O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining


-bob. Mexanizmlar va yuk ko‘tarish mashinalarini qo‘llab bajariladigan ishlar



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə76/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

9-bob. Mexanizmlar va yuk ko‘tarish mashinalarini qo‘llab bajariladigan ishlar


  1. OTQ hududi bo‘ylab va HL ostidan o‘tayotganda, yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarning yuk ko‘taruvchi va surilma qismlari transport holatida bo‘lishi lozim.

Yuk ko‘tarish mashinalarining ish joyi doirasida teleskopi ko‘tarilgan, ammo surib chiqarilmagan holda yoki strelasi yoxud boshqa ishchi qismi ko‘tarilmagan holda, ko‘tariladigan yoki surib chiqariladigan qismda yuksiz va odamlarsiz tekis joyda yurishiga ruxsat etiladi, agar bunday yurish zavod yo‘riqnomasida ruxsat etilgan bo‘lsa.

OTQ hududi bo‘ylab va HLning muxofaza zonasida yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarni mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 141-bandida ko‘rsatilgan shaxslarning yoki ma’muriy-texnik xodimlar jumlasidan bo‘lgan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida V

guruhga ega bo‘lgan shaxsning bevosita nazorati ostida, OTQ hududi bo‘ylab esa kamida IV guruhga ega bo‘lgan tezkor xodimning nazorati ostida harakatlanishiga ruxsat beriladi.

OTQ hududi bo‘ylab harakat tezligi mahalliy yo‘riqnoma bo‘yicha aniqlanadi, ammo 10 km/soatdan oshmasligi kerak.



HL ostida yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari simlarning eng kam osilgan joyidan (tayanchlar yaqinidan) o‘tishlari lozim.

  1. Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari yurayotganda ularning ko‘tariladigan va surilma qismlaridan, stroplardan, yuk iladigan moslamalardan, yuklardan tok o‘tkazuvchi qismlargacha bo‘lgan masofa mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvali 3-ustunida ko‘rsatilgandan kam bo‘lmasligi, ushbu mexanizmlarda ishlashda esa qo‘tariladigan va surilma qismlarda turib ishlayotgan odamgacha bo‘lgan masofa ham 1 jadvalning 3- ustunida ko‘rsatilgandan kam bo‘lmasligi shart.

Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarining ishlash jarayonida strelani, teleskop minorasini yoki surilma narvonni tok o‘tkazuvchi qismlargacha bo‘lgan masofa mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvali 3-ustunida ko‘rsatilganidan kam bo‘lgan balandlikka va burchakka ko‘tarish va burish man etiladi. Yuk ko‘taruvchi mashina strelasining, yoki boshqa surilma. yoki ko‘tariladigan qismining gorizontal tekislikdagi eng ko‘p mumkin bo‘lgan burilish burchagi zarur holatlarda, qizil bayroqchalar yoki fonarlar o‘rnatilgan tayoqchalar yordamida belgilab qo‘yilishi lozim.

  1. OTQda va HLning muhofaza zonasida strelali kranlar ishlatilganda, yuklarni kranlar bilan xavfsiz ko‘chirilishi uchun javobgar shaxs kran strelasi ishchi holatiga keltirilishidan

oldin kran o‘zi tarafidan ko‘rsatilgan joyga to‘g‘ri o‘rnatilganini tekshirib, so‘ng kranni ishlatishga ruxsat berishi shart. Kranlar bilan yuklarning xavfsiz ko‘chirilishi uchun javobgar shaxslarni tayinlash tartibi, ularning vazifalari hamda elektr xavfsizligi bo‘yicha texnik tadbirlar (kranni yerga ulash, tashqariga chiquvchi tayanchlarni o‘rnatish va boshqalar) tegishli normativ-texnik hujjatlarda belgilab berilgan.

Yuklarning kranlar bilan xavfsiz ko‘chirilishi uchun javobgar shaxs tayinlangani haqida naryadning “Alohida ko‘rsatmalar” satrida yozib qo‘yiladi. Bunday shaxs sifatida naryad beruvchi, javobgar rahbar yoki O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi) hududiy inspeksiyasi bilan kelishilgan holda, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga ega bo‘lgan ish bajaruvchi belgilanishi mumkin.



  1. Strelali yuk ko‘tarish kranlarida turib ishlash va ularni bevosita 0,4 — 35 kV kuchlanish ostidagi HL simlari ostida o‘rnatish man etiladi.

  2. Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarining haydovchilari hamda ilgaklarga yuk iluvchilar (tushiruvchilar) OTQ va HL ostida ishlashi uchun ishga ijozat berishdan oldin

ular harakatlanish va ushbu qurilmalarda ishlash tartibi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishlari kerak.

  1. Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarining haydovchilari elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga, ilgaklarga yuk iluvchilar esa I guruhga ega bo‘lishlari kerak.

  2. Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari OTQda va HLni qo‘riqlash zonasi doirasida kuchlanish olinmasdan bajariladigan barcha ishlarda yerga ulanadi. Yerga ulovchi simlarning ko‘ndalang kesimi ushbu elektr qurilmasi uchun qabul qilingandan kam bo‘lmasligi shart. Gusenitsali yuk ko‘tarish mashinasi bevosita yer ustida turganida uni yerga ulanishi talab etilmaydi.

  3. Agar tok o‘tkazuvchi qismlarga tegish yoki elektr razryadi hosil bo‘lishi oqibatida yuk ko‘taruvchi kran yoki mexanizm kuchlanish ostiga tushib qolsa, kuchlanish to‘la olinishiga qadar unga tegish, undan yerga tushish yoki unga ko‘tarilish taqiqlanadi.

Yuk ko‘tarish mashinasi yoki mexanizm yongan taqdirda, haydovchi uni qo‘li bilan ushlamasdan, baravariga ikki oyog‘i bilan yerga sakrab tushishi va bir oyoqda sakrab yoki

oyoq kafti uzunligidan oshmagan mayda qadam bilan yurib, undan eng kamida 8 metr masofaga uzoqlashishi zarur.



  1. Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari yordamida ish bajarilganda, ko‘tarilayotgan yuk, tortilayotgan sim, tortuvchi tros va tortkich, teleskopik minora kajavasi ostida, shuningdek, tortilayotgan tomondan tayanchlar va tirgovichlarga bevosita yaqin joylarda odamlarning turishi taqiqlanadi.

  2. Teleskopik minoradan (gidroko‘targichdan) turib ishlaganda, mashina haydovchisi bilan teleskopik minora kajavasidagi brigada a’zosi bir-birini ko‘rib turishi zarur. Bunday aloqa bo‘lmaganda, teleskopik minora yaqinida kajavani yuqoriga ko‘tarish yoki pastga tushirish to‘g‘risidagi buyruqni haydovchiga yetkazib turuvchi uchinchi brigada a’zosi qo‘yilishi shart.

  3. Har doim ish boshlashdan oldin ish bajaruvchi yuk ko‘taruvchi mashinalar, mexanizmlar va yordamchi yuk iladigan moslamalarning sozligiga ishonch hosil qilishi kerak.

Tashqariga chiqarib o‘rnatiladigan tayanchlar bilan jihozlangan yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari ish jarayonida o‘rnatilishi shart.

Teleskopik minora va gidroko‘targichlar yordamida ishlarni bajarishdan oldin ularning surilma va ko‘tariladigan qismlari amalda tekshirib ko‘rilishi, teleskopik minoralarda esa bundan tashqari ko‘taruvchi qismi tik holatga keltirilib, shu holatda mahkamlab qo‘yilishi shart. Teleskopik minoradan (gidroko‘targichdan) turib ishlashda, kajava polida turish va himoya kamarining arqoni bilan kajavaga bog‘langan holda turish zarur.



Kajavadan (osma belanachakdan) tayanchga yoki uskunaga o‘tish va qayta orqaga o‘tish faqat ish bajaruvchining ruxsati bilan amalga oshirilishiga ruxsat etiladi.

  1. Burchak tayanchlardagi izolyatorlarni va simlarni almashtirish hamda armaturalarni ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarishda teleskopik minorani (gidroko‘targichni) simlardan hosil bo‘lgan burchak ichiga o‘rnatish man etiladi.

  2. Yuk ko‘tarish mashinasi yordamida yuklarni ko‘tarish uchun mo‘ljallangan arqon yoki trosning xavfli masofaga (yuksiz) chayqalishini keltirib chiqaradigan shamol esganda ishlarni bajarish taqiqlanadi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin