O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


 Tarix darslari jarayonida o’quvchilarning xotirasini



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix04.01.2020
ölçüsü0,65 Mb.
#30049
1   2   3   4
oquvchilarda tarixiy bilimlarni shakllantirish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari


3. Tarix darslari jarayonida o’quvchilarning xotirasini 

mustahkamlash va o’quvchiga yondashish bo’yicha 

texnologiyalar. 

Darsda yangi o’quv materialini chuqurroq o’zlashtishning muhim sharti va 

vositasi  –  o’rganiladigan  faktlar  va  umumiy  xulosalarni  muntazam  ravishda 

xotirada  mustahkamlasb  borishdir.  O’quvchilarning  har  qaysi  darsda 

o’rganiladigan  materialni  o’sha  darsning  o’zida  ikkinchi  marta  idrok  qilib  va 

tushunib  olishlari  materialni  xotirada  mustahkamlash  deb  ataladi.  Tarix 

darslarida  yangi  materialni  xotirada  mustahkamlashning  asosiy  maqsadi  – 

o’rganiladigan  dalillarni,  sanalarni,  tarixiy  arboblarning  ismini,  geografik 

nomlarni,  tarixiy  tushunchalarni  o’quvchilarning  puxta  va  ongli  ravishda  bilib 

olishlariga  yordam  berish,  shularni  o’zlashtirishda  kamchiliklar  bo’lishiga  yo’l 

qo’ymaslik, yangi o’rganiladigan materialni ilgari o’zlashtirilgan material bilan 

yaxshiroq  bog’lash,  darsda  o’rganiladigan  materialni  o’quvchilar  qay  darajada 

o’zlashtirayotganini tekshirish va shu bilan ularning darsda diqqat – e’tiborlarini 

kuchaytirishga yordam berishdir. 

Psixologiya  fanida  ta’kidlanishicha,  o’rganiladigan  dalil  va  hodisalar  shu 

darsning o’zida o’quvchilarga yana bir marta eslatilmasa, ayniqsa tez unutiladi. 

Binobarin,  yangi  materialni  o’rganish  jarayonidayoq  bilimlarning  o’quvchi 

xotirasida yaxshi saqlanib qolishiga yordam beradigan sharoitlar yaratish, yangi 

bilimlarni  eski  bilimlar  bilan,  ma’lum  bo’lmagan  narsalarni  ma’lum  bo’lgan 

narsalar  bilan  bir  –  biriga  bog’lab,  o’quvchilar  xotirasida  endigina  paydo 

bo’layotgan  va  hozircha  hali  zaif  holda  bo’lgan  bu  bog’lanishlarni 

mustahkamlash, keyin esa qo’shimcha usullar yordamida ularni o’quvchilarning 

yanada  chuqurroq  esda  olib  qolishlarini  ta’minlash  uchun  o’quvchilardagi 

mavjud bilimlarni ishga solish zarur. 

Xotirada  mustahkamlash  ishga  yangi  materialni  o’rganish  bilan 

chambarchas  bog’langan  bo’lib,  yangi  materialni  o’rganish  jarayonida, 



 

 

24 



24 

shuningdek, dars oxirida tashkiliy suratda o’tkaziladi. VI – VII sinflarda esa bu 

ishni, odatda, dars davomida ham, dars oxirida ham olib borish kerak. 

Tarixiy materialni xotirada mustahkamlash usullari quyidagicha: 

Masalan,  VI  –  VII  sinflarda  hozirgina  o’rganilgan  materialning  mazmuni 

yuzasidan  dars  oxirida  suhbat  olib  borish  usuli  keng  tarqalgan.  Lekin  bu 

suhbatda mazkur yangi materialning hammasini gapirib o’tish noto’g’ri bo’ladi. 

Eng murakkab va muhim masalalarni tanlab olib, o’shalar haqida so’z yuritish 

zarur. 


Xotirada 

mustahkamlanadigan 

masalalar, 

avvalo, 


o’rganilayotgan 

materialning mazmuniga qarab tanlanadi. 

Agar  o’qituvchi  bayon  qilgan  material  siyosiy  tarixga  doir  voqealarning 

tasviriy hikoyasi xarakterida bo’lsa, uni xotirada mustahkamlash vaqtida, ba’zan 

hikoya mazmunining eng muhim qismi rejasini tuzish, ba’zan esa voqealarning 

(masalan,  qo’zg’olonlar  va  urushlarning)  sabalari,  o’qibatlari  va  ahamiyatini 

faqat tahlil qilib chiqish kifoya qiladi. 

Agar    yangi  materialda  jamiyatning  iqtisodiy  va  siyosiy  hayotidagi 

murakkab  jaaryonlar bayon  etilgan  bo’lsa, uni  xotirada  mustahkamlash  vaqtida 

tarixiy jarayonning hamma asosiy tarkibiy qismlarini va ular o’rtasidagi sabab – 

natijali bog’lanishlarni o’quvchilarga birma – bir eslatish kerak. 

VII  sinfda  “G’arbiy  Yevropada  shaharlarning  vujudga  kelishi”  mavzusi 

o’tilayotgan  darsda  xotirada  mustahkamlanadigan  material  bilan  yangi 

o’rganiladigan  material  o’rtasidagi  ana  shunday  nisbatga  doir  bir  misolni 

sxema tarzida ko’rib chiqamiz. 

O’rganish rejasi 

Yangi materialni (dars 

oxirida)xotirada mustahkamlash 

uchun beriladigan savollar 

I.  Qishloq 

xo’jaligi 

bilan 

qishloq 


hunarmanchiligida 

erishilagan 

yutuqlar, 

qishloq 


xo’jaligi 

hunarmandchiligi 

mahsulotlarining 

o’sishi. 

 

II.  Hunarmandchilik  qishloq  xo’jaligidan 

ajrala boshladi. 



I. 

Xo’jalikda  yuz  bergan  asosiy 

o’zgarishlar nimalardan iborat? 

 

 



 

 

II.  1).Darslikdagi:“Hunarmandchilik 

asta  –  sekin  qishloq  xo’jaligidan 


 

 

25 



25 

 

 



 

 

 



 

III.  G’arbiy  Yevropada  shaharlar  vujudga 

kela boshladi. 

ajrala  bordi”,  -  degan  xulosani 

qanday  tushunasiz?  2).  Nima 

uchun  hunarmanchilik  qishloq 

xo’jaligidan  ajrala  boshladi?  3). 

Bu hodisa qachon bo’ldi? 

III.   1).  O’rta  asrlardagi  shaharlarning 

qishloqdan  asosiy  farqi  nimada 

edi?  2).  Nima  uchun  X  –  XI 

asrda  G’arbiy  Yevropada  yangi 

shaharlar vujudga kela boshladi? 

 

 

Xo’jalik  taraqqiyotining  yangi  xususiyatlarini  va  shaharning  qishloqdan 

farqini  aytib  berishni  talab  etuvchi  savollar  o’rganilgan  materialni  xotirada 

mustahkamlashga  qaratilgan  bo’lib,    ilgari  o’zlashtirilgan  bilimlar  bilan  yangi 

bilimlarni  bir  –  biriga  bog’lovchi  halqa  bo’lib  xizmat  qiladi,  shuningdek,  ular 

o’quvchilarning tafakkurini o’stirish vositasi hamdir. 

Bir qancha hollarda, materialni xotirada mustahkamlash uchun beriladigan 

topshiriqlarga  hujjatdan  olingan  kichikroq  parchani  tahlil  qilishni  yoki 

o’rganilgan  materialdagi  muhim  masalalar  yuzasidan  bilishga  undaydigan 

mashq  bajarishni  kiritish  ma’quldir.  Masalan,  yuqorida  tahlil  qulib  ko’rib 

chiqilgan  darsda,  orta  asr  shaharlarining  dastlabki  o’sishiga  yordam  bergan 

sharoitlarni    o’quvchilarning  yodida  yaxshi  qoldirish  uchun  ularga  quyidagi 

mashqni berish mumkin. 

“Hujjatlarda  aytilishicha,  bir  qancha  yangi  shaharlarning  dastlabki 

senyorlari  (shahar  bino  qilingan  yerlarning  egalari)  shu  shaharlarga  ko’chib 

kelgan odamlarni... ular orasida qishloqlardan – o’z feodallaridan qochib kelgan 

krepostnoylar  bo’lishiga  qaramay.  Shahar  yer  soliqlarini  to’lashdan  ozod 

qilardilar. Bu dalillarning sababini aytib bering”. 

Agar  o’quvchilar  o’qituvchining  tushuntirishlarini  yetarli  diqqat  –  e’tibor 

bilan  tinglashga  hali  odatlanmagan  bo’lsalar  va  darsning  asosiy  mazmunini 

gapirib  berishga  qiynalsalar,  o’tilgan  darsni  xotirada  mustahkamlash  vaqtida 

ular oldiga o’qituvchi so’zlab bergan asosiy dalillarni takror aytib berishni talab 

etuvchi savollar qo’yish foydalidir. Bunda o’quvchilar dalillarni ularning o’zaro 



 

 

26 



26 

bog’lanishlari  va  munosabatlari  bilan  ko’rsatib,  ular  haqida  zarur  xulosalar 

chiqarishlari lozim. 

Shu  bilan  birga,  o’quvchilarning  o’z  javoblarini  hozirgina  o’rganilgan 

materialni  aynan  so’zma  –  so’z  takrorlashga  aylantirib  yubormasliklariga 

harakat qilish kerak. O’quvchining materialni bayon qilish yo’lini materialning 

dastlabki  bayonidan  burmuncha  boshqacharoq  yo’lga  burib  yuborish 

o’qituvchining  mahoratiga  bog’liqdir.  Masalan,  o’qituvchi  xalifalik 

mamlakatlarida  fan  va  san’atning  rivojlanishi  to’g’risidagi  materialni  xotirada 

mustahkamlash vaqtida VII sinf o’quvchilari oldiga uni oddiygina qayta gapirib 

berish  o’rniga  Markaziy  Osiyo  xalqlarning,  shu  bilan  birga  boshqa  Sharq 

xalqlarining  jahon  madaniyatiga  qo’shgan  hissasini  aytib  berishni  vazifa  qilib 

qo’yishi mumkin. 

Butun mavzuning materialini takrorlash va xotirada mustahkamlash vaqtida 

o’quvchilarga  o’rganilgan  hodisa  qanday  sodir  bo’lganini  va  uning 

rivojlanishidagi  ma’lum  bosqichlarni  esga  olishni  yoki  bir  turli  dalillar 

o’rtasidagi  o’xshashlik  va  farqlarni  ko’rsatib  berishni,  o’rganilayotgan 

voqealarning boshqa mamlakatlar va xalqlar tarixidan ma’lum bo’lgan voqealar 

bilan  sinxronligini    aniqlashni  taklif  qilish  mumkin.  Lekin  o’quvchilardan 

samarali  fikrlashni  talab  etuvchi  bunday  savollarni  o’rtaga  qo’yish  dalillarni 

takror aytib berishni talab etadigan savollar berishni mustasno qilmaydi, chunki 

bunday  savollar  o’sha  dalillarni  va  ular  o’rtasidagi  muhim  bog’lanish  va 

munosabatlarni  bolalarning  esida  yaxshi  qoldirishga,  ularning  o’zlashtirishini 

tekshirib ko’rishga yordam beradi.  

Shunday qilib, materialni xotirada mustahkamlash vaqtida oddiy takrorlash 

(reproduktiv)  va  samarali  fikr  yuritish  (produktiv)  xarakteridagi  javoblar 

qaytarishni  talab  etadigan  savollarni  o’quvchilarga  joyiga  qarb  aralash  berib 

borish kerak. 

O’quvchilarning  o’qituvchi  hikoyasi  yuzasidan  reja  tuzishlari,  sinf 

doskasida  va  o’z  daftarlarida  murakkab  bo’lmagan  xronologik  va  sinxronik 

jadvallar  tuzishlari  yangi  materialni  esda  saqlab  qolishlariga  yordam  beradi. 


 

 

27 



27 

O’quvchilarning  makon  tasavvurlarini  kengaytirish  va  mustahkamlash  uchun 

darsda kontur xaritadan osonroq mashqlar o’tkazish foydalidir. 

O’quv  suratining  mazmunini  esda  yaxshi  qoldirishni  ham,  odatda,  yangi 

materialni  o’rganisgda  beriladigan  savollarni  oddiygina  takrorlashdan  iborat 

qilib  qo’yish  yaramaydi.  Bu  paytdagi  savollar  o’rganiladigan  hodisalar 

o’rtasidagi  yangi  bog’lanish  va  munosabatlarni  o’quvchilarga  ko’rsatib 

beradigan va ularning suratni mustaqil tahlil qilish uchun o’z bilimlarini tatbiq 

eta bilishlariga yordam baradigan savollar bo’lishi kerak. 

Masalan,  Germaniyada  dehqonlar  urushi  o’tilayotgan  darsda  “Myunser 

Frankenxauen  shahri  yaqinida”  nomli  texnika  vositasi  o’rqali  ko’rsatiladigan 

yoki devorga osib qo’yiladigan ko’rgazmaning mazmuni tahlil qilinadi. Bu surat 

mazmunini  xotirada  mustahkamlash  vaqtida  o’quvchilarga  dehqonlarning 

yengilish  sabablarini  eslash  va  surat  mazmuni  asosida  umumlashtirishni  taklif 

qilish mumkin. 

O’rganilgan yangi materialning xotirada mustahkamlashning samarali 

vositasi  jadvallardan  foydalanishdir.  “Franklarda  davlatning  tashkil 

topishi”  mavzusi  o’tilayotgan  darsda  darslikdagi  “VI  asrda  franklar 

davlati”  jadvalini  tahlil  qilish  yangi  materialni  xotirada  mustahkamlash 

vositasi bo’lib xizmat qila oladi.

9

 

Tajriba  shuni  ko’rdatdiki,  mavzuni  o’rganishga  kirishilganda  sinf 

o’quvchilariga:  dars  davomida  yoki  oxirida  yozma  topshiriq  bajarishlari 

lozimligi  aytilsa,  ularning  darsga  diqqat  –  e’tibori,  bilish  faolligi  va  yangi 

materialni o’zlashtirishi oshadi. 

O’quvchilar  faqat  dars  vaqtida  emas,  balki  uyga  berilgan  topshiriqni 

bajarish  vaqtida  ham  o’tilgan  materialni  xotirada  mustahkamlasalar  va 

takrorlasalargina chuqur va puxta bilim olishlari mumkin. 



Tarix darslarida o’quvchiga   yondoshish bo’yicha texnologiyalar 

 

                                                 

9

 T. Toshpo'latov, Ya. G'afforov. Tarix o’qitish metodikasi. T. 2002 yil, 35 – bet. 



 

 

28 



28 

1) 

Avtoritar  texnologiyalar,  bunda  pedagog  o’quv  –  tarbiyaviy  jarayonning 

yakka  sub’ekti  hisoblanadi,  o’quvchi  esa  faqatgina  “ob’yekt”,  biror  –  bir 

qismdek bo’ladi. Ular maktab hayotining qat’iy  tashkil etilishi, o’quvchilarning 

tashabbusi  va  mustaqilligiga  yo’l  qo’ymaslik,  talab  va  majburlash  qo’llanilishi 

bilan ajralib turadi. 

2) 

Didaktotsentrik  texnologiyalar  ham  bola  shaxsiga  e’tiborsizlik  yuqori 

darajasi  bilan  ajralib  turadi,  ularda  ham  o’qituvchi  va  o’quvchi  o’rtasida 

sub’yekt  –  ob’ektli  munosabatlarlar  hukm  suradi,  o’qitish  ta’limdan  ustun 

qo’yiladi  va  shaxsni  shakllantirishning  eng  asosiy  omillari  didaktik  vositalar 

hisoblanadi. 

3) 

Shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalar butun maktab, o’rta maxsus  ta’lim 

tizimi 


markaziga 

bola 


shaxsini, 

uning 


rivojlanishi 

uchun 


qulay, 

kelishmovchiliklarsiz  va  xavfsiz  sharoitlarni  ta’minlash,  uning  tabiiy 

imkoniyatlarini  amalga  oshirishni  qo’yadi.  Bu  texnologiyada  bola  shaxsi 

faqatgina  ob’yekt  emas,  balki  muhim  sub’yekt  hamdir:  u  biror  –  bir  noaniq 

maqsadga  erishish  vositasi  emas,  balki  ta’lim  tizimi  maqsadi  hisoblanadi 

(avtoritar 

va 

didaktotsentrik 



texnologiyalarida 

bo’lganidek).  Bunday 

texnologiyalarni yana antrotsentrik deb ham ataydilar. 

 

Shunday  qilib,  shaxsga  –  yo’naltirilgan  texnologiyalar  antrotsentrikligi, 



insonparvarligi  va  psixoterapevtik  yo’nalganligi  bilan  ifodalanadi  va  bolaning 

har tomonlama, erkin va ijodiy rivojllanishini maqsad qilib oladi. 

 

Shaxsga  yo’naltirilgan texnologiyalar doirasida insonparvarlik  – shaxsiy 



texnologiyalar,  hamkorlik  texnologiyalari  va  erkin  tarbiyalash  texnologiyalari 

mustaqil yo’nalganligi bilan ajralib turadi. 



4).  Insonparvarlik  –  shaxsiy  texnologiyalar  birinchi  navbatda  o’zining 

insonparvarlik mohiyati, shaxsni qo’llashga psixoterapevtik yo’nalganligi, unga 

yordam  ko’rsatishi  bilan  ajralib  turadi.  Ular  bolaga  har  tomonlama  hurmat  va 

muhabbatni,  majburlashni  rad  etib  uning  ijodiy  qudratiga  ishonchni  targ’ib 

qiladi. 


 

 

29 



29 

5).  Hamkorlik  texnologiyasi,  o’qituvchi  va  bola  o’rtasidagi  ob’yektiv  – 

sub’yektiv  munosabatlarda  demokratiklik,  tenglikni,  hamkorlikni  amalga 

oshiradi.  O’qituvchi  va  o’quvchi  birgalikda  maqsad,  mazmunni  ishlab 

chiqadilar, hamkorlik va birgalikda ijod holatida bo’lib baho beradilar. 



6).  Erkin  tarbiya  texnologiyalari  bolaning  hayotiy  faoliyati  doirasida  ko’pmi 

ozmi  tanlashi  va  mustaqilligi  erkinligi  berishga  e’tiborni  qaratadi.  Tanlovni 

amalga  oshirib  bola  natijalarga  tashqi  ta’sir ostida  emas,  balki  ichki  tuyg’ulari 

orqali boradi, u sub’yekt nuqtai nazarini eng yaxshi uslub bilan amalga oshiradi. 



Tanqidiy fikrlashning faol metodlari. 

Tanqidiy  fikrlashni  o’stirishga  xizmat  qiladigan  metodlar  “Demokratik 

ta’lim  uchun”  konsorsiumi  tomonidan  amalga  oshiriladigan  “Tanqidiy  fikrlash 

uchun o’qish va yozish” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. 

Tanqidiy  fikrlashning  faol  metodlarini  ishlab  chiqishda  quyidagi 

asoslardan kelib chiqadilar: Tanqidiy fikrlash nima?  

Fikrlash – o’qish, yozish, so’zlash va eshitishga o’xshash jarayon. U faol, 

muvofiqlashtiruvchi  shunday  jarayonki,  o’zida  biror  haqiqat  to’g’risidagi 

fikrlarni  qamrab  oladi.  Fikrlash  kontekstdan  tashqarida  hosil  qilinadigan 

ko’nikma  emas.  Tanqidiy  fikrlash  ta’limiy  dastur  yoki  kundalik  hayotning 

umumiy  kontekstidan  yiroqlashgan  sharoitda  o’rganilishi  lozim  bo’lgan  hodisa 

ham emas.  

Braun (1989) ta’kidlaydiki, vazifa va real hayot maqsadlaridan ajratilgan 

o’quv  ko’nikmalari  ta’lim  oluvchilarga  ob’yektiv  testlarni  yaxshi  topshirish 

imkoniyatini  berishi  mumkin,  lekin  ular  bu  ko’nikmalarni  yangi  vaziyatlarda 

qo’llay olmaydilar. 

Rixer  ta’biri  bo’yicha  o’rganish  va  fikrlashning  ta’rifi  kognitiv 

psixologiya,  falsafa  va  multmedia  madaniyati  ta’limi  sohasidagi  tadqiqotlar 

natijalariga asoslanadi. 

Bu tadqiqotlarning asosiy natijalari: 



 

 

30 



30 

1.  Samarali  va  muttasil  o’rganish  asosida  talabalarning  axborotlarni 

o’zlashtirish, sintezlash va ularni to’la egallash  faolligi  yotadi  (Anderson  va 

unga hammualliflar, 1985). 

2.  O’rganish  jarayoni  fikrlash  faoliyatini  rivojlantirishning  turli  tuman 

strategiyalaridan 

foydalangandagina 

muvaffaqiyatliroq 

bo’ladi.  Bunday 

strategiya  o’rganish  jarayonini  yanada  onglilashtiradi  (Palinskar  va  Braun, 

1989). 

3. O’rganish va tanqidiy fikrlash talabalarning aniq vazifalarga nisbatan yangi 



bilimlarni  qo’llash  imkoniyatlariga  ega  bo’lgan  taqdirda  rivojlanadi 

(Resnik,1987). 

4.  O’rganish  talabalarning  oldingi  bilimlari,  tajribalariga  tayangandagina 

mustahkamlanadi.  Bular  talabalarning  bilgan  bilimlarini  yangi  axborotlar  bilan 

bog’lash imkoniyatini beradi (Ros,1990). 

5.  Tanqidiy  fikrlash  va  o’rganish  g’oya  va  tajribalarning  turli  –  tumanligini 

pedagoglar tushungan va qadrlagan vaqtdagina amalga oshadi. Tanqidiy fikrlash 

“yakkayu  yagona  to’g’ri  javob”ni  qabul  qiladigan  mentalitet  jarayonida  yuz 

bermaydi. 

Tanqidiy fikrlashning rivojlanish muhitini yaratish. 

Tanqidiy  fikrlashni  rivojlantirish  oson  ish  emas.  Bu  muayyan  yosh 

davrida  tugallangan  va  esdan  chiqarilgan  vazifa  ham  emas.  Shu  bilan  birga    

tanqidiy  fikrlashga  olib  boradigan  tugallangan  yo’l  ham  yo’q.  Lekin  tanqidiy 

fikrlovchilarning  shakllanishiga  yordam  beruvchi  muayyan  o’quv  sharoitlari 

to’plami mavjud. Uning uchun: 

- tanqidiy fikrlash tajribasini egallashi uchun vaqt va imkoniyat berish; 

- talabalarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish; 

- turli – tuman g’oya va fikrlarni qabul qilish; 

- talabalarning o’quv jarayonidagi faolligini ta’minlash; 

- talabalarni kulgiga qolmaslikka ishontirish kerak

-  har  bir  talabaning  tanqidiy  fikr  yuritishga  qodir  ekanligiga  o’zlarida  ishonch 

hissini uyg’otish; 


 

 

31 



31 

- tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash lozim

Shu munosabat bilan o’quvshilar: 

- o’ziga ishonchni orttirish va o’z fikri hamda g’oyalarining qadrini tushunish; 

- o’quv jarayonida faol ishtirok etish; 

- turlicha fikrlarni e’tibor bilan tinglash; 

- o’z hukmlarini shakllantirishga hamda undan qaytishga tayyor turishi lozim. 

Vaqt.  Tanqidiy  fikrlash vaqt talab qiladi. Pirson, Xansen, Gordon  (1979) 

lar  ta’kidlashadiki,  o’z  fiklarini  ijod  qilish  go’yo  avvalgi  g’oya,  tasavvur, 

uchrashuvlar  va  tajribalarni  arxeologik  jihatdan  tadqiq  qilishga  olib  keladi. 

Shuning uchun ham: 

- fikrlarini o’z so’zlari bilan ifodalash; 

- o’zaro tanqidiy fikrlar almashish

- o’z g’oyalarini ifodalay olish va konstruktiv takliflarga javob ola bilish; 

-  fikrlarni  muayyan  g’oyalar  qiyofasida,  qulay  muhitda  amalga  oshira  olish  va 

o’z g’oyalarini to’la va aniq ifodalay olish.  

Izn.  Tanqidiy  fikrlashda  erkinlik  bo’lishi  uchun  talabalar  ma’qul  va 

noma’qul narsalarni aytish, ular haqida fikrlash, ijod qilish uchun ruxsat olishlari 

lozim.  Talabalar  yo’l  qo’yiladigan  holatlarni  anglab  olishgach,  tanqidiy  tahlil 

qilishga  faol  kirishadilar.  Tanqidiy  tahlilga    izn  olish  onglilik  tamoyiliga 

asoslanadi. Bunda tahlil va haddan oshish orasidagi farq aniqlab berilishi lozim. 

Tanqidiy  fikrlashga  izn  fikrlash  uchun  chinakam  maqsad  bo’lgan  do’stona 

hamda samarali sharoitda beriladi. 

Rang-baranglik.  O’quvchilarning  fikrlash  jarayonida  turli  fikrlar  va 

g’oyalar  paydo  bo’ladi.  Rang-barang  fikr  va  g’oyalar  yakkayu-yagona  javob 

mavjudligi  haqidagi  tasavvur  bartaraf  qilingan  chog’dagina  yuzaga  keladi. 

Fikrlarni  ifoda  qilish  chegaralanganda  talabalarning  fikrlashiga  chek  qo’yiladi. 

Faqat birgina  javob mavjud bo’lgan taqdirda xilma-xil vosita va  jarayonlardan 

foydalanish joizki, uning yordamida talabalar ana shu javobni topa olsin. 



Faollik.  Tanqidiy  fikrlash  o’quvchilarning  faolligi  bilan  bevosita 

bog’langan. Odatda, o’quvchilar sustkash tinglovchilar bo’lishadi, chunki ularda 



 

 

32 



32 

o’qituvchi bilimli yoki matnda uning bu bilimlari aks etgan, shu tufayli ularning 

bilimlari  o’qituvchi  mas’ul  degan  ishonch  shakllanib  qolgan.  O’quv 

jarayonidagi  talabalarning  faol  ishtiroki  va  o’qishlariga  o’zlarining  mas’ul 

ekanligiga  tayyorligi tanqidiy fikrlashda kutilgan natijalarni beradi. Talabalarni 

fikr yuritishga, o’z g’oyalari va fikrlari bilan o’zaro o’rtoqlashishga da’vat etish 

kabi pedagogik yondashuv ularning faolligini o’stiradi. Mixail Chikjentmixaliy 

(1975)  ta’kidlaydiki,  o’quvchilar  o’sha  murakkab  darajadagi  o’quv  jarayonida 

faol ishtirok etishsa, bilish jarayonida qatnashganligidan katta bahra oladilar va 

o’zlarida chuqur qoniqish hissini sezadilar. 



Tavakkalchilik.    Erkin  fikrlilik  tavakkalchilikka  asoslanadi.  Uning  bilim 

faoliyatida  qo’rqmay  tavakkal  qiluvchi  insonlarni  rag’batlantirib  turish  joizdir. 

Fikrlash  jarayonida  “ahmoqona  g’oyalar”  aql  bilan  tuzilmagan  birikma  va 

tushunchalar  ilgari  surilgan  holatlar  ham  bo’lishi  mumkin.  O’qituvchi  buni 

o’quv  jarayonining  tabiiy  holati  sifatida  talabalarga  tushuntirishi  lozim. 

Talabalarni  tavakkaldan  holi  bo’lgan,  ya’ni  g’oyalar  qadrlangan,  talabalarning 

fikrlash  faoliyatida  faol  ishtirokini  yuqori  motivatsiyalash  imkoni  bo’lgan 

muhitda o’ylash lozimligiga ishonch hosil qilish zarur. 



Qadrlash.  Tanqidiy  fikrlashning  omillaridan  biri  talabalarning  fikrlash 

jarayonini  qadrlashidir.  Tashkil  etilgan  fikrlash  jarayonida  talabalar  o’z 

g’oyalari,  tasavvurlarining  o’qituvchi  tomonidan  qadrlanayotganini  tushungan 

holda chuqur mas’uliyat va e’tiborga yarasha javob qaytaradilar. Talabalar o’z 

fikrlash jarayonini qadrlashni namoyish qilishga harakat qiladilar, unga va uning 

oqibatlariga nisbatan jiddiy munosabatda bo’la boshlaydilar. 



Qimmatlilik.  Fikrlash  jarayonini  tashkil  etish  davomida  talaba  ularning 

fikrlari,  o’z  tanqidiy  tahlili  natijalari  qimmatli  ekanligini  ularning  ongiga 

singdirish  zarur.  O’qituvchi  talabalardan  muayyan  materialni  shunchaki  qayta 

ishlashni talab qilganda tayyor qoliplardan, andozalardan holi bo’lishi lozim. Bu 

esa  o’quvchilarda o’zgalar  g’oyalarini  mexanik  tarzda  qayta  ishlab  chiqish  eng 

muhim  va  qimmatli  ekanligiga  ishonch  hosil  qilishga  olib  keladi.  Aslida 

o’quvchilarga  o’z  fikri,  o’ziga  taalluqli  bo’lgan  g’oya  va  tasavvurlar  qimmatli 


 

 

33 



33 

ekanligini  ko’rsata  olish  zarur.  O’quvchilarning  o’zlari  ham  o’z  fikrlarining 

qimmatbaho  ekanligiga  ishonch  hosil  qila  olishlari  zarur.  Ular  o’z  fikrining 

tushuncha  va  masalani  muhokama  qilish  jarayonida  o’ta  muhim,  shuningdek, 

katta hissa bo’lib hisoblanishini tan olishlari kerak. 

O’zaro  fikr  almashuv.  Fikrlash  jarayoni  o’quvchilarning  o’zaro  fikr 

olishuvini  ko’zda  tutadi.  O’quvchilarning  o’zaro  fikr  olishishi  ularning  bir  – 

biridan  o’rganishdagi  o’rtoqchiligiga  asos  soladi.  O’quvchilardan  fikrlovchi 

sifatida  o’zlarida  bo’lgan  yirik  fikr  va  oddiy  xatoga  bo’lgan  qobiliyatlarini 

boshqalarga  ochib  berish  talab  etiladi.  O’zaro  fikr  olishishda  o’quvchilardan 

diqqat bilan tinglash, o’zining qarashlar tizimini so’zlovchiga zo’rlab o’tkazish 

va boshqa so’zlovchilarni tuzatib turishdan o’zini tiyib turishi ham talab etiladi. 

Bunga  javoban  o’quvchilar  boshqalarning  yalpi  fikrlaridan  foydalanish 

imkoniyatiga ega bo’ladi. Keng doiradagi munozara oqibati o’laroq o’quvchilar 

o’zlariga  tegishli  bo’lgan  g’oyalarni  tahlil  qilish  va  uni  aniqlashga  yanada 

qobiliyati orta boradi hamda ularni o’z bilimlari va hayotiy tajribalarida yaratgan 

g’oyalari  tizimiga  tirkab  boradi.  Fikrlash  jarayonini  tashkil  etishda    uni 

o’tkazishning bir necha modellari mavjud. Ular: 

- o’ziga ishonch hosil qilish; 

- ishda faol ishtirok etish; 

- o’rtoqlar va o’qituvchi bilan fikr almashish; 

- o’zgalar fikrini tinglay olish. 

Tanqidiy  fikrlashni  rivojlantirish  mualliflari  fikrlash  jarayonini  tashkil 

etishda idrok qilishning 4 tipini farqlaydilar: 

Yaxlitligicha  idrok  etish.  Mavzu  yoki  fan  to’g’risida  umumiy  bilim 

beradigan idrokning shaklidir. 



Izohli  idrok  etish.  Bu  Blum  izohlari  darajasiga  aylandi.  Idrokning  bu 

tipida  o’quvchi  g’oya  va  hodisalarning  o’zaro  aloqalarini  yoritadi,  uning 

mohiyatini muhokama qiladi, fanning turli sohalariga oid g’oya va axborotlarni 

hatto tashqi jihatdan bog’liq hodisalarni birlashtiradi. 



 

 

34 



34 

Shaxsiy  idrok  etish.  O’quvchilar  o’zlarida  avvaldan  mavjud  bo’lgan 

shaxsiy  tajriba  va  bilimlar  tuzilmasini  yangi  bilimlar  bilan  bog’lab  tushunish 

jarayonini aks ettiradi. 

Tanqidiy  idrok  etish.  Mazmunni  bir  tomonga  qo’yib,  uni  tahlil  qilish, 

uning  nisbiy  qimmatini,  to’g’riligini,  foydaliligini  va  o’quvchilarning  bilishi, 

tushunishi va qabul qilishi doirasida uning ahamiyatini baholashdir. 

Shunday  qilib,  axborotlarni  chorlash,  o’ylab  ko’rish  va  fikrlash 

metodikalaridan  foydalanish  quyidagi  muhim  vazifalarni  yechish  imkoniyatini 

beradi: 


- o’quvchilarga maqsadlarini anglab olishga yordam beradi

- mashg’ulotlarda faolligini ta’minlaydi; 

- samarali munozaraga chorlaydi

-  o’quvchilarning  o’zlari  savollar  tuzishi  va  uni  savol tarzida  bera  olishi  uchun 

yordam beradi; 

- o’quvchilarga o’z shaxsiy bilimlarini ifoda qilishga yordam beradi; 

- o’quvchilarning shaxsiy mutolaasi motivatsiyasini qo’llab-quvvatlaydi; 

- har qanday fikrlarga bo’lgan hurmat kayfiyatini yaratadi; 

- o’quvchilarda personajlarga bo’ladigan iztirobini o’stirishga yordam beradi; 

- o’quvchilarda qadrlanadigan fikrlashga sharoit yaratadi; 



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin