Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar “Tuproqlar geografiyasi” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
tuproqlarning hosil bo'lishi, tuproqning tabiat zonalari va balandlik mintaqalari bo‘ylab geografik tarqalish qonuniyatlari, tuproq kesmalarini qo‘yish, genetik qatlamlarni ajratish, ularni xaritada tasvirlash, tuproqlar geografiyasi haqida bilimga ega bo‘lishi;
qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishning asosiy vositasi bo‘lgan tuproqlarning hosil bo‘lish jarayoni, rivojlanishi, tarkibi va xossalari hamda ularning geografik tarqalish qonuniyatlari, tuproq xaritalarining iqtisodiyotda qo‘llashni bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
tuproqlarning mexanik tarkibi, fizik va suv xossalarini mustaqil ravishda aniqlay olish, tuproqlar geografiyasini xaritaga tushira olish va ularni tahlil qilish malakasiga ega bo ’lishi kerak.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi “Tuproqlar geografiyasi” fani asosiy umumkasbiy fani hisoblanib 1 - semestrda o‘qitiladi. Bu fan o‘quv rejada rejalashtirilgan matematika va tabiiy- ilmiy fanlar (Oily matematika asoslari, Inforrmatika va axborot texnologiyalari, Fizika, Biogeografiya, Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish), umumkasbiy (Umumiy yer bilimi, Geologiya, Topografiya va kartografiya asoslari, O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi, Markaziy Osiyo va O’zbekiston iqtisodiy- ijtimoiy geografiya), ixtisoslik fanlar (Toponimika, O’lkashunoslik va b.) bilan bog‘liq yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni falab etadi.