O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining


-bob. Elektrod qozonlari. Elektr filtrlari



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə84/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

13-bob. Elektrod qozonlari. Elektr filtrlari


  1. Izolatsiyalangan korpusli, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektrodli qozonning g‘ilofi qulflanib yopilishi shart. Qozondan kuchlanish olingandan keyingina g‘ilofni ochishga ruxsat beriladi.

  2. Ishlab turgan elektrodli qozonga ulangan quvurlarda ularning yerga himoya ulagichlarini buzish yoki ularni ajratish bilan bog‘liq ishlarni bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi.

  3. Quvurlarni ajratishdan avval elektr payvandlash yordamida bo‘laklar orasida mustahkam metall kontakt bo‘lishini ta’minlash lozim. Bir-biridan ajratilishi baypas aylanmasi bilan jihozlangan quvurlarni bo‘laklari orasida bunday kontaktni ta’minlash

talab etilmaydi.

  1. Elektr filtrlarini ekspluatatsiya qilishda quyidagilar man etiladi:

javobgar rahbarning naryaddagi alohida ko‘rsatmasi bo‘yicha naryadda ko‘rsatilgandan tashqari hollarda odamlarning elektr filtri ichida bo‘lgan paytlarida silkitish mexanizmini ulash;

elektr filtrlarining bunker va seksiyalarida bir vaqtda baravariga ta’mirlash ishlarini olib borish;



ta’minlovchi agregatlarning blokirovka qurilmalari nosoz bo‘lgan paytda elektr filtrining seksiya teshiklari, izolyator g‘iloflari va lyuklarni yopuvchi zulfinlar va shunga o‘xshash moslamalarda nosozlik bo‘lmasa, elektr filtrlarga hamda uni ulovchi kabellarga kuchlanish berish.

  1. Qozon elektr filtrining har qanday maydonchasida, zahiradagi shinada, elektr filtrini manbaga ulovchi har qanday kabelda ishlanganida, ushbu elektr filtrini barcha ta’minlovchi agregatlari uzilishi va yerga ulanishi kerak.

  2. Elektr filtri seksiyalarida odamlar ishlashiga ijozat berishdan oldin seksiyalar shamollatilishi va bunkerdagi kul (chang) olib tashlanishi shart. Havo harorati esa 45°S

dan oshmasligi zarur.

  1. Elektr filtri o‘chirilgandan keyin undan va uni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi kabellardan 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr agregatlarini yerga ulash yo‘li bilan elektrostatistik zaryad olib tashlanishi zarur. Elektr filtrini yerga ulanmagan qismidan zaryad olib tashlanishiga qadar unga tegish taqiqlanadi.

  2. Korxonalarda mavjud kul (chang) ushlaydigan qurilmaning alohida xususiyatlariga qarab, elektr filtrlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mahalliy yo‘riqnoma ishlab chiqilishi kerak.

Yo‘riqnomada sexlar o‘rtasida xizmat ko‘rsatish chegaralari o‘rnatilishiga qarab, naryad va ishlashga ijozat berish tartibi belgilanadi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2020-y., 09/20/712/1502-son)
Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin