O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix04.01.2020
ölçüsü0,65 Mb.
#30049
1   2   3   4
oquvchilarda tarixiy bilimlarni shakllantirish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari


“Aqliy hujum” usuli prinsipi juda sodda: 

Bir  guruh  ishtirokchilarni  to’plab,  ular  oldiga  biror  muammoli  vazifa 

qo’yiladi va qatnashchilardan mazkur muammoli vaziyatni yechish bo’yicha o’z 

yechimlarini (fikr, mulohaza) bildirishlari so’raladi. 

Mazkur  bosqichda  ishtirokchilardan  hech  biri  boshqa  qatnashuvchilardan 

g’oyasini, fikrini muhokama qilishi yoki baholashi mumkin emas. 

“Aqliy hujum” usulini qo’llashning asosiy qoidalari: 

1.  Bildirilgan g’oya va fikrlar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi. 

2.  Bildirilgan har qanday g’oya va fikrlar, ular hatto bo’lmag’ur bo’lsa ham 

hisobga olinadi. 

3.  Qancha ko’p g’oya va fikrlar bo’lsa shuncha yaxshi. 

4.  Bildirilgan g’oya va fikrlarni to’ldirish va yanada kengaytirish mumkin. 

5.  G’oya va fikrlarni bildirish uchun vaqt aniq belgilanadi. 

       Yana  shunday  ijodiy  o’yinli  darslar  mavjudki,  bunda  o’quvchigina  emas, 

o’qituvchining  o’zi  ham  ijodiy  izlanadi.  Qo’shimcha  bilim  olishga  bo’lgan 

ehtiyoji  ortadi.  Eng  asosiysi  ta’lim  jarayonida  vujudga  keltirilgan  muammoli 

vaziyatlarni  o’quvchilar  guruhining  o’zaro  hamkorlikda  avval  o’zlashtirilgan 

bilim,  ko’nikma  va  malakalari    ijodiy  qo’llanishi,  izlanish  orqali  hal  etishga 

zamin tayyorlaydigan didaktik o’yinlarni ijodiy o’yinlar deb atash mumkin. 

  Ijodiy  o’yinli  darslardan  “Tarixiy  jarayonning  asosiy  qonuniyatlari”, 

“Qonunlar  tarixiga  nazar”  kabi  darslar  rejalashtirilib,  o’quvchilar  kichik 

guruhlarga  bo’linadi.  “Tarixchilar”,  “Qalqon”  deb  nomlangan  kichik 

guruhchalarga  nomlar  beriladi.  Har  bir  guruh  ijodiy  izlanib,  go’yoki  fanda 

yangilik  kashf  etadi.  O’quvchilar  tomonidan  tavsiya  etilgan  topshiriqlarni 

ko’rgazmali qurollarga tayangan holda bajarib o’z javoblarini asoslaydi. 


 

 

14 



14 

Ma’lumki,  ta’lim  respublikamiz  ijtimoiy  –  iqtisodiy  taraqqiyotini,  shaxs, 

jamiyat,  davlatning  iqtisodiy,  ijtimoiy,  ilmiy  –  texnikaviy  va  madaniy 

ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor soha deb e’tirof etilgan. 



Jamiyat  ijtimoiy  hayotining  muhim  tarkibiy  qismi  sifatida  ta’lim  tizimi 

ham takomillashib bormog’i, tubdan yangilanayotgan jamiyat manfaatlari 

yo’lida  xizmat  qilmog’i  zarur.  Chunki  ta’lim  jamiyat  taraqqiyotining 

asosidir. 

O’quvchilarda 

mustaqil 

ijodiy 

fikrlash 

qobiliyatini 

shakllantirishda  o’qituvchi  bilan  o’quvchi  o’zaro  munosabatlarini 

o’zgartirish  masalasi  o’ta  muhimdir.  Chunki  bu  masala  bevosita 

yoshlarimiz  ruhiyatiga,  ongiga,  tafakkuriga  ta’sir  etish  yo’li  bilan  amalga 

oshiriladi

2

. Bunda ta’lim maqsadi, prinsiplari, tashkil etish shakllari, mazmuni, 

metodlari, vositalari, natijalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’limning zikr 

etilgan  komponentlarini  o’zaro  bog’liq  sifatida  didaktika  tadqiq  qiladi. 

Didaktika  o’ziga  xos  tadqiqot  ob’yektiga  ega  bo’lganidek,  uning 

tushunchalar  tizimi  mavjud.  Bu  tushunchalarda  didaktik  ob’yektning 

muhim xususiyatlari o’z ifodasini topadi

3

. Fikrimizcha, ana shu tushunchalar 

mohiyatining  o’qituvchi  tomonidan  anglanishi  ulardan  amaliy  faoliyatda 

foydalanishga imkon beradi.  

Mazkur  didaktik  –  o’yinli  darslarda  hamma  o’quvchilar  hamkorlikda 

ishlaydilar.  Muammoli  savollarga  javob  izlab  mavzuni  to’ldiradilar.  Yangicha 

usul,  bilimlarni  yangicha  egallash  o’quvchini  o’z  bilimi  va  iqtidoriga  ishonch 

uyg’otadi.  Natijada  o’quvchi  sidqidildan  ko’rilgan  jiddiy  tayyorgarlik 

muvaqqiyatlarning  garovi  ekanligini  anglaydi.  Yanada  ko’proq  bilim 

olishga  kirishadi.  Jamiyatdagi  ijtimoiy  –  iqtisodiy  munosabatlarni    aks 

ettirishga  o’quvchilarning  muayyan  bilim  ko’nikma  va  mamlakatlarni 

shakillantirishga qaratilgan hamda kasbiy sifatlarni tarkib toptirish ularni 

ongli  ravishda  kasbga  yo’llashga  ilmiy  dunyoqarashini  kengaytirishga 

mo’ljallangan  didaktik  o’yinlarni  ishbilarmonlar  o’yini  deyiladi.

4

 

                                                 

2

 “Xalq ta’limi” jurnali. 2007. 1 – son, 60 – bet. 



3

 “Xalq ta’limi” jurnali. 2007. 1 – son, 61 – bet. 

4

 A.I.Strajev Metodika prepodavaniya istorii. M., 1984.134 – 135 – betlar. 



 

 

15 



15 

Ishbilarmonlar  o’yini  ham  boshqa  o’yinlar  kabi  o’qituvchi  va  o’quvchilardan 

puxta  tayyorgarlik  ko’rishni  talab  etadi.  O’qituvchi  ishbilarmonlar  o’yinini 

uyushtirishda quyidagi vazifalarni bosqichma – bosqich amalga oshirishi zarur: 

1. O’yin mavzusini oldindan belgilashi.  

2.  Didaktik  o’yining  maqsadi,  vazifalari,  borishi,  mantiqiy  ketma  –  ketligi, 

o’quvchilar bajarishi lozim bo’lgan topshiriqlarni aniqlash va rejalshtirish. 

3. Didaktik o’yin davomida o’quvchilar oldiga qo’yiladigan o’quv – bilishga 

oid  muammoli  vaziyatlar  tizimini  vujudga  keltirish  yo’llarini  aniqlash  va 

loyihalash.   

4.  O’quvchilarni  didaktik  o’yinning  maqsad  va  vazifalari  bilan  tanishtirish, 

didaktik  o’yin  talab  etadigan  vazifalarni  taqsimlash,  har  bir  o’quvchiga  aniq 

yo’llanma berish.  

5.  Mazkur  o’quv  –  bilishga  oid  muammoli  vaziyatlarni  hal  etishda 

o’quvchilarning  avvalgi  mavzularidan  o’zlashtirgan  bilim  ko’nikma  va  

malakalarini  tanish  odatiy  va  yangi  kutilmagan  vaziyatlarda  qo’llanish 

imkoniyatlarini aniqlash.  

6.  O’quvchilarning  didaktik  o’yiniga  tayyorgarlik  faoliyatini  kuzatish  va 

nazorat qilish. 

Didaktik  o’yinli  darslarning  muvaffaqiyati  avvalo  o’quvchilarning  mazkur 

o’yinlarga  puxta  va  qizg’in  tayyorgarlik  ko’rishlariga  o’qituvchining  mazkur 

faoliyatni  tashkil  etish  hamda  mohirlik  bilan  boshqarishiga  bog’liq. 

O’quvchilarning  bunday  o’yinga  tayyorgarlik  ko’rish  faoliyati  quydagi 

masalalarni bilishni:  

1.  Didaktik  o’yining  maqsadi,  vazifasi,  olib  borilish  tartibi  qoydalari  bilan 

tanishishni. 

2.  Didaktik  o’yin  maqsadi  va  vazifasidan  kelib  chiqadigan  muammoli 

vaziyatni aniqlashni. 

3. Muammoli vaziyatdan chiqishning samarali yo’llarini topishni.  

4.  Har  bir  o’quvchining  o’zi  bajarishi  lozim  bo’lgan  vazifalarni  anglashib 

o’qituvchining kerakli yo’riqnoma va ko’rsatmalarini olishni. 


 

 

16 



16 

5.  Turli  bilim  manbalaridan  foydalangan  holda  muammoli  vaziyatni  hal 

etishning optimal variantini tanlashni. 

6.  Didaktik  o’yin  ishtirokchilari  o’rtasida  o’zaro  yordam  va  o’zaro  nazorat 

vujudga kelishini taqozo qiladi. 

Tarix darslarini o’qitishda dehqonchilik, chorvachilik, mashinasozlik sanoati 

va  boshqa  xalq  xo’jaligi  tarmoqlari  mavzusini  ishbilarmonlar  o’yini  auksion  – 

dars o’zining mutaxassisligini chuqur o’zlashtirgan, pedagogik  – psixologik va 

metodik  bilim,  ko’nikma  va  malakalarni  puxta  egallagan,  ta’lim  –  tarbiya 

jarayoni  samaradorligini  oshiradigan  zamonaviy  pedagogik  va  axborot 

texnologiyalaridan xabardor va ularni ta’lim jarayonida qo’llay olish malakasiga 

ega bo’lishi lozim. 

Ta’lim – tarbiya jarayonini hozirgi zamon talablariga mos holda tashkil etgan 

o’qituvchi har bir mavzu mazmuniga mos holda o’quvchilarni kasbga yo’llashi 

va  shu  kasblarini  egallashlari  uchun  qanday  bilimlarga  ega  bo’lish  lozimligini 

to’gri tushuntira borishi kerak. Bunday  maqsadlarni ro’yobga chiqarishda tarix 

darslarini  tashkil  etishning  an’anaviy  shakllardan  voz  kechib  uni  bozor 

iqtisodiyotidagi muammoni hal etishga yo’naltirish hozirgi vaqtda tarix o’qitish 

ta’limi oldidagi dolzarb muammo hisoblanadi. 

Didaktik o‘yinli darslarni tashkil etishdan maqsad o’quvchilarni yangi kasblar 

bilan  tanishtirish,  dars  jarayonida  esa  muammoli  ta’limni  joriy  etish  dars 

samaradorligini oshishi hamda ta’lim sifatini yaxshilanishiga olib keladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

17 



17 

2.  Yangi o’quv materialini o’rgatishning zamonaviy usullari. 

Darsdagi o’quv jarayonining asosiy elementi yangi materialni o’rgatishdir. 

Yangi  materialni  o’rgatish  uchun  VI  –  VII  sinflarda  o’qituvchining  shu 

materialni  og’zaki  bayon  qilishidan,  uning  o’quvchilar  bilan  suhbat 

o’tkazishidan, turli xil ko’rsatmali qo’llanmalar, hujjatlar va darslik matni ustida 

olib boriladigan ishlardan keng ko’lamda foydalaniladi. 

Tarix  o’qitishda,  xususan  VI  –  VII  sinflardagi  tarix  darslarida  materialni 

og’zaki bayon qilish yetakchi o’rin tutadi. Og’zaki bayon o’quvchilarni tarixiy 

material  bilan  mavzu  jihatdan  yaxlit  bir  holda,  xronoligik  izchillikda  va 

emotsional  formada  tanishtirish  imkoniyatini  beradi.  O’qituvchining  ishonarli 

qilib gapirishi o’quvchilarning ongi va his – tuyg’ulariga kuchli ta’sir ko’rsatadi, 

ularni  mantiqiy  fikr  yuritishga,  o’quv  materialini  dalil  –  isbotlar  bilan  asoslab 

so’zlab berishga o’rgatadi. 

Yangi  materialni  bayon  qilish  muammosiz  yoki  muammoli  bo’lishi 

mumkin. Muammoli bayon vaqtida o’qituvchi tegishli xulosalarni o’quvchilarga 

aytib  bermay,  xulosalar  chiqarishni  ularning  o’zlaridan  talab  etadi,  lekin  bu 

paytda  odatda  dalillarni  o’quvchilar  oldiga  qo’yilgan  muammoga  va  o’quv  – 

bilish  vazifalariga  muvofiq  zarur  xulosalarni  o’zlari  mustaqil  ravishda  chiqara 

oladigan  qilib  tanlashi,  guruhlarga  ajratishi  va  bayon  qilishi  kerak. 

Respublikamizdagi  ilg’or  o’qituvchilarning  ish  tajribalari  shuni  ko’rsatadiki, 

yangi  materialni  muammoli  bayon  qilish  usulini  VI  –  VII  sinf  “Jahon  tarixi” 

darslarida, cheklangan darajada bo’lsa ham qo’llash mumkin. 

Karl  Buyuk  imperiasining  tashkil  topishi  haqidagi  material  VII  sinfda 

muammoli  bayon  qilinishi  mumkin.  Bu  ish  o’zsha  zamonda  yashagan  va  Karl 

Buyukning  faoliyatini  bir  –  biriga  zid  holda  bayon  qilgan  hamda  baholagan 

kishilarning bergan turli ma’lumotlarini taqqoslash yo’li bilan amalga oshiriladi. 



Bunday  ma’lumotlarning  birinchi  guruhiga  Karl  Buyukning  o’z  saroy 

tarixchisi Eyngard tomonidan ko’klarga ko’tarib maqtab yozilgan tarjimai 

holidan olingan parchalar kiradi

5

.   

                                                 

5

 O’rta asrlar tarixi (V – XV asrlar). Xrestomatiya, V.Ye. Stepanova, A.Ya. Shevlenko. M. 1989. 60 – bet. 



 

 

18 



18 

Ikkinchi  guruhdagi  ma’lumotlar  yilnomalarda  keltirilgan  ma’lumotlardan 

va  yuqoridagi  manbadan  olingan  ayrim  dalillardan  iborat  bo’lib,  ular  Karlni 

olihimmat  va  odil hukmdor  qilib ko’rsatuvchi  afsonalarning  yolg’onligini  fosh 

qilishda  o’quvchilarga  ob’yektiv  ravishda  yordam  beradi.  Bu  ma’lumotlar 

Karlning  frank  zodagonlari  manfaatini  ko’zlab  ish  tutgan  zolim  istilochi 

bo’lganini ko’rsatadi. 

O’qituvchi  materialni  bayon  qilishda  shu  har  ikkala  guruhdagi 

ma’lumotlarni  aytib  o’tadi,  bamisoli  tadqiqotchilar  holiga  solib  qo’yilgan 

o’quvchilar oldiga esa Karl Buyukning faoliyati va shaxsiy xususiyatlariga baho 

berish,  bunda  dalillarni  uydirmalardan  yoki  Karl  zamondoshlarining  buzib 

ko’rsatishidan ajratib olish vazifasi qo’yiladi. 

 Kerakli 

materialni  olganidan  keyin  o’qituvchi  o’z  hikoyasini 

o’quvchilarning  to’g’ri  baho  berish  va  o’z  baholarini  dalillar  bilan  isbotlay 

olishlariga imkon beradigan qilib tuzadi. 

Materialni  ana  shunday  muammoli  bayon  qilishning  bir  variantini  misol 

qilamiz:  “…  Saroy  tarixchisi  Eyngardning  yozishicha,  Karl  Buyuk  qudratli, 

zabardast,  kuchli  va  rahmdil  odam.  Kiyimiga  qarab  uni  oddiy  kishilardan  farq 

qilib  bo’lmaydi:  u  egniga  dag’al  bo’z  ko’ylak,  ishton  va  plashch  kiyib  yuradi, 

oyog’iga esa paytava o’rab, dehqonlar yuradigan boshmoqda yuradi. Ovqatning 

eng oddiysini afzal ko’radi. U nihoyatda sog’lomligi, baquvvatligi bilan ajralib 

turadi.  Ish  qilganda  –  charchash  nimaligini,  urush  qilganida  –  yengilish 

nimaligini  bilmaydi.  Ko’p  xalqlar  o’z  ixtiyorlari  bilan  unga  bo’sunadilar. 

Ba’zilarni saxiyligi bilan o’ziga tortadi, ba’zilarni esa va “sabr va andisha” bilan 

ish tutib o’ziga tobe qiladi”.  Eyngardning bergan ma’lumotiga qaraganda, Karl 

hech  qachon  biror  mamlakatga  birinchi  bo’lib  hujum  qilmagan  –  urushni 

hamisha  uning  notinch  qo’shnilari  boshlagan  emishlar.  Karl  yaqin  va  uzoq 

qo’shnilarini  “xiyonatkorona  harakatlari  uchun  jazolab”,  G’arb  va  Sharqdagi 

ko’p  mamlakatlarning  hukmdori  bo’lib  qolgan  emish.  Bu  qudratli  imperator 

saxiylik bilan in’om ehsonlar ulashgan emish. 


 

 

19 



19 

Yilnomachilarning  qisqacha  ma’lumotlarini  va  Karlning  o’z  farmonlarini 

o’qisak, uning butunlay boshqa odam bo’lganligini bilamiz. Masalan, sakslarni 

qanchalik  azob  –  uqubatda  qolishlariga  sababchi  bo’lgani,  4500  saksni 

o’ldirishga  buyurgani,  ularning  milliy  urf  –  odatlarini  oyoq  –  osti  qilganligi, 

uning  farmoni  bilan  10  000  saks  oilasi  bilan  boshqa  mamlakatga  haydab  olib 

ketilganligi,  Saksoniyaga  30  martadan  ko’p  yurish  qilganligi,  qishloqlarni 

yondirib vayron qilganligi uning yovuzliklarini ko’rsatuvchi harakatlar edi. 

Karlning yana boshqa  yurishlari mohiyatini ham o’qituvchi  misollar bilan 

tarixiy hujjatlatlarga tayanib, asoslanib o’quvchilarga yetkazadi. O’qituvchining 

materialni muammoli qilib bayon etishi o’quvchilarga dalillarning fosh qiluvchi 

kuchi, Karlning safdoshi bergan yolg’on guvohliklarga zid o’laroq, istilochining 

haqiqiy basharasini juda ravshan ochib berishni tushunib olishga yordam beradi.  

Yaxshi  o’ylab  tanlangan  va  guruhlangan,  muammoli  qilib  bayon  qilingan 

material  VII  sinf  o’quvchilarining  o’z  xulosalarini  ifodalab  va  asoslab 

berishlarini ta’minlaydi. (Malakviy pedagogik amaliyot jarayonida orttirgan  



tajribalarimiz  ushbu  mavzu  VII  sinf  o’quvchilariga  tarixiy  materialni 

ma’lum  darajada  muammoli  qilib  o’rgatish  ijobiy  samara  berish 

mumkinligini ko’rsatdi.)  

Tarixiy  materialni  muammoli  va  muammosiz  bayon  qilish  jarayonida 

o’qituvchi  og’zaki  nutqning:  syujetli  hikoya,  tasviriy  bayon,  tarixiy  hodisa  va 

tarixiy  shaxslarga  tavsif  berish,  qisqacha  bayon,  tushuntirish  kabi  har  xil 

turlaridan foydalanadi. 

Syujetli  hikoya  –  ko’pincha  dramatizm  xususiyati  bilan  ajralib  turgan, 

muayyan  tarixiy  syujetga  ega  bo’lgan,  his  –  tuyg’ularga  ta’sir  ko’rsatadigan, 

batafsil  bayon  qilinadigan  hikoyadir.  Qadimgi  dunyo  va  o’rta  asrlar  tarixidagi 

eng katta va dramatik voqealar, masalan, Salamin jangi, Spartak boshchiligidagi 

qullar qo’zg’oloni, Uot Tayler boshchiligidagi dehqonlar qo’zg’oloni, Yan Gus,  

Janna  d’  Arkning  chiqishlari  va  fojiali  halokati,  Konstantinopolning  olinishi 

hikoya tarzida bayon qilinadi

6



                                                 



6

 A.Sa’diyev  O’zbekiston xalqlari tarixini o’qitish.  T.”O’qituvchi”. 1993. 45 – bet. 



 

 

20 



20 

Syujetli  hikoyada  tarixiy  voqealarning  yorqin  epizodlari,  tafsilotlari  bayon 

qilinadi,  shuningdek,  bu  voqealarning  ishtirokchilari  bo’lgan  tarixiy 

shaxslarning tavsifi beriladi. 

Dramalashtirish  usuli,  voqeada  ishtirok  etgan  shxslarning  dialog  va 

monologlarini kiritish syujetli hikoyada keng qo’llaniladi. Shu maqsadda tarixiy 

arboblarning tarixiy hujjatlardagi ma’lumotlardan keng qo’llaniladi. 

Tasviriy  bayon  –  o’qituvchining  tarixiy  hodisalarni  muhim  xususiyatlari 

va  detallari  bilan  birga  yaxlit,  bir  butun  manzara  ko’rinishida  obrazli  qilib 

gavdalantirishidir.  Tasviriy  bayon  syujetli  hikoyaga  o’xshaydi,  lekin  aniq  – 

tarixiy  syujetga  ega  emasligi  bilan  undan  farq  qiladi.  Tasviriy  bayon  kishilik 

jamiyatining  xo’jalik,  ijtimoiy,  siyosiy  va  madaniy  hayotida  ko’p  marta 

takrorlanadigan    tipik  hodisalarni  ko’z  oldiga  keltirish,  shuningdek,  ayrim 

mamlakatlarning  tabiati  va  ulardagi  xalqlarning  ijtimoiy  hayoti  manzaralarini 

gavdalantirib berish uchun qo’llaniladi. 

Tasviriy  bayon  vaqtida  madaniyat  yodgorliklarining  rasmlari  texnik 

vositalar  yordamida  slaydlar  ko’rinishida  yoki  oddiy  surat  ko’rinishida 

ko’rsatilsa,  o’quvchilar  quldorlar  va  oddiy  kishilarning  qanday  sharoitda 

yashaganliklarini  ravshan  tushunib  oladilar,  qadimgi  dunyoning  g’oyat  ulug’ 

madaniy merosi bilan tanishadilar. 

O’qituvchi  o’z  hikoyasida  tarixiy  hujjatlar  va  badiiy  asarlar  matnidan 

parchalar o’qib bersa yoki ularni darslik matni bilan birga qo’shib gapirib bersa, 

uning  hikoyasi  obrazli,  aniq  va  emotsional  bo’ladi.  Materialning  yorqin  bayon 

etilishi o’quvchilarning materialga diqqat – e’tiborini va qiziqishini oshirsa – da 

va  ularning  ijodiy  tasavvurini  o’stirsa  –  da,  lekin  bu  hali  bilmlarning  yaxshi 

o’zlashtirilishini  hamma  vaqt  ham  ta’minlay  olavermaydi.  Shuning  uchun 

o’qituvchi materialni bayon qilayotganda o’quvchilarning bilim olish faolligini 

kuchaytiradigan, yuqorida qisman aytib o’tilgan maxsus usullarni qo’llashi zarur 

bo’ladi. 



Analitik  bayon  –  o’rganiladigan  hodisalarning  asosiy  elementlarini 

ularning  muhim  belgilarini  ajratib  ko’rsatgan  holda  bayon  qilishdir.  Analitik 



 

 

21 



21 

bayon  o’tmishdagi  ijtimoiy  hayotning  yaxlit  manzaralarini  yaratmaydi  va  shu 

jihati  bilan  tasviriy  bayondan  farq  qiladi.  Analitik  bayon  VI  –  VII  sinflardagi 

tarix  darslarida  biror  mamlakatning  geografik  muhiti,  ijtimoiy  munosabatlari, 

davlat  tuzilishi  ta’riflab  berilayotganda,  turli  davrlar  va  xalqlarning  moddiy 

madaniyat yodgorliklari (ko’pincha – bir – biriga taqqoslab) o’rganilayotganda 

qo’llaniladi. 

Ko’p  hollarda,  masalan,  Misr  piramidalariga,  gotik  soborga  xarakteristika 

berishda tasviriy bayon bilan analitik bayonni bir – biridan ajratish qiyin bo’ladi. 

O’quvchilarning  ishini  faollashtirish  uchun  analitik  bayondan  oldin 

o’quvchilarga  mamlakat  siyosiy  tuzumining  sxemasini  yoki  urushning  borishi 

sxemasini chizish, o’rganiladigan hodisaning asosiy belgilarini ko’rsatish va shu 

hodisaga baho berish to’g’risida vazifa topshirish ma’quldir. 

Tarixiy  voqea  yoki  hodisaga  ta’rif  berganda  shu  voqea  va  hodisaning  eng 

muhim xususiyatlari ochib beriladi. Bu ta’rif, ko’pincha mavzuning bir yoki bir 

necha  darsda  o’tilgan  qismi  yuzasidan  chiqarilgan  asosiy  xulosalardan  iborat 

bo’ladi.    Bunday  ta’rif  analitik  bayonga  o’xshasa  ham  lekin hodisaning  asosiy 

belgilarini  ancha  aniq  ko’rsatib  berishi  va  ko’proq  darajada  umumlashtirishi 

bilan  undan  farq  qiladi.  O’qituvchi  uzoq  vaqt  mobaynida  davom  etadigan 

jarayonlarni, masalan, hunarmandchilikning qishloq xo’jaligidan ajralib chiqishi 

va shaharlarning paydo bo’lishi jarayonini, feodalizmning tushkunlikka tushishi 

va  yemirila  borishi  jarayonini,  odatda  butun  mavzuga  doir  kirish  darslari  va 

yakunlovchi darslarda umumlashtirgan holda, qisqacha ta’riflab o’tadi.

7

 



Tarixiy  arboblarga  ta’rif  berish  –  shu  arboblar  faoliyatining  sinfiy 

xarakterini 

hamda 

ularning 



shaxsiy 

xususiyatlarini 

ochib 

berishda 



qo’llaniladigan  o’qituvchi  og’zaki  bayonining  alohida  bir  turidir.  Tarixiy 

arboblarga  beriladigan  ta’rif  qanday  asosiy  talablarga  javob  berishi  kerakligini 

A.I.Strajev quyidagicha ifodalagan: 

                                                 

7

 A.Sa’diyev O’zbekiston xalqlari tarixini o’qitish. T.”O’qituvchi”. 1993. 53 – bet. 



 

 

22 



22 

“1.  Tarixiy  arbob o’zi  yashagan davr  muhitida, shu shaxs o’z  faoliyati  va 

maslak  –  qarashlari  bilan  o’zini  namoyon  qilgan  tarixiy  sharoit  bilan 

chambarchas bog’langan holda ko’rsatilishi kerak… 

2.  Tarixiy  arbob  qaysi  sinf  yoki  sinfiy  guruhning  manfaatlarini  ifodalasa, 

o’sha sinf yoki sinfiy guruh bilan yaqindan bog’langan holda ko’rsatilishi kerak; 

bu  ishni  tarixiy  shaxsning  o’z  faoliyati,  fikr  –  mulohazalari  bilan  bog’lash 

lozim… 


3.  Tarixiy  arbob  “jonli  shaxs”  qilib  ko’rsatilishi,  uning  individual 

xususiyatlari,  o’ziga  xos  ma’naviy  va  jismoniy  qiyofasi  ta’riflab  berilishi 

kerak…”

8



Qisqacha bayon – bir qancha dalillarni batafsil tahlil qilmay tushuntirishdan 

iborat  bo’lib,  u  o’quvchilarga  tarix  kursidagi  asosiy  dalillarning  o’zaro 

bog’langanligini  anglatish,  ularda  tarixiy  jarayonning borishi  haqida  yaxlit, bir 

butun  tasavvur  hosil  qilish  uchun  zarurdir.  O’qituvchining  materialni  qisqacha 

bayon qilishi o’quvchilarni, ayniqsa VI  – VII sinf o’quvchilarini odatda uncha 

qiziqtirmaydi,  bunda  ular  materialni  bo’sh  o’zlashtiradilar.  Binobarin, 

o’quvchilarning  bilish  faoliaytini  faollashtirishning  maxsus  usullarini  qo’llash, 

ya’ni ularga xronoligik jadval tuzishni, o’qituvchi hikoya qilib bergan narsaning 

rejasini tuzishni vazifa qilib topshirish lozim bo’ladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

                                                 



8

 A.I.Strajev Metodika prepodavaniya istorii. M., 1992. 144 – 145 – betlar. 



 

 

23 



23 

 


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin