O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi namangan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə35/151
tarix25.07.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#137457
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   151
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi-www.hozir.org

OS/2 operatsion tizimi. OS/2 (Operating Sistem/2) bitta foydalanuvchili ko‘p masalali OT dir, bir tomonlama (MS DOS -> OS/2) MS DOS bilan dasturli kelishadigan hamda 80286 va undan yuqori MP bilan ishlash uchun (IBM PC AT va PS/2 ShK) mo‘ljallangan. OS bir vaqtning o‘zida 16 tagacha dasturni bajarishi mumkin (ularning har biri o‘zining xotira segmentida), lekin ularning ichida faqat bittasi MS DOS uchun tayyorlangan bo‘ladi.
OS/2 ning muhim xususiyatlari quyidagilardir:
• foydalanuvchining ko‘p oynachalik interfeysining borligi;
• qiymatlar bazasi tizimi bilan ishlash uchun dasturli interfeyslarning borligi;
• lokal hisoblash tarmoqlarida ishlash uchun samarali dasturli interfeyslarning borligi.


UNIX operatsion tizimi. UNIX — ko‘p foydalanuvchili, ko‘p masalali OT bo‘lib, u dasturlarni va turli foydalanuvchilarning fayllarini etarlicha kuchli himoya vositalarini o‘z ichiga oladi.
UNIX OT dasturlarining ko‘p qismi Si tilida yozilgan (DOS va OS/2 dagi kabi assemblerda emas) va mashinaga bog‘liq emasdir, bu OT ning yuqori harakatchanligini va amaliy dasturlarni universal EHM ga, mini EHM ga va turlicha arxitekturali ShK larga osongina o‘tkazishni ta’minlaydi. UNIX oilasidagi OT ning muhim xususiyati uning modulliligi va keng servisli dasturlar to‘plami bo‘lib, ular foydalanuvchi-dasturlovchilar uchun qulay operatsion vaziyatni yaratishni ta’minlaydi (ya’ni bu tizim amaliy dasturlovchilar mutaxassisligi uchun alohida samaralidir).


WINDOWS NT operatsion tizimi. WINDOWS NT- ko‘p foydalanuvchili, ko‘p masalali, ko‘p oqimli OT dir, u WINDOWS 95 interfeysiga deyarli o‘xshash bo‘lgan grafikli foydalanuvchi interfeysiga eta.
Bu operatsion tizimning o‘ziga xos xususiyatlari:
• ichiga qurilgan tarmoqdi yordam berish — boshqa OT lardan farqli ularoq u boshidayoq hisoblash tarmog‘ida ishlashni hisobga olib yaratilgan, shuning uchun foydalanuvchi interfeysiga fayllar, qurilmalar va ob’ektlarni birgalikda tarmoqli ishlatish vazifalari moslashtirilgan;
• muhimlik bo‘yicha ko‘p masalalik, bu yuqoriroq muhimli ilovalarning quyi muhim ilovalarni siqib chiqarishiga imkon beradi, xususan, "to‘xtab qolgan" ilovalarni bajarishda tizimning ishlamay turib qolishini avtomatik bartaraf qilish hisobiga mashina vaqtini yanada samaraliroq ishlatish imkonini beradi;



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin