISHI 2-KURS 11/22 GURUH TALABASI BOTIROV DONIYOR OCHIL O`G`LINING MOLIYA BOZORLARI INSTITUTLARI VA INSTRUMENTLARI FANIDAN TAYYORLAGAN

  • MUSTAQIL ISH
  • Mavzu: Hosilaviy qimmatli qog’ozlar

REJA

  • 1. Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning umumiy tushunchasi.
  • 2. Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning turlari va majburiy rekvizitlari
  • 3. Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarni baholash
  • O‘z egalarining boshqa qimmatli qog‘ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan emitentning opsionlari, qimmatli qog‘ozlarga doir fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar.
  • Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar nima?
  • Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning emitenti – bu HQQni chiqaruvchi va ushbu qimmatli qog‘ozlar egalarining oldida ular bo‘yicha o‘z nomidan majburiyatga ega bo‘lgan yuridik shaxsdir. Hosila qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror uni chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan emitentning boshqaruv idorasi tomonidan qabul qilinadi.

Hosila qimmatli qog‘ozlar naqd hamda naqdsiz shakllarda chiqarilishi mumkin. Naqdsiz shaklda chiqarilgan hollarda ular global sertifikat HQQning naqdsiz shaklidagi butun nashrini (yoki bir qismini)

  • tasdiqlovchi va depozitariyda saqlanadigan, shuningdek, bir martalik sertifikat uchun talab etiladigan barcha rekvizitlar, HQQ nashri emissiyasi va muomalasining umumiy shartlari ro‘yxatini o‘z ichiga olgan hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
  • Hosila qimmatli qog‘ozlar sinflarga va seriyalarga bo‘linishi
  • mumkin.
  • Sinf – bu uning negizida bitta bazis aktivi yotadigan bir turidagi hosila qimmatli qogozidir.
  • Seriya – bu ijro baxosi va amal qilish muddati bir xil bo‘lgan bir sinfning hosila qimmatli qog‘ozlaridir.
  • Hosila qimmatli qog‘oz o‘z ichiga olishi lozim:
  • Hosila qimmatli qog‘ozlar bilan bog’liq munosabatlarda quyidagilarga yo’l qo’yilmaydi:
  • oldi-sotdisi muddatini kechiktirishga;
  • bitim rasmiylashtirilayotgan yilda sotuvchining mulki bo‘lmagan hosila
  • qimmatli qog‘ozlarning sotilishiga;
  • Opsion (nemischa option so‘zidan) – emitentning muayyan miqdordagi qimmatli qog‘ozlarini opsionda ko‘rsatilgan muddatda qat’iy belgilangan narxda sotib olish huquqini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz. Opsionning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning egasi qimmatli qog‘ozning o‘zini xarid qilmaydi, balki uni sotib olish yoki sotish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda u o‘zining xarid qilish yoki sotish huquqidan foydalanishi yo bo‘lmasa, undan voz kechishi mumkin.
  • Opsion
  • Opsion shartnomasida ikki tomon ishtirok etadi opsion xaridori (egasi) – ma’lum miqdordagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotish huquqiga ega bo‘ladigan shaxs hamda sotuvchi (ustiga yozuvchi) – tegishli ravishda ushbu qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki xarid qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oluvchi shaxs.
  • Barcha opsionlar ikki xilga bo‘linadi.
  • Xarid qilish uchun opsion "kollopsion" (call)
  • sotish uchun opsion – potopsion (put)
  • Xarid qilish opsioni (call) kelajakda hosila qimmatli qog‘oz tomonidan belgilangan shartlarda bazis aktivini sotib olish huquqini beradi. Sotish opsioni (put) o‘z egasiga kelajakda bazis aktivini hosila qimmatli qog‘oz shartlariga muvofiq sotish huquqini beradi.
  • Opsionlar "Yevropa opsionlari" va "Amerika opsionlari"ga bo‘linadi.
  • Yevropa opsioni – bu uning ijro etilishiga faqat kelishilgan
  • bo‘lajak sanada ruxsat etiladigan shartnomadir.
  • Amerika opsioni – bu
  • uning ijro etilishiga kelishilgan sanagacha va kelishilgan bo‘lajak
  • sanada istalgan yilda ruxsat etiladigan shartnomadir.
  • Mukofot – xaridor tomonidan sotuvchiga opsion sertifikatidan ko‘chirmaga qarshi to‘lanadigan opsion narxi.
  • Ichki qiymat – shartnoma zudlik bilan sotilgan vaziyatda opsion egasi olishi mumkin bo‘lgan daromad. U bazis aktivining joriy narxi va shartnomada kelishilgan ijro narxi o‘rtasidagi farqning miqdoriga teng.
  • Tashqi qiymat – mukofot hamda opsionning ichki qiymati o‘rtasidagi farq, uning hajmi shartnomaning muddatliligiga, kursning barqarorligiga va foiz stavkalarining dinamikasiga bog‘liq, Opsion va fyuchers savdolarining negazida olibsotarlik manfaati, qimmatli qog‘ozlar kursining ko‘tarilishi yoki pasayishidan pul ishlab olishga intilish yotadi.
  • Opsionning majburiy rekvizitlari:
  • ·Nomi: "xarid qilish uchun opsion yoki "sotish uchun
  • opsion".
  • ·Davlat ro‘yxatiga olingan sana va raqam.
  • ·Opsionni ro‘yxatdan chiqarish sanasi.
  • ·Opsion emitentining nomi, manzili va bank rekvizitlari.
  • ·Emitentning bazis aktivini sotish (xarid qilish opsioni uchun) yoki sotib olish (sotish opsioni uchun) majburiyati.
  • ·Opsionning amal qilish muddati yoki ijro etilish sanasi.
  • ·Bazis aktivining o‘ziga xos xususiyati.
  • ·Emitentning imzosi va muhri.
  • Varrant – bu uning egasi ma’lum muddat davomida yoki ma’lum bir kunda varrantlar emitenti tomonidan dastlabki chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish huquqini olganligini tasdiqlovchi hujjat. Shunday qilib, varrantlarni chiqarish bazis aktivini tashkil etuvchi qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bilan bog‘lanadi. Varrantning bazis aktivi bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning bir nashri faqat varrantning bitta nashriga huquq beradi.
  • Varrant
  • Varrantning majburiy rekvizitlari: · Qimmatli qog‘ozning nomi. · Davlat ro‘yxatiga olingan sana va raqam. · Varrantni ro‘yxatdan chiqarish sanasi. · Varrant emitentining nomi, manzili va bank rekvizitlari. · Emitentining bazis aktivini sotish majburiyati. · Varrantning amal qilish muddati yoki ijro etilish sanasi. · Bazis aktivining o‘ziga xos xususiyati. · Varrant xaridorining nomi (egasining nomi yoziladigan varrantlar uchun). · Varrant emitentining imzosi va muhri.
  • Qimmatli qog‘ozlarga doir fyuchers (futures) - o‘zida nazarda tutilgan muddatda muayyan miqdordagi qimmatli qog‘ozlarni qat’iy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz.
  • Fyuchers shartnomalari birjalarda sotiladigan qimmatli qog‘ozlarga
  • ham, tovarlarga ham taqdim etilishi mumkin.
  • Fyucherslarning asosiy belgisi – narxining aniqligi va ijro etishning majburiyligidir.
  • Fyucherslar shartnoma bo‘yicha sotib olinadigan qimmatlikka egalik qilish huquqining bir qo‘ldan boshqa qo‘lga zudlik bilan o‘tkazilishini nazarda tutmaydi.
  • Fyuchers va opsionning o‘zaro farqlari:
  • O‘zbekistonning qonun hujjatlariga ko‘ra, fyuchers – bu ma’lum qimmatli qog‘ozlarni shartnomada belgilangan narxda ma’lum kelajak sanada sotib olish yoki sotish uchun so‘zsiz majburiyatni tasdiqlovchi qimmatli qog‘oz (shartnoma)dir. Bazis aktivi birinchi marta muomalaga chiqarilayotgan qimmatli qog‘oz bo‘lgan fyucherslarni chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • Fyuchersning majburiy rekvizitlari:
  • · Qimmatli qog‘ozning nomi.
  • · Davlat ro‘yxatiga olingan sana va raqam.
  • · Fyuchersni ro‘yxatdan chiqarish sanasi.
  • · Fyuchers turi (sotib olish uchun yoki sotish uchun).
  • · Fyuchers emitentining nomi, manzili va bank rekvizitlari.
  • · Emitentning bazis aktivini sotish (xarid qilish) majburiyati.
  • · Fyuchersni ijro etish sanasi.
  • · Bazis aktivining o‘ziga xos xususiyati.
  • · Fyuchers emitentining imzosi va muhri.
  • O‘zbekistonda fyucherslar bilan operatsiyalar faqat fond birjalarida
  • amalga oshirilishi mumkin.
  • Hosila va maqsadli qimmatli qog‘ozlarni baholash quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
  • – baholash maqsadi, qiymat turi, uslubiy yondashuv va baholash usullarini aniqlash;
  • – fond bozori tendentsiyalarining qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymatidarajasiga ta’sirini, bazaviy aktiv qiymati o‘zgarishini, shuningdek, muqobil moliyaviy instrumentlar narxi dinamikasini baholash;
  • – emitentning fond bozoridagi holatini va fond operatsiyalari natijalarini aniqlash;
  • – qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymatini hisoblash,
  • Opsion shartnomasini tuzishda yuzaga keladigan asosiy masala – opsion narxi(mukofot) ni aniqlashdir. Opsion shartnomasining narxi (mukofot) ni aniqlash bo‘yicha ko‘plab modellar mavjud. Ularning ichida Bleka-Shoulz modeli eng mashhurlaridan birisifatida tilga olinadi. Opsion narxi tuzilmasida ichki va tashqi qiymat ajratib ko‘rsatiladi.
  • Ichki qiymat – bu opsion ijro narxi va bazaviy aktivning joriy narxi o‘rtasidagi farqdir. Callopsion xaridori uchun aktiv narxi qancha yuqori bo‘lsa, uning ijro narxi shuncha katta bo‘lishi afzalroq, chunki u kelgusida ushbu aktivlarni yanada past narxda sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Call opsion sotuvchisi uchun esa mazkur vaziyat buning aksinchasi sifatida gavdalanadi. Shunday qilib, opsion “yutuqli” bo‘lgandagina (in the money) ichki qiymatga ega bo‘ladi. Qolgan barcha holatlarda opsionning ichki qiymati nolga teng.
  • Opsionni
  • baholash
  • Vaqt qiymati – bu shartnomani bajarish huquqini tasarruf etish imkoniyati uchun ichki qiymatga qo‘shimcha tarzda opsion xaridori to‘laydigan, sotuvchisi esa oladigan mukofotdir. U kutish narxi yoki imkon narxi deb ham ataladi. Opsionni bajarish kunigacha bo‘lgan davr qancha ko‘p bo‘lsa, uning ichki qiymati shuncha ko‘p bo‘ladi. Vaqt qiymatiga bazaviy aktiv narxining o‘zgaruvchanligi ham ta’sir qiladi. Kurs tebranishlari farqi kotirovkalarning tarixiy o‘zgarishlari asosida hisoblanadi. Bazaviy aktivning narxi qancha yuqori bo‘lsa, opsionning vaqt narxi ham shuncha yuqori bo‘ladi, shuningdek, opsion bajarilishining “yutuqli” bo‘lish ehtimoli ortadi. Mos ravishda opsion sotuvchisi katta narx so‘raydi, chunki riskning yuqori darajasini kompensatsiyalashi lozim. Foiz stavkasi opsionning ichki qiymatiga ta’sir qiluvchi omillardan biri sanaladi. YUqori foiz stavkalari call opsion qiymati oshishi va put opsion qiymati pasayishiga olib keladi. Bu muqobil mablag‘lar joylashtirish daromadliligi o‘sishi oqibatida yuzaga keladi.
  • Opsionni
  • baholash
  • Fyuchers shartnomalar qat’iy standartlashtirilgan va qimmatli qog‘ozlar sotuvchilari hamda xaridorlarining aniq talablarini aks ettiradi. Muayyan turdagi qimmatli qog‘ozlaroldi-sotdisini amalga oshirish uchun standart muddatli shartnomalar (fyucherslar) asosan quyidagilarni o‘zida jo etadi: qimmatli qog‘oz turi; fiksirlangan sotish narxi; qimmatli qog‘ozlar miqdori; bitim summasi, shartnomani bajarish sanasi; hisob-kitob shartlari. Bu pozitsiyalar fyucherslarning bozor qiymatini aniqlashda bazaviy hisoblanadi.
  • Fyutchersni
  • baholash
  • 1. “Moliya va Qimmatli qog’ozlar bozori” Butikov
  • 2. “Qimmatli qog‘ozlarni baholash” F.M. Matmurodov
  • Toshkent 2011 y.
  • 3. “Qimmatli qog‘ozlar” Sh. Shoazamiy Toshkent “Iqtisod-moliya 2010”
  • 4. www.ziyonet.uz
  • 5. www.wikipedia.uz

E’tiboringiz uchun rahmat.

  • E’tiboringiz uchun rahmat.

Yüklə 6,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin