Jizzax Kirish Mazkur ishchi dasturida tuproqning tabiat hosilasi ekanligi, tuproq hosil bo‘lish omillari, tuproqlarning tabiat zonalari va balandlik mintaqalari bo‘yicha geografik tarqalish qonuniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, tuproqlarning xilma-xilligi, rivojlanishi, mexanik tarkibi, fizik va kimyoviy xossalari atroflicha yoritilgan. Tuproqlar geografiyasini xaritalashtirish, tuproqlarni o‘rganishning xo‘jalik uchun ahamiyati, geografiya o’qituvchilari tayorlashda “Tuproqlar geografiyasi” fanining ahamiyati va o‘rniga alohida e’tibor berilgan. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
“Tuproqlar geografiyasi” ishchi dasturida tuproqning tabiat hosilasi ekanligi, tuproq hosil bo'lish omillari, tuproqlaming tabiat zonalari va balandlik mintaqalari bo‘yicha geografik tarqalish qonuniyatlari ochib berilgan. Shuningdek tuproqlaming xilnia-xilligi, rivojlanishi, mexanik tarkibi, fizik va kimyoviy xossalari atroflicha yoritilgan. Tuproqlar geografiyasini xaritalashtirish, tuoroqlarni o'rganishning xo'jalik uchun ahamiyati, geografiya mutaxassislari tayyorlash tizimida “Tuproqlar geografiyasi” fanining ahamiyati va o'rniga aloliida e’tibor berilgan.
“Tuproqlar geografiyasi” Umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 1-kursda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. “Tuproqlar geografiyasi” fani aniq va tabiiv fanlar turkumiga kiradi. Predmetlararo bog’lanishni to’g’ri amalga oshirish uchun o’qituvchi Geografiya o'qilish metodikasi yo’nalishi xususiyatlarini xisobga olishi juda muhimdir. Mazkur fan boshqa geografiya fanlarining nazariy va ushibiy asosini tashkil qilib, o’z rivojida aniq yo’nalishdagi geografiya fanlar uchun zamin bo’lib xizmat qiladi.
“Tuproqlar geografiyasi” fanining maqsadi -fanningning tadqiqot ob’ekti va predmeti, tadqiqot usullari, fanning rivojlanish bosqichlari, tuproq hosil bolish omillari, tuproqning tabiat komponenti sifatida boshqa komponentlar bilan o‘zaro ta’sir va aloqada rivojlanishi, tuproqlarning turlari, xossalari, geografik tarqalishi, uni xaritalashtirish masalalariga oid bilimlar berish. Fanning oldiga qo'ygan vazifalari - quyidagilardan iborat:
tabiatda modda va energiya almashuvining tuproq hosil bolishidagi ahamiyatini tushintirish;
gipergenez to‘g‘risidagi tushunchalami tanishtirish;