O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining


-§. Avariyalarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirish



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə48/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

3-§. Avariyalarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirish


  1. Avariya holatlarida tiklash ishlarini, shuningdek, kechiktirib bo‘lmaydigan, qisqa muddatli, qurilmalarda avariyaga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf

etish ishlarini, keyinchalik tezkor jurnalga yozib qo‘yish sharti bilan naryadsiz bajarish quyidagi xodimlarga ruxsat etiladi:

  1. tezkor xodimlarga (kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan qurilmalarda — kamida ikki kishi bo‘lib);

  2. ta’mirlash xodimlariga tezkor xodimning kuzatuvi ostida, agar naryadni yozish va rasmiylashtirish vaqti avariya oqibatlarini bartaraf etishning cho‘zilishiga olib kelsa;

v) ta’mirlash xodimlariga agar tezkor xodim band bo‘lsa hamda doimiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim bo‘lmagan hollarda, ushbu qurilmaga xizmat ko‘rsatuvchi elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida V guruhga ega (1000 V gacha kuchlanishli qurilmalarda kamida IV guruhga ega) ma’muriy texnik xodimlar nazorati va javobgarligi ostida.

  1. Podstansiyalarda naryad yoki farmoyish berish huquqiga ega bo‘lgan ma’muriy- texnik xodimlar bo‘lmagan taqdirda, avariyaning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish ishlariga naryad yoki farmoyish berish huquqi barcha podstansiyalar va tezkor chiqish brigadalarining elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga ega bo‘lgan tezkor xodimlariga beriladi.

  2. Barcha holatlarda ishlarni bajarishda, xavfsizlikni ta’minlovchi barcha texnik chora- tadbirlar bajarilishi shart.

  3. Avariya oqibatlarini bartaraf etishda tezkor xodimlarning (bevosita, naryadsiz ishlanganda ishlovchilar ustidan kuzatuv o‘rnatish yo‘li bilan) ishtirok etishiga yuqori turuvchi tezkor xodimlarning roziligi bilan ruxsat beriladi. Yuqori turuvchi xodimlar bilan aloqa bo‘lmagan taqdirda, bunday ruxsat talab etilmaydi.

  4. Korxonalarning elektr qurilmalarida shahar (tuman) elektr ta’minoti yoki magistral elektr tarmoqlarining navbatchi brigadalari tomonidan har xil turdagi avariya ishlari bajarilganda, masalan, avariyadan shikastlangan kabelni sinash va o‘lchashda, mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq naryad berish vaishga ijozat berishni rasmiylashtirish shart. Bunday holatlarda, korxona podstansiyasida naryad berish huquqiga ega bo‘lgan shaxs ayni vaqtda bo‘lmagan taqdirda, avariyani tezroq bartaraf etish maqsadida qurilmani (korxonani, sexni) elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsning ko‘rsatmasi bo‘yicha naryadni korxonaning navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodimi berish huquqiga ega bo‘ladi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin