O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining


Kesib o‘tish oraliqlarida, ilashgan kuchlanish zonasida, 35 kV va undan yuqori kuchlanishli ko‘p zanjirli HLda bir zanjiri o‘chirilganda, simlarni hamda trosslarni montaj qilish va almashtirish



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə81/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

Kesib o‘tish oraliqlarida, ilashgan kuchlanish zonasida, 35 kV va undan yuqori kuchlanishli ko‘p zanjirli HLda bir zanjiri o‘chirilganda, simlarni hamda trosslarni montaj qilish va almashtirish


  1. Sim va trosslarni montaj qilish va almashtirish paytida siltamasdan, yoyish va osish zarur. Arqon shunday yo‘naltirilishi kerakki, unda osilayotgan sim siltangan yoki uzilib ketgan taqdirda, kuchlanish ostida turgan simga yaqinlashmasligi yoki unga ilashib qolmasligi kerak. Zarur bo‘lganda, odatda ip-gazlamadan yoki kaprondan yasalgan maxsus tortqichlar qo‘llaniladi. Arqonlar iloji boricha kalta bo‘lishi va tarang tortilib turishi, ularning uchlari osilib qolishiga yo‘l qo‘yilmaslik kerak. Metalldan yasalgan yo‘g‘on arqonlar yoki chig‘irlar yerga ulanadi.

  2. Simlarni (trosslarni) yoyishdan oldin har bir barabandagi sim yerga ulanishi kerak. Agar simlar (trosslar) yoyish aravachasidan yozilsa, simning (trossning) qo‘zg‘almas uchi yerga ulanishi kerak.

Bir joyda turgan barabandagi simni (trossni) yoyishda, yerga ulash uchun uning uchi baraban vtulkasiga, barabanning vali esa barabanga yaqin turgan tayanchga yoki yerga ulagichga ulanishi zarur.

  1. Montaj ishlarini boshlashdan oldin (xom chiziq tortish, sim tortish, simni rolikdan qisqichlarga o‘tkazish), yozilgan sim (tross) ikki joyda: boshlang‘ich anker tayanchining tortuvchi qisqichi yaqinida va sim tortilayotgan oxirgi tayanchda yerga ulanishi kerak.

Bundan tashqari, sim (tross) va ish olib borilayotgan joydagi har bir oraliq tayanch ham yerga ulanishi zarur.

  1. Metalldan yasalgan osma roliklarda yoki qisqichlardagi simlar uchun roliklarning (qisqichlarning) gardishini yerga ulash yetarlidir. Rolikning (qisqichning) metall gardishi

bilan metalli yoki armaturali temir-beton tayanch o‘rtasidagi tabiiy metalli kontakt mavjud bo‘lsa, metalldan yasalgan rolikni (qisqichni) yerga ulash uchun qo‘shimcha tadbir talab qilinmaydi.

  1. Kuchlanish ostida turgan HL bilan kesishgan oraliqlarda osilayotgan sim kesishgan liniyaning (tross) ikkala tarafidan yerga ulanishi lozim.

  2. Odamlarni ko‘tarishga mo‘ljallangan mexanizmdan yoki izolatsiyalovchi bo‘g‘ini bo‘lmagan teleskopik minoradan, shuningdek, tayanchda turib simlarda bajariladigan va tayanchdan batamom yerga qadar tushirilgan simlardagi ishlar mazkur Qoidalarga 9- ilovaning 50 va 51-bandlariga muvofiq bajarilishi kerak.

  3. Ankyerlar oralig‘idagi simlarni osish ishlari tamomlangandan so‘ng simlar boshlang‘ich anker tayanchida yoki biron-bir oraliq tayanchda yerga ulanishi kerak.

Keyingi anker oralig‘ida ishlayotgan odamlarning tayyor bo‘lgan oldingi anker oralig‘idagi sim orqali yashin razryadidan jarohatlanmasliklari uchun simni oxirgi anker tayanchida yerga ulash taqiqlanadi.

  1. Anker tayanchida shleyflarni ulash faqat bu tayanchga tegishli bo‘lgan yonma-yon ankyerlar oralig‘idagi montaj ishlari tamomlangandan so‘ng amalga oshiriladi.

110 kV va undan yuqori kuchlanishli HL shleyflari ulanishiga qadar simga yoki tortib turuvchi shodalarga traversadan hisoblanganda to‘rtinchi izolyatorgacha, 35 kV va undan

kam kuchlanishga ega bo‘lgan HLda faqat simga mahkamlab qo‘yilishi zarur.



  1. Ishlar tugatilgan HL uchastkalarida anker tayanchlardagi shleyflar ulab bo‘lingandan keyin sim boshlang‘ich anker tayanchida va oxiriga yaqin bo‘lgan tayanchlardan birida yerga ulanishi kerak. Oxirgi anker tayanchida ushbu simlarni yerga ulash man etiladi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin