Pentium MMXva Pentium II mikroprotsessorlari 1997 yil ning yanvarida va iyunida multimedia texnologiyasida ishlash uchun modernizatsiya qilingan va mos ravishda Pentium MMX (MMX — Multi Media eXtention) va Pentium II savdo markalarini olgan Pentium Pro mikroprotsessorlarining taqdimot marosimi bo’ldi.
Pentium MMX MP audio- va videoma’lumotlarni qayta ishlashga mo’ljallangan qo’shimcha 57 ta buyruq, ikki marta kattalashgan (32 Kbayt gacha) kesh-xotira, Pentium Pro MP dan olingan tarmoqlanishlarni oldindan aytish yangi blokini va b. o’z ichiga oladi. SHuning hisobiga unda Pentium MP ga nisbatan 1 millionta tranzistorli element ko’proqdir.
Bu mikroprotsessorlarnn samarali ishlatish uchun barcha eski dasturlarga (shu jumladan WINDOWS 95, WINDOWS NT operatsion tizimlariga ham) moslashtiruvchi dasturli lavhalarni qo’shish kerak; aslida esa, ularsiz ham Pentium MMX MP oddiy Pentium MPdan birmuncha unumliroqdir. Pentium MMX MP oddiy ilovalarni bajarishda Pentium MPga qaraganda 10-15% tezkorroqdir, yangi 57 ta buyruqni ishlatib multimedia ilovalarini bajarishda esa u 30%ga tezkorroqdir (taqqoslash uchun Pentium Pro MP oddiy ilovalarni bajarishda Pentium MP ga qaraganda, taxminan 20% tezkorroqdir). Pentium MMXning xonalarini hisobga olgan holla yozilgan dasturlar oddiy Pentium MP li SHK larda ishlay olmaydi.
Pentium MMX MP uchun Socket 7 raz’yomli (ajratgich), MMX qo’llab-quvvatlaydigan yangi BIOS li va ikkita ta’minot kuchlanishli (2, 8 va 3, 5 V) tizimli plata talab etiladi.
Pentium II MP boshqa hamma MP larga nisbatan o’zgacha tuzulishga ega, xususan, u uncha katta bo’lmagan plata-kartrij ko’rinishida bajarilgan bo’lib, unga processorning o’zi (Pentium Pro da 5, 5 mln ta tranzistor bo’lsa, unda 7, 5 mln ta tranzistor bor) va umumiy hajmi 512 Kbayt bo’lgan ikkincha darajali kesh-xotiraning to’rtta mikrosxemasi joylashtirilgan. Processorning o’z mikrosxemasida joylashgan 1-darajali kesh-xotira Pentium Pro MP da bor bo’lgan 16 Kbayt o’rniga 32 Kbayt sig’imga ega, lekin 2-darajali kesh-xotira MP ning ichki chastotasida emas, balki ikki marta kichik chastotada ishlaydi.
Pentium II MP 0, 35 mikronli texnologiya asosida ishlab chiqariladi va 2, 8 V ta’minot kuchlanishini ishlatadi. Uning uchun, tabiiyki, boshqa barcha Pentium larga nisbatan o’zgacha tizimli plata talab etiladi.