O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi namangan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi


Protsessor tarkibida o‘n ikkita 16 razryadli programmaviy adreslanuvchi re­gistrlardan ibo­rat



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə21/151
tarix25.07.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#137457
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   151
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi-www.hozir.org

Protsessor tarkibida o‘n ikkita 16 razryadli programmaviy adreslanuvchi re­gistrlardan ibo­rat.


Berilganlar registrlari
Ko‘rsatgich registrlari


AX

Akkumlyator


SI

Manba indeksi

AH

AL











BX

Baza registri


DI

Qabul indeksi


BH

BL











CX

Sanagich


BP

Baza ko‘rsatgichi

CH

CL











DX

Berilganlar registri


SP

Stek ko‘rsatgichi

DH

DL













Segment registrlari












CS

Buyruq segmenti registri















DS

Berilganlar segmenti registri











SS

Stek segmenti registri



















ES

Qo‘shimcha berilganlar segmenti registri












Boshqa registrlar












IP

Buyruq ko‘rsatgichi

















FLAGS

Bayroqlar registri










Protsessor registrlari
Ularni uch guruhga ajratish mumkin: beril­ganlar registr­lari, registr-ko‘rsatgichlar va segment registr­lari. Beril­ganlar registr­­lari va ko‘rsatgich registrlari umumiy registrlar deyiladi. Bundan tashqari protsessorga buyruq ko‘rsat­gichi va bayroq registri kiradi.
Berilganlar registrlariga to‘rtta registr: AX, BX, CX va DX registrlar kiradi. Programma tuzuvchi bu registrdan o‘z hohishiga ko‘ra turli programma ob’ektlarni (berilganlar va adreslarni) saq­lash­da va ular ustida amallar bajarishda fyodalanishi mum­kin. Bundan tashqari bu registr bir-biriga bog‘liqmas ravishda kattayarmiga (AH, BH, CH va DH) va kichik yarmiga (AL, BL, CL, va DL) murojaat qilishi mumkin. Masalan, movBL, AH buyrug‘ida BX registrining kichik baytiga AX registrining katta bayti uzatiladi. Buyruqda oldin qabul qiluvchi operand verguldan keyin operand- manba yoziladi.

Berilganlar registrlari umuman olganda teng kuchli (ekvivalent), lekin ko‘p hollarda AX registri ishlatiladi. Ayrim buyruq­lar AX (yoki uning yarmi AL) ishlatilsa tezroq bajariladi. Boshqa tomon­dan, shunday buyruqlar borki, oshkormas ravishda ma’lum bir registrlarni ishlatadi, masalan, takrorlash buyruqlari takrorlash qadamini sanash uchun SX registrini ishlatadi. Xuddi shunday ko‘pay­tirish va bo‘lish amallari AX va DX registrlarini ishlatadi, o‘qish-yozish amallarini faqat AX va AL registrlari orqali amalga oshi­rish mumkin va hakoza.

Xuddi shunday SI va DI registralari ham har xil maqsadda ishlatilishi mumkin, lekin ularni asosiy vazifasi - xotiradan ope­randni tanlashda indekslarni yoki biror bazaga nisbatan (massiv boshiga nisbatan) siljishni saqlashdir. Bunda baza adresi VX yoki VR baza registrlarida bo‘lishi mumkin. Satr bilan ish­lash­da SI va DI registrlar qayta ishlanayotgan satrlar ko‘rsatgichi sifa­ti­da ish­la­­tiladi. BP registr stek ko‘rinishdagi struktura­larda baza ko‘r­sat­gichi sifatida ishlatiladi, lekin u boshqa arifmetik va mantiqiy amallarda ham ishlatilishi mumkin. SP-maxsus registr bo‘lib, u faqat stek uchini ko‘rsatish uchungina ishlatiladi. Buyruq ko‘rsat­gichi IPprogramma bajarilishini kuzatib” boradi, ya’ni bajari­layotgan buyruqdan keyingi buyruqning nisbiy adresini ko‘rsatib turadi. IP registriga programmadan murojaat qilish mumkin emas. IP- bu registrning qisqartirilgan nomi, prog­­ram­ma­dagi mnemonik nom emas. IR registr qiymatini o‘zgartiri­shni mikroprotsessorning o‘zi amalga oshiradi.

Bayroqlar registri (uni FLAGS deb nomlashadi) bilan pro­tses­sor holati haqida ma’lumotni o‘zida saqlaydi. Unda 6 ta holatlar raz­ryadli, 3 ta protsessor ishlashini boshqarish razryadlari bo‘ladi.

15

14

13

12

11

10

09

08

07

06

05

04

03

02

01

00










OF

DF

IF

TF

SF

ZF



AF



PF



CF



Bayroqlar registri holatlar bayrog‘i protsessor tomonidan har bir navbatdagi amal bajarilganda o‘zgartiriladi. Bu holat bo‘yicha bajarilgan buyruq haqi­da mulohaza yuritish mumkin.

CF (Carry Flag) - o‘tishbayrog‘i. Arifmetik amallar bajaril­ganda olib o‘tish (yoki olish) holati yuz berganligini bildiradi. Olib o‘tish holati deb buyruq bajarilishi natijasida 16 ta ikkilik raz­ryad­dan ortiq joy egallovchi son hosil bo‘lgan holatiga ayti­ladi, ya’ni son registr yoki xotira katagiga sig‘may qoladi. Aytaylik, AX registrida 60000 soni, VX- 40000 bo‘lsin. Qo‘shish amalini baja­rish buyrug‘i
addAX, BX
bajarilganda qabul qiluvchi AX registrida 100000 soni hosil bo‘li­shi kerak va bu son AX registriga sig‘maydi. Bunday holat ro‘y berganligini CF razryadidagi 1 qiymati bildiradi, chunki AX registrida 100000-65536=34464 soni, ya’ni noto‘g‘ri natija hosil bo‘ladi.
Shuni ta’kidlash kerakni, programma bajarilishida ro‘y bergan xato­lar hech qanday oqibatlarga olib kelmaydi. Bunday holatlarni bosh­qa­rish programma tuzuvchisi zimmasiga yuklanadi. yuqorida holat uchun maxsus jc (jampifcarry - olib o‘tish bo‘lsa, o‘tish) buyrug‘i mav­jud.
addAX, BX
jcerror ; xato bo‘lsa error nishoniga o‘tilsin


... ; normal holatda davom etish

PF (ParityFlag)- paritet bayrog‘i. Agar amal natijasida 1 son miq­dori juft bo‘lsa 1 qiymatni qabul qiladi, aks holda 0. Bu bay­roq­dan berilganlarni uzatishdagi xatolikni aniqlashda foydala­nish mumkin.

AF (AuxiliaryFlag) - yordamchi o‘tish bayrog‘i. Ikkilik-o‘nlik ko‘rini­shidagi sonlar ustida amal bajarilganda ishlatiladi va u katta 4 bitdan o‘tish ro‘y berganligini bildiradi. Ikkilik-o‘nlik usulida bayt yarmida (4 bitda) o‘nlik raqamning ikkilik kodi saqlanadi. Bunda bir baytda 0 dan 99 gacha bo‘lgan sonlarni saqlash mumkin.
Ikkilik-o‘nlik ko‘rinishdan o‘lchash qurilmalari bilan ma’lu­mot almashish uchun ishlatiladi. Bu sonlar uchun maxsus buyruqlar aniq­langan. Bu buyruqlar bajarilganda AF bayrog‘i holatini tek­shirish­ga to‘g‘ri keladi.


ZF (ZeroFlag)- nol bayrog‘i. Amal natijasi 0 bo‘lsa ZF=1. Masalan, 5 dan 5 ayirish, 20 ga -20 ni qo‘shish amalida.

SF (Sign Falg) - ishora bayrog‘i. Bayroq qiymati 1 bo‘ladi, agar amal natijasi manfiy son bo‘lsa. Umuman olganda, protsessor sonlarni ishorasiz hamda manfiy va musbat bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishorali butunlarni bir-biridan ajrata oladi. Ishorali sonning manfiylik alomati - katta razryadda 1 bo‘lishi (15 razryadda yoki 7 razryadda). Masa­lan, ishorali butun sonlar uchun 8000h...FFFFh oralig‘idagi sonlar manfiy hisoblanadi).

OF (Overlow Flag) - to‘lib ketish bayrog‘i. Ishorali sonlar uchun natijani chegaradan chiqib ketishini fiksirlaydi. Masalan musbat sonlar 7FFFh dan oshmasligi kerak. Ikkita musbat sonlarni qo‘shish­da manfiy son hosil bo‘lsa (natija 7FFFh sonidan katta katta bo‘l­sa) yoki manfiy sondan ayirishda natija 8000h sonidan kichik bo‘lsa OF=1 bo‘ladi.
Boshqaruv bayroqlari real rejim bayroqlari registrida uchta.


TF (TraceFlag) - trassirovka bayrog‘i. Programmani qadam­lab baja­rish­ni ta’minlaydi. TF=1 bo‘lsa, har bir buyruq bajarilgandan keyin 1 nomerli vektor bo‘yicha uzilish bajariladi (04 fizik adres­­dagi). Bu bayroq sozlash programmalarida boshqa programmalarni qadamlab bajarishni tashkil qilishda keng foydalaniladi.

IF (Interupt Flag) - uzilish bayrog‘i. Protsessor tomonidan tashqi quril­malardan bo‘ladigan uzilishlarga aks ta’sir qilish (IF=1) yoki qilmaslik (IF=0) shartini aniqlaydi. Bu orqali programmalarningjuda muhim qismlarini tashqi ta’sirsiz bajarish imkon tug‘iladi.

DF (Direstion Flag) - yo‘nalishni boshqarish bayrog‘i. Satr­larni qay­ta ishlash buyruqlarida qo‘llaniladi. Agar DF=0 bo‘lsa, satrkichikadres­lardan katta adrestomonto‘g‘riyo‘nalishda, aks holdateskariyo‘nalishda qaytaishlanadi.
Boshqaruv bayroqlarini «o‘rnatish» va “tashlab yuborish” uchun max­sus buyruqlar mavjud; Masalan, sti (set interrupt - uzilishlarni o‘rnatish) vaungateskaricli (clear interrupt - uzilishlarni “tashlab yuborish”) buyruqlari IF bayrog‘i qiymatini o‘rnatadi.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin