O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi


Tuproq resurslarining ifloslanishi



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə3/129
tarix06.06.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#125650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129
Tuproqlar-geografiyasi-2019-20-majmua-

Tuproq resurslarining ifloslanishi.
Insonning tuproqqa ijobiy va salbiy ta'siri ajratiladi. Ijobiy ta'siriga tuproq hosildorligini oshirish, yerlarning holatini yaxshilash, yashil o'simliklar ekish, ixotazorlar tashkil etish, tabiiy o'g'itlar berish va hokazolar kiradi.
Salbiy ta'siriga, shaharlar qurilishi, atrof-muhitning ifloslanishi, agrotexnik tadbirlarning talabga javob bermasligi, gidrotexnika tadbirlarining noto'g'ri yo'ga qo'yilishi, kimyoviy moddalardan me'yordan ortiq ishlatilishi, yaylovlarga chorva mollarini boqish, o'rmon va to'qaylarni qirqib yuborish va hokazolar ta'siri oqibatida erlar yaroqsiz holga keladi.
Yеr inson uchun bebaho boyliklar, ammo inson bu boylikni saqlashni, undan oqilona foydalanishni hozirga qadar mukammal egallagan emas. Yerga nisbatan noto'g'ri munosabatda bo'lish tufayli hozirgacha 20 mln. kv.km unumdor yerning strukturasi buzilib, yaroqsiz holga kelib qoldi. Bu hozir foydalanib kelinayotgan yerdan qariyb ikki baravar ko'p. M: Sobiq Ittifoqda turg'unlik yillarida qurilgan irrigasiya inshootlar (suv ombori, kanallar) ta'sirida 12 mln. gektar unumdor yerning miliotariv holati buzilib sho'rlanib va zaxlanib ketdi va natijada tarkibi buzildi.
Yuksak taraqqiy yetgan Yaponiya va G'arbiy Yevropa davlatlarida har bir metr yerni dengizga shag'al, tuproq to'kib o'zlashtirib olayotgan bo'lsalar, bizda esa har yili minglab gektar unumdor yer sho'rlantirib yaroqsiz holga keltirmoqdamiz.
Yеrning sho'rlanishi, eroziyasi, cho'llashish jarayoni hamda uning
salbiy oqibatlari.
Tabiatda shamol va suv ta'sirida tuproqning emirilishi yoki eroziyasi kuzatiladi. Lekin bugungi kunda kishilarning tuproqqa noto'g'ri munosabatda bo'lishi tufayli, ya'ni tik yerlarni noto'g'ri haydash, bostirib sug'orish, o'simliklarga noto'g'ri munosabatda bo'lishi, qayta sho'rlanish, zaxarli kimyoviy moddalar solish va boshqalar tuproq eroziyasini vujudga keltirib chiqaradi. Antropogen eroziya tuproq resurslaridan noto'g'ri foydalanishining oqibati bo'lib, uning asosiy sabablari o'rmon va to'qaylarni qirqib yuborish, yaylovlarda chorva mollarini boqish normasiga amal qilmaslik, dehqonchilik yuritishning noto'g'ri usullaridan foydalanish va boshqalardir. Ma'lumotlarga ko'ra, har kuni Yer yuzida eroziya natijasida 3500 gektar unumdor tuproqli yerlar ishdan chiqadi. Suv eroziyasi ko'proq tog' oldi va tog'li rayonlarda, shamol eroziyasi kuzatiladi.
Eroziya jarayonlarining oldini olish uchun o'simlik qoplamini tiklash, agrotexnik tadbirlarni to'g'ri olib borish, yashil himoya qalqonlarini bunyod qilish, gidrotexnik tadbirlarni rejali o'tkazish va boshqalar kiradi.
Oltmishinchi yillarda almashlab ekish usuli tanqid qilinib, ancha yillar davomida ta'qiqlab qo'yildi. Keyinchalik ko'p mintaqalarda monokultura tufayli almashlab ekishni keng joriy etish imkoni bo'lmay qoldi. Natijada yerning unumdorligi borgan sari kamaya bordi.
Respublikamizda qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yerlarning umumiy maydoni 28 mln ga erlarni tashkil etsa, undan: 23 mln ga yaylovlar, 0,7 mln ga yer lalmikor va 4,2 mln ga sug'oriladigan erlardan iborat. Sug'oriladigan erlarning 42% ga paxta ekiladi, 12% ga g'alla ekiladi.
Ilgarilari ekin maydorlari ancha kichik bo'lib, uning atrofi qalin mevali daraxtlar bilan o'ralgan. Bu daraxtlar tuproqni kuchli esgan shamollardan asragan. Daraxtlar biologik drenaj vazifasini ham bajargan, ya'ni yer osti suvini ildizi orqali surib, uni tuproqning yuqori qismiga ko'tarilgani qo'ymagan, erni zaxlanishi va sho'rlanishini oldini olishga yordam bergan. Turg'unlik yillarida xo'jaliklarning erlari atrofidagi mevali daraxtlar qo'porib tashlanib ekinzorlar kengaytirildi.buning oqibatida atrofi ochiq (yalang) qolgan dalalarga kuchli esgan shamol tuproqning unumdor qismini o'chirib, eroziyaga uchrashini kuchaytirdi. Bunday hol Qashqadaryo viloyatining Nishon, Chiroqchi, Qamashi, Muborak, Mirishkor kabi rayonlarda ko'plab sodir etildi.
Keyingi yillarda kimyoviy preparatlarni dehqonchilikka qo'llash ancha tartibda olingan bo'lsa ham, 1993 yilda viloyatimizning Nishon, Dehqonobod, Qamashi, Koson rayonlarida makrokko chigirtkasiga qarshi 12 t geksoxloran, 1,5 t xlorofos, 2t BI-58 kabi juda zaxarli moddalar qo'llanildi. Yerda yig'ilib qolgan bu zaxarli moddalar o'simlik ildizi orqali surilib, uning mevalariga yig'ildi, xashaklar orqali hayvonlar organizmiga o'tib, uni zaxarlaydi. Kishilar tarkibida me'yoridan bir necha marta ko'p zaharli kimyoviy moddalar bo'lgan suv, oziq-ovaqatli moddalarni iste'mol qilganlari uchun oshqozon-ichak, jigar, nafas olish organlari, nerv sistemasi kasalliklari, shamollash, allergiya, ankologik kabi kasalliklarga ko'p duchor bo'lishdi. Ovqat orqali tushgan kimyoviy zaharli moddalar organizmni, immunitet hosil qilish sistemasini buzadi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin