“Aqliy hujum” usuli prinsipi juda sodda:
Bir guruh ishtirokchilarni to’plab, ular oldiga biror muammoli vazifa
qo’yiladi va qatnashchilardan mazkur muammoli vaziyatni yechish bo’yicha o’z
yechimlarini (fikr, mulohaza) bildirishlari so’raladi.
Mazkur bosqichda ishtirokchilardan hech biri boshqa qatnashuvchilardan
g’oyasini, fikrini muhokama qilishi yoki baholashi mumkin emas.
“Aqliy hujum” usulini qo’llashning asosiy qoidalari:
1. Bildirilgan g’oya va fikrlar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.
2. Bildirilgan har qanday g’oya va fikrlar, ular hatto bo’lmag’ur bo’lsa ham
hisobga olinadi.
3. Qancha ko’p g’oya va fikrlar bo’lsa shuncha yaxshi.
4. Bildirilgan g’oya va fikrlarni to’ldirish va yanada kengaytirish mumkin.
5. G’oya va fikrlarni bildirish uchun vaqt aniq belgilanadi.
Yana shunday ijodiy o’yinli darslar mavjudki, bunda o’quvchigina emas,
o’qituvchining o’zi ham ijodiy izlanadi. Qo’shimcha bilim olishga bo’lgan
ehtiyoji ortadi. Eng asosiysi ta’lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli
vaziyatlarni o’quvchilar guruhining o’zaro hamkorlikda avval o’zlashtirilgan
bilim, ko’nikma va malakalari ijodiy qo’llanishi, izlanish orqali hal etishga
zamin tayyorlaydigan didaktik o’yinlarni ijodiy o’yinlar deb atash mumkin.
Ijodiy o’yinli darslardan “Tarixiy jarayonning asosiy qonuniyatlari”,
“Qonunlar tarixiga nazar” kabi darslar rejalashtirilib, o’quvchilar kichik
guruhlarga bo’linadi. “Tarixchilar”, “Qalqon” deb nomlangan kichik
guruhchalarga nomlar beriladi. Har bir guruh ijodiy izlanib, go’yoki fanda
yangilik kashf etadi. O’quvchilar tomonidan tavsiya etilgan topshiriqlarni
ko’rgazmali qurollarga tayangan holda bajarib o’z javoblarini asoslaydi.
14
14
Ma’lumki, ta’lim respublikamiz ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini, shaxs,
jamiyat, davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy – texnikaviy va madaniy
ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor soha deb e’tirof etilgan.
Jamiyat ijtimoiy hayotining muhim tarkibiy qismi sifatida ta’lim tizimi
ham takomillashib bormog’i, tubdan yangilanayotgan jamiyat manfaatlari
yo’lida xizmat qilmog’i zarur. Chunki ta’lim jamiyat taraqqiyotining
asosidir.
O’quvchilarda
mustaqil
ijodiy
fikrlash
qobiliyatini
shakllantirishda o’qituvchi bilan o’quvchi o’zaro munosabatlarini
o’zgartirish masalasi o’ta muhimdir. Chunki bu masala bevosita
yoshlarimiz ruhiyatiga, ongiga, tafakkuriga ta’sir etish yo’li bilan amalga
oshiriladi
2
. Bunda ta’lim maqsadi, prinsiplari, tashkil etish shakllari, mazmuni,
metodlari, vositalari, natijalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’limning zikr
etilgan komponentlarini o’zaro bog’liq sifatida didaktika tadqiq qiladi.
Didaktika o’ziga xos tadqiqot ob’yektiga ega bo’lganidek, uning
tushunchalar tizimi mavjud. Bu tushunchalarda didaktik ob’yektning
muhim xususiyatlari o’z ifodasini topadi
3
. Fikrimizcha, ana shu tushunchalar
mohiyatining o’qituvchi tomonidan anglanishi ulardan amaliy faoliyatda
foydalanishga imkon beradi.
Mazkur didaktik – o’yinli darslarda hamma o’quvchilar hamkorlikda
ishlaydilar. Muammoli savollarga javob izlab mavzuni to’ldiradilar. Yangicha
usul, bilimlarni yangicha egallash o’quvchini o’z bilimi va iqtidoriga ishonch
uyg’otadi. Natijada o’quvchi sidqidildan ko’rilgan jiddiy tayyorgarlik
muvaqqiyatlarning garovi ekanligini anglaydi. Yanada ko’proq bilim
olishga kirishadi. Jamiyatdagi ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarni aks
ettirishga o’quvchilarning muayyan bilim ko’nikma va mamlakatlarni
shakillantirishga qaratilgan hamda kasbiy sifatlarni tarkib toptirish ularni
ongli ravishda kasbga yo’llashga ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga
mo’ljallangan didaktik o’yinlarni ishbilarmonlar o’yini deyiladi.
4
2
“Xalq ta’limi” jurnali. 2007. 1 – son, 60 – bet.
3
“Xalq ta’limi” jurnali. 2007. 1 – son, 61 – bet.
4
A.I.Strajev Metodika prepodavaniya istorii. M., 1984.134 – 135 – betlar.
15
15
Ishbilarmonlar o’yini ham boshqa o’yinlar kabi o’qituvchi va o’quvchilardan
puxta tayyorgarlik ko’rishni talab etadi. O’qituvchi ishbilarmonlar o’yinini
uyushtirishda quyidagi vazifalarni bosqichma – bosqich amalga oshirishi zarur:
1. O’yin mavzusini oldindan belgilashi.
2. Didaktik o’yining maqsadi, vazifalari, borishi, mantiqiy ketma – ketligi,
o’quvchilar bajarishi lozim bo’lgan topshiriqlarni aniqlash va rejalshtirish.
3. Didaktik o’yin davomida o’quvchilar oldiga qo’yiladigan o’quv – bilishga
oid muammoli vaziyatlar tizimini vujudga keltirish yo’llarini aniqlash va
loyihalash.
4. O’quvchilarni didaktik o’yinning maqsad va vazifalari bilan tanishtirish,
didaktik o’yin talab etadigan vazifalarni taqsimlash, har bir o’quvchiga aniq
yo’llanma berish.
5. Mazkur o’quv – bilishga oid muammoli vaziyatlarni hal etishda
o’quvchilarning avvalgi mavzularidan o’zlashtirgan bilim ko’nikma va
malakalarini tanish odatiy va yangi kutilmagan vaziyatlarda qo’llanish
imkoniyatlarini aniqlash.
6. O’quvchilarning didaktik o’yiniga tayyorgarlik faoliyatini kuzatish va
nazorat qilish.
Didaktik o’yinli darslarning muvaffaqiyati avvalo o’quvchilarning mazkur
o’yinlarga puxta va qizg’in tayyorgarlik ko’rishlariga o’qituvchining mazkur
faoliyatni tashkil etish hamda mohirlik bilan boshqarishiga bog’liq.
O’quvchilarning bunday o’yinga tayyorgarlik ko’rish faoliyati quydagi
masalalarni bilishni:
1. Didaktik o’yining maqsadi, vazifasi, olib borilish tartibi qoydalari bilan
tanishishni.
2. Didaktik o’yin maqsadi va vazifasidan kelib chiqadigan muammoli
vaziyatni aniqlashni.
3. Muammoli vaziyatdan chiqishning samarali yo’llarini topishni.
4. Har bir o’quvchining o’zi bajarishi lozim bo’lgan vazifalarni anglashib
o’qituvchining kerakli yo’riqnoma va ko’rsatmalarini olishni.
16
16
5. Turli bilim manbalaridan foydalangan holda muammoli vaziyatni hal
etishning optimal variantini tanlashni.
6. Didaktik o’yin ishtirokchilari o’rtasida o’zaro yordam va o’zaro nazorat
vujudga kelishini taqozo qiladi.
Tarix darslarini o’qitishda dehqonchilik, chorvachilik, mashinasozlik sanoati
va boshqa xalq xo’jaligi tarmoqlari mavzusini ishbilarmonlar o’yini auksion –
dars o’zining mutaxassisligini chuqur o’zlashtirgan, pedagogik – psixologik va
metodik bilim, ko’nikma va malakalarni puxta egallagan, ta’lim – tarbiya
jarayoni samaradorligini oshiradigan zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalaridan xabardor va ularni ta’lim jarayonida qo’llay olish malakasiga
ega bo’lishi lozim.
Ta’lim – tarbiya jarayonini hozirgi zamon talablariga mos holda tashkil etgan
o’qituvchi har bir mavzu mazmuniga mos holda o’quvchilarni kasbga yo’llashi
va shu kasblarini egallashlari uchun qanday bilimlarga ega bo’lish lozimligini
to’gri tushuntira borishi kerak. Bunday maqsadlarni ro’yobga chiqarishda tarix
darslarini tashkil etishning an’anaviy shakllardan voz kechib uni bozor
iqtisodiyotidagi muammoni hal etishga yo’naltirish hozirgi vaqtda tarix o’qitish
ta’limi oldidagi dolzarb muammo hisoblanadi.
Didaktik o‘yinli darslarni tashkil etishdan maqsad o’quvchilarni yangi kasblar
bilan tanishtirish, dars jarayonida esa muammoli ta’limni joriy etish dars
samaradorligini oshishi hamda ta’lim sifatini yaxshilanishiga olib keladi.
17
17
2. Yangi o’quv materialini o’rgatishning zamonaviy usullari.
Darsdagi o’quv jarayonining asosiy elementi yangi materialni o’rgatishdir.
Yangi materialni o’rgatish uchun VI – VII sinflarda o’qituvchining shu
materialni og’zaki bayon qilishidan, uning o’quvchilar bilan suhbat
o’tkazishidan, turli xil ko’rsatmali qo’llanmalar, hujjatlar va darslik matni ustida
olib boriladigan ishlardan keng ko’lamda foydalaniladi.
Tarix o’qitishda, xususan VI – VII sinflardagi tarix darslarida materialni
og’zaki bayon qilish yetakchi o’rin tutadi. Og’zaki bayon o’quvchilarni tarixiy
material bilan mavzu jihatdan yaxlit bir holda, xronoligik izchillikda va
emotsional formada tanishtirish imkoniyatini beradi. O’qituvchining ishonarli
qilib gapirishi o’quvchilarning ongi va his – tuyg’ulariga kuchli ta’sir ko’rsatadi,
ularni mantiqiy fikr yuritishga, o’quv materialini dalil – isbotlar bilan asoslab
so’zlab berishga o’rgatadi.
Yangi materialni bayon qilish muammosiz yoki muammoli bo’lishi
mumkin. Muammoli bayon vaqtida o’qituvchi tegishli xulosalarni o’quvchilarga
aytib bermay, xulosalar chiqarishni ularning o’zlaridan talab etadi, lekin bu
paytda odatda dalillarni o’quvchilar oldiga qo’yilgan muammoga va o’quv –
bilish vazifalariga muvofiq zarur xulosalarni o’zlari mustaqil ravishda chiqara
oladigan qilib tanlashi, guruhlarga ajratishi va bayon qilishi kerak.
Respublikamizdagi ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalari shuni ko’rsatadiki,
yangi materialni muammoli bayon qilish usulini VI – VII sinf “Jahon tarixi”
darslarida, cheklangan darajada bo’lsa ham qo’llash mumkin.
Karl Buyuk imperiasining tashkil topishi haqidagi material VII sinfda
muammoli bayon qilinishi mumkin. Bu ish o’zsha zamonda yashagan va Karl
Buyukning faoliyatini bir – biriga zid holda bayon qilgan hamda baholagan
kishilarning bergan turli ma’lumotlarini taqqoslash yo’li bilan amalga oshiriladi.
Bunday ma’lumotlarning birinchi guruhiga Karl Buyukning o’z saroy
tarixchisi Eyngard tomonidan ko’klarga ko’tarib maqtab yozilgan tarjimai
holidan olingan parchalar kiradi
5
.
5
O’rta asrlar tarixi (V – XV asrlar). Xrestomatiya, V.Ye. Stepanova, A.Ya. Shevlenko. M. 1989. 60 – bet.
18
18
Ikkinchi guruhdagi ma’lumotlar yilnomalarda keltirilgan ma’lumotlardan
va yuqoridagi manbadan olingan ayrim dalillardan iborat bo’lib, ular Karlni
olihimmat va odil hukmdor qilib ko’rsatuvchi afsonalarning yolg’onligini fosh
qilishda o’quvchilarga ob’yektiv ravishda yordam beradi. Bu ma’lumotlar
Karlning frank zodagonlari manfaatini ko’zlab ish tutgan zolim istilochi
bo’lganini ko’rsatadi.
O’qituvchi materialni bayon qilishda shu har ikkala guruhdagi
ma’lumotlarni aytib o’tadi, bamisoli tadqiqotchilar holiga solib qo’yilgan
o’quvchilar oldiga esa Karl Buyukning faoliyati va shaxsiy xususiyatlariga baho
berish, bunda dalillarni uydirmalardan yoki Karl zamondoshlarining buzib
ko’rsatishidan ajratib olish vazifasi qo’yiladi.
Kerakli
materialni olganidan keyin o’qituvchi o’z hikoyasini
o’quvchilarning to’g’ri baho berish va o’z baholarini dalillar bilan isbotlay
olishlariga imkon beradigan qilib tuzadi.
Materialni ana shunday muammoli bayon qilishning bir variantini misol
qilamiz: “… Saroy tarixchisi Eyngardning yozishicha, Karl Buyuk qudratli,
zabardast, kuchli va rahmdil odam. Kiyimiga qarab uni oddiy kishilardan farq
qilib bo’lmaydi: u egniga dag’al bo’z ko’ylak, ishton va plashch kiyib yuradi,
oyog’iga esa paytava o’rab, dehqonlar yuradigan boshmoqda yuradi. Ovqatning
eng oddiysini afzal ko’radi. U nihoyatda sog’lomligi, baquvvatligi bilan ajralib
turadi. Ish qilganda – charchash nimaligini, urush qilganida – yengilish
nimaligini bilmaydi. Ko’p xalqlar o’z ixtiyorlari bilan unga bo’sunadilar.
Ba’zilarni saxiyligi bilan o’ziga tortadi, ba’zilarni esa va “sabr va andisha” bilan
ish tutib o’ziga tobe qiladi”. Eyngardning bergan ma’lumotiga qaraganda, Karl
hech qachon biror mamlakatga birinchi bo’lib hujum qilmagan – urushni
hamisha uning notinch qo’shnilari boshlagan emishlar. Karl yaqin va uzoq
qo’shnilarini “xiyonatkorona harakatlari uchun jazolab”, G’arb va Sharqdagi
ko’p mamlakatlarning hukmdori bo’lib qolgan emish. Bu qudratli imperator
saxiylik bilan in’om ehsonlar ulashgan emish.
19
19
Yilnomachilarning qisqacha ma’lumotlarini va Karlning o’z farmonlarini
o’qisak, uning butunlay boshqa odam bo’lganligini bilamiz. Masalan, sakslarni
qanchalik azob – uqubatda qolishlariga sababchi bo’lgani, 4500 saksni
o’ldirishga buyurgani, ularning milliy urf – odatlarini oyoq – osti qilganligi,
uning farmoni bilan 10 000 saks oilasi bilan boshqa mamlakatga haydab olib
ketilganligi, Saksoniyaga 30 martadan ko’p yurish qilganligi, qishloqlarni
yondirib vayron qilganligi uning yovuzliklarini ko’rsatuvchi harakatlar edi.
Karlning yana boshqa yurishlari mohiyatini ham o’qituvchi misollar bilan
tarixiy hujjatlatlarga tayanib, asoslanib o’quvchilarga yetkazadi. O’qituvchining
materialni muammoli qilib bayon etishi o’quvchilarga dalillarning fosh qiluvchi
kuchi, Karlning safdoshi bergan yolg’on guvohliklarga zid o’laroq, istilochining
haqiqiy basharasini juda ravshan ochib berishni tushunib olishga yordam beradi.
Yaxshi o’ylab tanlangan va guruhlangan, muammoli qilib bayon qilingan
material VII sinf o’quvchilarining o’z xulosalarini ifodalab va asoslab
berishlarini ta’minlaydi. (Malakviy pedagogik amaliyot jarayonida orttirgan
tajribalarimiz ushbu mavzu VII sinf o’quvchilariga tarixiy materialni
ma’lum darajada muammoli qilib o’rgatish ijobiy samara berish
mumkinligini ko’rsatdi.)
Tarixiy materialni muammoli va muammosiz bayon qilish jarayonida
o’qituvchi og’zaki nutqning: syujetli hikoya, tasviriy bayon, tarixiy hodisa va
tarixiy shaxslarga tavsif berish, qisqacha bayon, tushuntirish kabi har xil
turlaridan foydalanadi.
Syujetli hikoya – ko’pincha dramatizm xususiyati bilan ajralib turgan,
muayyan tarixiy syujetga ega bo’lgan, his – tuyg’ularga ta’sir ko’rsatadigan,
batafsil bayon qilinadigan hikoyadir. Qadimgi dunyo va o’rta asrlar tarixidagi
eng katta va dramatik voqealar, masalan, Salamin jangi, Spartak boshchiligidagi
qullar qo’zg’oloni, Uot Tayler boshchiligidagi dehqonlar qo’zg’oloni, Yan Gus,
Janna d’ Arkning chiqishlari va fojiali halokati, Konstantinopolning olinishi
hikoya tarzida bayon qilinadi
6
.
6
A.Sa’diyev O’zbekiston xalqlari tarixini o’qitish. T.”O’qituvchi”. 1993. 45 – bet.
20
20
Syujetli hikoyada tarixiy voqealarning yorqin epizodlari, tafsilotlari bayon
qilinadi, shuningdek, bu voqealarning ishtirokchilari bo’lgan tarixiy
shaxslarning tavsifi beriladi.
Dramalashtirish usuli, voqeada ishtirok etgan shxslarning dialog va
monologlarini kiritish syujetli hikoyada keng qo’llaniladi. Shu maqsadda tarixiy
arboblarning tarixiy hujjatlardagi ma’lumotlardan keng qo’llaniladi.
Tasviriy bayon – o’qituvchining tarixiy hodisalarni muhim xususiyatlari
va detallari bilan birga yaxlit, bir butun manzara ko’rinishida obrazli qilib
gavdalantirishidir. Tasviriy bayon syujetli hikoyaga o’xshaydi, lekin aniq –
tarixiy syujetga ega emasligi bilan undan farq qiladi. Tasviriy bayon kishilik
jamiyatining xo’jalik, ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotida ko’p marta
takrorlanadigan tipik hodisalarni ko’z oldiga keltirish, shuningdek, ayrim
mamlakatlarning tabiati va ulardagi xalqlarning ijtimoiy hayoti manzaralarini
gavdalantirib berish uchun qo’llaniladi.
Tasviriy bayon vaqtida madaniyat yodgorliklarining rasmlari texnik
vositalar yordamida slaydlar ko’rinishida yoki oddiy surat ko’rinishida
ko’rsatilsa, o’quvchilar quldorlar va oddiy kishilarning qanday sharoitda
yashaganliklarini ravshan tushunib oladilar, qadimgi dunyoning g’oyat ulug’
madaniy merosi bilan tanishadilar.
O’qituvchi o’z hikoyasida tarixiy hujjatlar va badiiy asarlar matnidan
parchalar o’qib bersa yoki ularni darslik matni bilan birga qo’shib gapirib bersa,
uning hikoyasi obrazli, aniq va emotsional bo’ladi. Materialning yorqin bayon
etilishi o’quvchilarning materialga diqqat – e’tiborini va qiziqishini oshirsa – da
va ularning ijodiy tasavvurini o’stirsa – da, lekin bu hali bilmlarning yaxshi
o’zlashtirilishini hamma vaqt ham ta’minlay olavermaydi. Shuning uchun
o’qituvchi materialni bayon qilayotganda o’quvchilarning bilim olish faolligini
kuchaytiradigan, yuqorida qisman aytib o’tilgan maxsus usullarni qo’llashi zarur
bo’ladi.
Analitik bayon – o’rganiladigan hodisalarning asosiy elementlarini
ularning muhim belgilarini ajratib ko’rsatgan holda bayon qilishdir. Analitik
21
21
bayon o’tmishdagi ijtimoiy hayotning yaxlit manzaralarini yaratmaydi va shu
jihati bilan tasviriy bayondan farq qiladi. Analitik bayon VI – VII sinflardagi
tarix darslarida biror mamlakatning geografik muhiti, ijtimoiy munosabatlari,
davlat tuzilishi ta’riflab berilayotganda, turli davrlar va xalqlarning moddiy
madaniyat yodgorliklari (ko’pincha – bir – biriga taqqoslab) o’rganilayotganda
qo’llaniladi.
Ko’p hollarda, masalan, Misr piramidalariga, gotik soborga xarakteristika
berishda tasviriy bayon bilan analitik bayonni bir – biridan ajratish qiyin bo’ladi.
O’quvchilarning ishini faollashtirish uchun analitik bayondan oldin
o’quvchilarga mamlakat siyosiy tuzumining sxemasini yoki urushning borishi
sxemasini chizish, o’rganiladigan hodisaning asosiy belgilarini ko’rsatish va shu
hodisaga baho berish to’g’risida vazifa topshirish ma’quldir.
Tarixiy voqea yoki hodisaga ta’rif berganda shu voqea va hodisaning eng
muhim xususiyatlari ochib beriladi. Bu ta’rif, ko’pincha mavzuning bir yoki bir
necha darsda o’tilgan qismi yuzasidan chiqarilgan asosiy xulosalardan iborat
bo’ladi. Bunday ta’rif analitik bayonga o’xshasa ham lekin hodisaning asosiy
belgilarini ancha aniq ko’rsatib berishi va ko’proq darajada umumlashtirishi
bilan undan farq qiladi. O’qituvchi uzoq vaqt mobaynida davom etadigan
jarayonlarni, masalan, hunarmandchilikning qishloq xo’jaligidan ajralib chiqishi
va shaharlarning paydo bo’lishi jarayonini, feodalizmning tushkunlikka tushishi
va yemirila borishi jarayonini, odatda butun mavzuga doir kirish darslari va
yakunlovchi darslarda umumlashtirgan holda, qisqacha ta’riflab o’tadi.
7
Tarixiy arboblarga ta’rif berish – shu arboblar faoliyatining sinfiy
xarakterini
hamda
ularning
shaxsiy
xususiyatlarini
ochib
berishda
qo’llaniladigan o’qituvchi og’zaki bayonining alohida bir turidir. Tarixiy
arboblarga beriladigan ta’rif qanday asosiy talablarga javob berishi kerakligini
A.I.Strajev quyidagicha ifodalagan:
7
A.Sa’diyev O’zbekiston xalqlari tarixini o’qitish. T.”O’qituvchi”. 1993. 53 – bet.
22
22
“1. Tarixiy arbob o’zi yashagan davr muhitida, shu shaxs o’z faoliyati va
maslak – qarashlari bilan o’zini namoyon qilgan tarixiy sharoit bilan
chambarchas bog’langan holda ko’rsatilishi kerak…
2. Tarixiy arbob qaysi sinf yoki sinfiy guruhning manfaatlarini ifodalasa,
o’sha sinf yoki sinfiy guruh bilan yaqindan bog’langan holda ko’rsatilishi kerak;
bu ishni tarixiy shaxsning o’z faoliyati, fikr – mulohazalari bilan bog’lash
lozim…
3. Tarixiy arbob “jonli shaxs” qilib ko’rsatilishi, uning individual
xususiyatlari, o’ziga xos ma’naviy va jismoniy qiyofasi ta’riflab berilishi
kerak…”
8
.
Qisqacha bayon – bir qancha dalillarni batafsil tahlil qilmay tushuntirishdan
iborat bo’lib, u o’quvchilarga tarix kursidagi asosiy dalillarning o’zaro
bog’langanligini anglatish, ularda tarixiy jarayonning borishi haqida yaxlit, bir
butun tasavvur hosil qilish uchun zarurdir. O’qituvchining materialni qisqacha
bayon qilishi o’quvchilarni, ayniqsa VI – VII sinf o’quvchilarini odatda uncha
qiziqtirmaydi, bunda ular materialni bo’sh o’zlashtiradilar. Binobarin,
o’quvchilarning bilish faoliaytini faollashtirishning maxsus usullarini qo’llash,
ya’ni ularga xronoligik jadval tuzishni, o’qituvchi hikoya qilib bergan narsaning
rejasini tuzishni vazifa qilib topshirish lozim bo’ladi.
8
A.I.Strajev Metodika prepodavaniya istorii. M., 1992. 144 – 145 – betlar.
23
23
Dostları ilə paylaş: |