Sahifalash usuli
Bu usulda matn chop etiladigan ko'rinishda beriladi. Ekranda matn, rasm, jadval va xokazolar chop etiladigan ko'rinishda joylashadi. Bunda birdaniga bir necha sahifani ko'zdan kechirish mumkin. Bu usuldan hujjat taxrirlagandan so'ng natijani ko'rish uchun foydalaniladi.
Hujjatning shaklini ko'rish usuli
Bu rejimda hujjatning shaklini ko'zdan kechish, tashkil etish, o'zgartirish mumkin. Bunda sarlavhalar iyerarxiyasini shakl deb tushuniladi. Bu rejimda ekranga faqat sarlavhalarni chiqarish mumkin. Sarlavha sathini o'zgartirish mumkin. Sarlavxa bo'g'inlab ko'chirilganda, unga tegishli sarlavhalar ham bo'g'inlab ko'chiriladi.
Matn kiritish
B archa muharrir dasturlarida asosiy vaqt matn kiritishga sarflanadi, so'ngra esa muharrir imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Word muharririda yangi abzatsga o'tishda «Enter» tugmasidan, so'zlar orasida bo'sh joy tashlashda «Probel» yoki «Tab» tugmalaridan foydalaniladi. ( ) belgi - abzats oxirini ko'rsatuvchi belgi. Yuqoridagi abzatsga bog'liq yangi satrni boshlash uchun, kursorni kerakli joyga qo’yib, «Shift+Enter» bosilishi natijasida Word satrning uzilish belgisini o'rnatadi va kursorni yangi satrning boshiga o'tkazadi. Matn
bo’ylab harakat qilishda klaviaturadagi boshqaruv tugmalaridan, «sichqoncha»dan va o'tkazish yo'lakchalaridan foydalanish mumkin. Noto'g'ri kiritilgan belgilarni o'chirishda bir necha usullardan foydalanish mumkin:
Back Space- kursordan chap tomondagi belgini o'chiradi.
Shift + Back Space - kursordan chap tomondagi bitta so'zni o'chiradi.
Delete- kursordan o'ng tomonda turgan bitta belgini o'chiradi.
Shift+Delete-kursordan o’ng tomondagi bitta so'zni o’chiradi.
Microsoft Excel 2007 dasturida ishlash
Elektron jadvallar bilan ishlovchi Microsoft Excel 2007 dasturi hisoblash amallariga asoslangan holda jadval ko‘rinishidagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun, hamda xisoblashlar natijasi bo‘lgan sonli qiymatlar asosida turli ko‘rinishdagi diagrammalar yaratishga mo‘ljallangan.
Kompyuterlar sonli ma’lumotlarni jadval shaklida ifodalanishi va uning ustida xar xil xisoblash amallarini bajarishga imkon yaratib beradi.
Jadval ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan kompyuter dasturlari elektron jadvallar deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |