Fanning ta’limdagi o‘rni “Tuproqlar geografiyasi” umumkasbiy fanlardan biri bo‘lib, talabalarda geografik qobiq va geosferalar (litosfera, atmosfera, gidrosfera va biosfera) hosilasi to‘g‘risidagi tushunchalarni shakllantirishda, umumiy o’rta ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tuproqlar geografiyasiga oid bilimlar berishga asos bo‘ladi. Ushbu fan yutuqlaridan tuproqshunoslikka oid ilmiy tadqiqotlarni olib borishda, tuproq boniteti, yer kadastri, yer tuzish ishlari, yer-tuproq resurslaridan oqilona foydalanishda asos bo’lishi mumkin.
Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik
texnologiyalar Talabalar “Tuproqlar geografiyasi” fanini chuqur o‘zlashtirishlari uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlardagi beriladigan bilimlar o‘zaro uyg‘unlashgan bo‘lishi lozim. Buni ta’minlashda esa zamonaviy darslik va o‘quv quroliari, laboratoriya anjomlari, rel’ef plastikasiga oid karta va atlaslar, komp’yuter, yangi pedagogik texnologiyalar asosidagi zamonaviy usullardan, turli jadval va chizmalardan, komp’yuter yordamida karta chizish qurilmasidan va boshqa manbalardan foydalanish talab etiladi.