O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti umumiy psixologiya kafedrasi umumiy psiхоlоgiya


Savol bayoni. Motivlarning turlari



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə59/69
tarix02.01.2022
ölçüsü1,08 Mb.
#47783
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   69
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

12.2. Savol bayoni. Motivlarning turlari.

Motiv kengroq tushuncha bo’lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan to’rgan moyillik xozirlikni tushuntirib beruvchi sabablarni nazarda tutadi. Maphur nems olimi Kurt Levin motivlar muammosi ayniqsa shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida katta keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqladiki, har bir odam o’ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo’ladi. Konkret vaziyat xususiyadagi turli shaxslarning baholari ham turlicha bo’ladi. Bundan tashqari, bir shaxsning o’zi ham o’zidagi holat, kayfiyatga bog’liq holda bir xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga moyil bo’lar ekan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real harakatlarini o’sha ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi stimunlarga uning bergan bahosi yoki reaksiyasi sifatida qaramay, balki, unda shunga o’xshash holatlarni idrok qilishga ichki bir hozirlik dispozitsiyaning mavjudligi bilan tushuntirish to’g’riroq bo’ladi. Shu ma’noda shaxs xulqining motivatsiyasi turli sharoitlardagi orttirilgan tajribaga tayangan, ongli tahlillar, hattoki ijtimoiy tajriba normalarining ta’sirida shakllanadigan sabablar kompleksini o’z ichiga oladi. Masalan, texnika oliygohlarida: “materiallarning qarshiligi” nomli kurs bor deylik. Shu kursni o’zlashtirish va undan sinovdan o’tish ko’pchilikka osonlikcha ro’y bermaydi. Hali kurs boshlanmasdanoq yosh talabalarda shu kurs va uning talablariga nisbatan ustanovka shakllanadiki, albatta bu kurs qiyin, uni olib boruvchi o’qituvchi o’ta talabcha, qattiaqqo’l va xokazo. Bunday motivatsiya mana necha avlord talabalari boshdina kechirayotgan holat. Endi aniq shaxsning dars jarayoni boshlangan keyingi harakatlari konkret motivlar bilan izohlanadi va tirishqoq talaba uchun bu fan ham boshqa fanlar qatori tinimsiz izlanish, o’z vaqtida darslarni tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun bu darsdan keyin dars yo’q va u qachon shu semestr tugushini kutib harakat qiladi.

Motivni o’rganish hozirda psixologiya va pedagogikaning asosiy markaziy muammolaridan biri hisoblanadi. Motivni o’rganish bo’yicha olimlarimiz anchagina yutuqqa erishgan bo’lishsada, uni tizimga solish aniq yo’nalishlar ishlab chiqilmagan. Motivni tizimga solish, uning me’zonlarini ko’rsatib berish bo’yicha ijtimoiy va bilishga oid ayrim turlari ishlab chiqilgan:


  • Keng doiradagi ijtimoiy motivlar (burch, javobgarlik, o’qishning ijtimoiy o’rnini bilish) shaxsning jamiyatdagi o’rni va moslashishini belgilab beradi;

  • Tor doiradagi ijtimoiy motivlar (kelajakdagi birorta mansabga erishish, atrofdagilar e’tiborida bo’lish o’z mehnatiga yarasha taqdirlani;)

  • Ijtimoiy hamkorlik motivlari (sudda o’z o’rni, holatiga ega bo’lish, atrofdagilar bilan o’zaro munosabat turlariga yo’nalganlik;)

  • Keng bilish motivlari (bilim egallashning yo’llarini bilish, aniq bir o’quv fanini o’rganish;)

  • O’z ustida ishlash motivlari (qo’shimcha bilim olishga yo’nalganlik;)

Motiv tushunarli va tushunarsiz, anglangan va anglanmagan bo’lishi mumkin. Har qanday motivlar orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo’ladi va ayynan ularning tabiati va zaruratiga bog’liq tarzda xulq motivlari namoyon bo’ladi. Misol uchun talabaning o’quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, bilim olish, qiziquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi.

Rus olimi R.Nemov shaxsdagi motivatsion sohani quyidagicha tasavvur qiladi.

Umuman har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki gurpuhga bo’lish mumkin:


  1. Biologik ehtiyojlar – bu fiziologik (tashnalik, ochlik, uyqu) jinsiy moslashuv ehtiyojlari.

  2. Ijtimoiy ehtiyojlar – mehnat qilish, bilish, estetik va axloqiy ma’naviy ehtiyojlar.

Umuman shaxs xulq motivi haqida gap ketganda uning ikki tomoni ya’ni elementi ajratiladi. Harakat dasturi va maqsad. Harakat dasturi maqsadga erishishning vositalariga aniqlik kiritadi. Dasturda nazarda tutilgan vositalar maqsadga erishishni oqlashi kerak, aks holda dastur hech narsa bermaydi. Masalan, ota-onaning bolaga shartlar qo’yib o’z idealidagi shaxs qilishi uchun qat’iy nazorati oqibatida keyinchalik boshqarib bo’lmaydigan qaysar, ijtimoiy sharoitda qiynaladigan bo’lib qoladi. Shuning uchun ham motiv har doim anglangan, ehtiyojlar movufiqlashtirilgan aniq bo’lishi kerak. Shundagina ijtimoiy xulq jamiyatga mos bo’ladi.

Motivlardan biri turli hil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bo’lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D.Makleland, D.Atkinson va nems olimi X.Xekxauzenlar. ularning yikricha odamda turli ishlarni bajarishni ta’minlovchi ikki turdagi motiv bor:



  1. Muvaffaqiyatga erishi motivi.

  2. Muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivi.

Motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga odamlarga va o’z-o’ziga munosabatlardan kelib chiqadi va undagi harakter xususiyatlarini ham belgilaydi.


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin