kompakt disklarga yozishni ta’minlovchi dasturlar;
nompyuterni multimedia imkoniyatlarini kengaytiruvchi dasturlar va hokazo.
Bundan tashqari, dasturiy ta’minot tarqatilishi va targ’ib qilinishi bo’yicha quyidagi asosiy turlarga ajratiladi:
Software – qiymati 100% to’langanidan keyin o’rnatilib, foydalaniladigan dasturiy ta’minot. Masalan, Windows operatsion sistemalari, MS Office dasturlari, Adobe Photoshop va Macromedia Flash naqllari,
Shareware (ing. Share – qisman) – aprobatsiya, ya’ni sinovdan o’tkazish muddatiga ega bo’lgan dasturlar. Sinov muddati, odatda, bir necha kun yoki bir oygacha, yoki bir necha bor kirib ishlashga mo’ljallangan bo’ladi. Ba’zan bunday dasturlarning imkoniyatlari cheklangan naqli beriladi. Agar foydalanuvchiga shunday dastur zarur bo’lsa, u dasturni to’liq naqlini xarid qilib olishi mumkin. Bu kabi dasturlarni Internet tarmog’idan jahonga mashxur Download.com katalogidan, dasturlarni tarqatish bilan shug’ullanuvchi Softpedia agentligidan, rossiyaning Softkey katalogidan topish mumkin.
Freeware (ing. Free – erkin) – mutlaqo bepul dasturiy ta’minot. Aksariyat hollarda reklama sifatida yoki dasturchilarning ilk ishlanmalari tarqatiladi. Bu dasturlardan tekin foydalanish mumkin, lekin dasturni o’zgartirib bo’lmaydi. Chunki, dasturning birlamchi kodlari ochiq holda berilmaydi.
Free and Open Source Software (ing. erkin va birlamchi kodi ochiq) – mutlaqo bepul va birlamchi kodi ochiq dasturiy ta’minot. Foydalanuvchi bu kabi dasturlarni tekin ishlatish bilan birga o’z imkoniyatlari va ehtiyojiga moslab o’zgartirishi mumkin.
Kompyuterga dasturiy ta’minotni o’rnatish jarayoni installyatsiya deyiladi, uni o’chirish esa deinstallyatsiya deb ataladi. Biror bir dasturiy ta’minotni o’rnatishdan oldin dasturning sistemaga bo’lgan talablarini, ya’ni kompyuter qurilmalariga qo’yiladigan talablarni ko’rib chiqib, mosligini aniqlash lozim. Agarda kompyuterning konfiguratsiyasi (ya’ni, kompyuter qismlarining imkoniyati) dasturning talablariga javob bermasa, u holda mazkur dastur ishlamaydi yoki noto’g’ri ishlaydi.
Ba’zi dasturlar installatsiya qilinishi shart emas. Ularni faqatgina nusxalab olish kifoya. Bunday dasturlar, odatda, biror bir yo’nalishdagi ishni bajarishga mo’ljallangan bo’ladi.
Shuni unutmangki, kompyuter “virusi” ham dasturdir. Lekin bu dastur boshqa dasturlarga birikib olib yoki mustaqil ravishda ishlaydi hamda foydalanuvchi ishiga yordam berish o‘rniga uning ishlariga zarar yetkazadi: ma’lumotlarni o‘chiradi yoki buzadi, kompyuter qismlari ishini o’zgartiradi, tezkor xotirani to’ldirib kompyuter ishlashini sekinlashtiradi va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |