O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti umumiy psixologiya kafedrasi umumiy psiхоlоgiya


Savol bayoni. Ong psixologiya kategoriya sifatida



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə17/69
tarix02.01.2022
ölçüsü1,08 Mb.
#47783
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

2.4. Savol bayoni. Ong psixologiya kategoriya sifatida.

Psixologiya fanining asosiy kategoriyalari ichida (shaxs, motivatsiya, faoliyat, muomala va hokazo) ong alohida o’rin egallaydi va u borliqda insonlik yuksaklik darajasini egallashga muhim zamin, kafolat negizini yaratadi. Insonni hayvonot olamidan ajpralib chiqishining bosh omili ham ong hisoblanadi, xuddi shu boisdan u taraqqiyot va kamolotning eng zarur mezoni, o’lchami sifatida muhim rol o’ynaydi.

Psixologik nuqtai nazardan ong olib qaralganda, u ijtimoiy-tarixiy (filogenetik) va individual (ontogenetik) taraqqiyotning mahsuli hisoblanmish insongagina xos bo’lib, psixik aks ettirishning va o’zini o’zi boshqarishning yuksak darajasi sanaladi. Ong kategoriyasi amaliy jihatdan tavsif qilinganda: a) u ham hissiy, ham aqliy obrazlarning uzluksiz ravishda o’zgarib turuvchi majmuasi sifatida, b) bevosita sub’yektning oldida uning “ichki tajribasi” tariqasida, v) amaliy faoliyatdan qutuluvchi maxsulni oldindan sezuvchi (payqovchi) psixologik xodisa tarzida hukm suradi.

Ong muammosi bir qancha fanlarning, jumladan, falsafa (uning asosiy masalasi – bu ongning turmushga nisbatan munosabatidan iboratdir), mantiq, lingvistika, etnografiya, antropologiya, sotsiologiya, neyrofiziologiya, pedagogika kabilarning tadqiqot predmetiga aylangandir. Psixologiya fani individda ongning vujudga kelishi, uning tuzilishi, rivojlanishi va hukm surishini tadqiq qiladi. Ong predmetga faollik, yo’nalganlik, intensiallik xususiyatlariga ega: a) ong doimo nimanidir tushunish sifatida; b) refleksiyaga nisbatan qobiliyatlilik; v) o’zini o’zi kuzatish, ya’ni o’zligini anglash; g) motivatsion – qadriy xususiyat yaqqolliknin yoki ravshanlikning turlicha darajasi yoki boschqichi ekanligi.

Psixologik ma’lumotlarga qaraganda, xar qaysi individning ongi noyob, betakror, ammo u ihtiyoriy emas, chunki birinchi navbatda maxsus tizimda hukm suruvchi tuzilish bilan unga bog’liq bo’lgan tashqi omillar hamda xech qanday aloqasi bo’lmagan omillar shartlangandir. Xuddi shu tufayli ongni tadqiq qilishning ikkita muhim qiyinchiligi mavjud: a) barcha psixologik holatlar individning ko’z o’ngida shunday namoyon bo’ladikim, bunda birinchidan, ular qay tariqa anglashilmoqda (ongsizlikning roli qanchalik), ikkinchidan, anglash darajasiga yetkazishning mahsus tashqi va ichki mashqi natijasida inson tomonidan anglashilinadi, uchinchidan, bevositalikda ong funksiyasida yanglishlik vujudga keladi.

O’zini kuzatish natijalariga ko’ra, ong o’zining yaqqol psixologik o’ziga xosligidan mahrumdir, chunki uning yagona alomati shundan iboratki, bunda uning sharofati bilan individ oldida (u yoki bu aniqlik, ravshanlik darajasida) yaqqol psixologik funksiyalar mohiyatini yuzaga keltiruvchi turli holatlar, hodisalar namoyon bo’ladi. Xuddi shu boisdan ong psixika hukm surishining sifatga ega bo’lmagan umumiy sharti (sharoiti) tariqasida talqin qilingan, buning natijasida u majoziy belgilangan.

Mazkur ta’limotga binoan, ongning tuzilishi ijtimoiy-madaniy xususiyat kasb etib, insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida filogenetik tarzda, ustuvor individualistik hamkorlik jarayonida ijtimoiy ustuvor individualistik tuzilishning ta’sirida, eng avvalo, ishlab chiqarish amaliyoti negizida u shakllangandir. Umumlashgan nazariyaga binoan, individ ongining tuzilishi ontogenezning ilk davrida bolaning kattalar bilan muomala (muloqot) qilish faoliyatida o’zlashtirish (egallash, o’zniki qlib olish, o’z ma’naviy dunyosiga aylantirish jarayoni) ning sharofati bilan shakllanadi. Bunday tarzdagi o’zlashtirishning qatiiylik imkoniyati filogenetik, tarixiy taraqqiyotning negezida ham mavjuddir. Predmetli faoliyatni atributi bo’lmish muomala, uning tuzilishi tarkibida aks etuvchi quyidagi asosiy hususiyatlarga, xossalarga egadir: 1) ijtimoiy kelib chiqishiva tuzilishi; “) uning ijtimoiy reglamentatsiyasi; 3) ruhiy qurollar va alomatlar bilvositaligida ifodalanishi; 4) ikki sub’yektni o’zaro alohidaligi va betakrorligi; 5)ob’yektga yo’nalganligi kabilar.

Shaxslararo munosabatga hamkorlik faoliyatining tuzilishi ong strukturasiini vujudga keltirib, uning quyidagi asosiy xususiyatlarini aniqlashga hizmat qiladi: a) ijtimoyi hususiyati, hatto simvolik va verbal tuzilishga ega bo’lgan belgilar bilvositalanganliginiqamrab olinganligini; b) refleksiyaga, ya’ni o’zini o’zi tushunishiga nisbatan qobiliyatlilik; v)ichki dialogizm, ya’ni ichki nutqqa, fikrlash mexanizmi negiziga qurilishi; g) predmetlilik, ya’ni har qanday psixologik holat muayyan yaqqol tasvirlarga va alomatlarga ega bo’lishligi va hokazo.

Endi ongning psixilogik tavsifidan kelib chiqqan holda uning shakllari yuzasidan qisqacha mulohaza yuritamiz. Ongning genetik jihatdan talqini ongsizlik birlamchiligini bildirib, u o’ziga xos xususiyatga ega ekanligini, inson faoliyati va xatti-harakatida muayyan jarajada rolь o’ynashini tan olishni taqozo etadi. Chunki inson ongining yuksakroq shakllari uzoq ijtimoiy – tarixiy taraqqiyotning keyingi davrida vujudga kelgandir. Xuddi shu boisdan ongning paydo bo’lishi to’g’risida mulohaza yuritilganda ijtimoiy borliq, ijtimoiy taraqqiyot, ularga nisbatan munosabat uslubi asosiy mezonlar vazifasini bajarib kelgan va hozir ham xuddi shunday bo’lib qolaveradi.

Psixologik talqinga ko’ra, ongsizlik, birichidan, voqelikning hodisalari bilan shartlangan ruhiy jarayonlar, aktlar va xolatlarning majmuasi; ikkinchidan, tashqi va ichki ta’sirarga nisbatan sub’yektning o’ziga hech qanday hisobot bermasligi; uchinchidan, psixik aks ettirishning shakli, ya’ni voqelikning obrazi: tasviri, timsoli va unga nisbatan sub’yektning munosabati refleksiyaning maxsus predmeti sifatida vujudga kelmaganligi; to’rtinchidan, qismlarga ajralmovchi yaxlitlik tarkibiga ega ekanligi va hokazo.

Ongsizlikning onglilikdan farqi shuki, uning tomonidan aks ettiriluvchi voqelik sub’yektning kechinmalari bilan, uning borliqqa munosabati bilan qo’shilib, aralashib ketadi. Shuning uchun ongsizlikda sub’yekt tomonidan amalga oshiriluvchi xatti – harakatlar natijasini ixtiyoriy ravishda nazorat qilish va baholash imkoinyati mavjud emas. ONgsizlikda voqelik sub’yektning o’xshashlik, ayniyat singari mantiqiy shakllariga asoslanib aks ettiriladi.

Bu xolat bevosita emotsional his qilish, emotsional yuqish va indentifikatsiyalashga daxldorlik tuyg’usi orqali turlicha hodisalar o’zining tuzilishi, mohiyati jihatidan o’ziga xoslikdan qat’i nazar bir tizimga birlashtiriladi, psixologik ob’yektlar o’rtasidagi u yoki bu xususiyatli alomatlar o’rtasidagi tafovutlar, mantiqiy qarama – qarshiliklar ochilmasdan namoyon bo’ladi, in’ikos etiladi.

Ongsizlikda o’tmish bilan kelajak ko’pincha bir davrda hukm surayotganday, go’yoki ular biron – bir psixik aktga bevosita birlashgan tarzda aks etiriladi, bunga tush ko’rish jarayoni yorqin misoldir. Ongsizlik borliqni bola tomonidan bilishning ilk shakllarida, ibtidoiy tafakkurda, intiutsiyada, affektiv holatlarda, sarosimaga (paniqaga) tushishda, gipnoz holatida, tush ko’rishda, odatiy harakatlarda, subsensor idrokda, ixtiyorsiz esda olib qolishda, shuningdek, intilishlarda, hissiyotda,xulq – atvorda ifodasini topib, ularning sabablari va oqibatlari shaxs tomonidan tubdan anglashilmaydi.


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin