O‘zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi farg’ona viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 15 Mb.
səhifə25/75
tarix14.10.2023
ölçüsü15 Mb.
#155295
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75
1.08 Kompyuter grafikasi va Web-dizayn2 Асосиййййййййййййййййййй

Holat qatori. Holat qatori illyustratsiyaning ajratilgan ob`ektlari to’g`risida ma`lumotlarni aks ettiradi. CorelDraw interfeysining boshqa elementlari kabi uning konfiguratsiyasini ham o’zgartirish mumkin. Foydalanuvchi o’zi holat qatorida qanday ma`lumotlar berilishini aniqlashi mumkin. Masalan:

  • Tanlangan uskuna to’g`risida qisqa ma`lumot;

  • Sichqoncha ko’rsatgichi koordinatalari;

  • Tanlangan ob`ekt haqida ma`lumot;

  • Transformatsiyalash jarayonida ob`ektning geometrik o’lchamlari o’zgarishi va uning koordinatalari;

  • Tanlangan ob`ektning to’ldirish ranglari haqida ma`lumot;

  • Tanlangan ob`ektning atroflama chiziqlarining qalinligi va rangi haqidagi ma`lumot;

Bir so’z bilan aytganda ob`ektlar shaklini tahrirlash uchun ishlatiladi. Agarda ob`ekt ustida murakkab tahrirlash ishlarini bajarish zarur bo’lsa, ushbu uskunaga tegishli xossalar panelidan yoki belgilangan shakl ustida “sichqonchaning” o’ng tugmasini bosish bilan hosil qilingan Kontekstli menyu buyruqlaridan foydalanishimiz mumkin. Bu menyu ham buyruqlar bilan ishlash va amallar bajarilishini tezlashtirish uchun mo’ljallangan. CorelDraw dasturi bilan ishlash jarayonida biz Kontekstli menyu orqali ishlashni tez o’rganishimiz mumkin. Misol sifatida ob`ekt uchun ochilgan Kontekstli menyuni keltiramiz:

Dokerlar CorelDraw dasturining yaratuvchilari tomonidan dasturning 8 – versiyasidan boshlab kiritilgan. Dokerlar CorelDraw dasturida «suzib» yuruvchi palitralarni o’rnini bosuvchi vosita sifatida yaratilgan va ulardan foydalanish qulay. Dokerlar ro’yxatini menyular qatoridagi «Intrumentы» menyusi buyrug`ini tanlash bilan ochish mumkin. Masalan, bu ro’yxatdan «Dispetcher vidov» bandini tanlab ko’rsak, oynaning o’ng qismida quyidagi holatni ko’ramiz:



YUqoridagidan shuni ko’rishimiz mumkin – kim doker «suzib» yuruvchi palitralarga ko’ra sal ko’proq joy egallasada, hujjat oynasini berkitmaydi.
Dokerlar o’zining panelidagi yuqori chap qismida joylashgan ikki uchburchak joylashgan tugmani bosish bilan yopiladi. Dokerlar afzalligini bir necha dokerni birdaniga ochish yo’li bilan kuzatishimiz mumkin. Har safar yangi doker ochilganida u to’laligicha namoyon bo’lib, avvalgi doker o’rnini egallaydi va uning yorlig`i o’ng tomonda hosil bo’ladi.
Ularni ishga tushirishning yana bir ko’rinishi ukunalar paneli yordamida ishga tushiriladi u quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Sichqoncha ko’rsatgichi yordamida instrementlar panelida ushbu egri chiziqni faollashtiramiz natijada egri chiziq uskuna lari hosil bo’ladi uning uchunchi buyrug`ini faolashtiramiz va dokerlar bilan ishlash oynasi hosil bo’ladi. Bu erda ham faol va rasmli ko’rinishga ega bo’lgan dokerlar mavjud bo’lib ularning yordamida rasmlar hosil qilishimiz mumkin.

Dokerlardan foydalanish «suzib» yuruvchi palitralarni yo’q qilish degan ma`noni anglatmaydi va dokerlar yorlig`ini sichqoncha yordamida ishchi oynaga olib o’tish orqali oynada bir nechta «suzib» yuruvchi palitralarni hosil qilishimiz va ulardan foydalanishimiz mumkin. YAna shuni qayd qilishimiz joiz, dokerni ishchi muhitning chap va o’ng tomonlariga bir xilda joylashtira oladi, buning uchun uni sichqoncha yordamida kerakli tomonga olib o’tish etarli.





Yüklə 15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin