13.1. Savol bayoni. Hissiyot yoki tuyg’u - emotsiya hakida tushuncha.
Hissiyot deb tashqi olamdagi narsa va hodisalarga nisbatan bo’lgan munosabatlarimizning va bu munosabatlarimizdan hosil bo’ladigan ichki kechinmalarimizning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi.
Hissiyotlar, odatda, juft-juft bo’lib uchraydi. Masalan, yoqimli-yoqimsiz, xush-noxush, xursand-xafa, shodlik- g’azab, muhabbat-nafrat kabi.
Hissiyotning nerv-fiziologik asoslari.
Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po’sti qismining faoliyati bilan bog’liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Hissiyotlar boshqa psixik jarayonlardan farq qila o’laroq bosh miya po’stining faoliyatidan tashqari organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham bog’liqdir. Boshqacha qilib aytganda, hissiyotlar vegetativ nerv sistemasining faoliyati bilan bog’liqdir. Hissiyot vegetativ nerv sistemasi orqali boshqariladigan ichki a’zolarining faoliyati bilan bog’liq bo’lsa ham bari bir bosh miya po’sti orqali idora qilinadi.
3. Hissiy holatlar va ularning turlari.
Odamda har turli hissiy holatlar bo’lishi mumkin. Bunga sabab hissiyotlarning turlicha tezlik bilan yuzaga kelishi va ma’lum muddat davomida saqlanib turishidir. Ana shu jihatdan olganda odamda bir necha hissiy holatlarni farqlash mumkin. Hissiyotlarnint tezligi, ko’chi, barqaror yoki bekarorligi va chuqurligi nuktai nazaridan emotsional xolatlar quyidagi turlarga bo’linadi:
Kayfiyat
Affekt
Ehtiros
Ruhlanish
Kayfiyat uzoq muddatli, o’rtacha kuchga ega bo’lgan ruxny holatdir. Odamdagi hursandlik yoki gamginlik kayfiyati ma’lum sabablar asosida vujudga keladi. Shaxsning o’z faoliyatida yutuqlarga erishishi unda yaxshi, tetik kayfiyatni yuzaga keltiradi. Muvaffaqiyatsizligi esa ma’yuslik ruhiy tushkunlik g’amginlik kayfiyatini tug’diradi. Odam o’zining, ruxiy tushkunligi gamginlik kayfiyatini tug’diradi. Odam o’zining barcha psixik holatlarini idora qilish imkoniyatiga ega. Kuchli iroda egasi bo’lgan odamlar o’z kayfiyatlarini boshqara oladilar. Hamma vaqt ularning ruhi tetik dimog’i choq bo’lib yuradi. Ular o’z kayfiyatlarining quli bo’lib qolmaydilar. Irodasi mustahkam bo’lmagan shaxslarda kayfiyat tez buziladi. Ular kayfiyatning ko’rinishlarini azob va qiynoq bilan o’tkazadilar.
Tez paydo bo’ladigan va qisqa muddat davom etadigan kuchli emotsional holat a f f ye k t dir. Odam affekt xolatida o’zini bilmay qoladi, hatti - harakatlarini nazorat qila olmaydi. To’satdan yuz beradigan kuchli tarzdagi qurquvga, g’azab, achchiqlanish, quvonch kabilar affekt holatidir. Bu holat odamda to’satdan paydo bo’lib, ba’zan hatto bir necha minut davom etadi. Odamdagi 6o’ xolat baqirish - chaqirish, xayqirish tarzida namoyon bo’ladi. Bu paytda tafakkur faoliyati susayadi. Nutq keskin ravishda buziladi. Ba’zi hollarda affekt holati natijasida organizmda kuchli fiziologik jarayonlar yuz beradi. Organizm bo’shashadi. odam o’zini tuta olmaydi. Mustahkam irodali odamlar affekt xolatida ham o’zlarini tuta biladilar. Kuchli xafalik va quvonch xolatlarini osonlik bilan o’tkazadilar. Ular affekt xolatiga kam beriluvchi bo’ladilar. Qizg’in temperamentli odamlar ayniqsa affekt xolatiga beriluvchan bo’ladilar. Ehtiroslar ijobiy va salbiy mohiyatga ega bo’ladilar. Aniq narsaga yoki voqeaga qaratilgan ehtiroslar ijobiy ehtiroslardir. Bilimga, san’atga, hunarga, mehnatga bo’lgan ehtiroslar ijobiy ehtiroslar jumlasiga kiradi. Ichilikbozlikka, qimorga, k:artabozlikka, molparastlik va pulparastlikka bo’lgan extiroslar salbiy ehtiroslardir. Salbiy ehtiroslar jamiyatga zarar keltiradi shaxsni beburd va pastkash kimsaga aylantiradi. Faqat ijobiy moxiyatga ega bo’lgan, aniq maqsadga katta kuch va istak bilan intilishdan iborat emotsional holat ruxlanishdir. Odam faoliyatining muvaffaqiyatli mahsuli uni ruhlantiradi. Mehnatga berilgan baho, uni rag’batlantirish ham odamning ruhini ko’tarali, tetiklashtiradi.
Odamning hayotida kayfiyatning roli juda ham kattadir. Chunki kayfiyati amisha tetik, normal bo’lgan odamlarning ishlari ham unumli, barakali bo’ladi. Affekt to’satdan paydo bo’lib, tez orada o’tib ketadigan nihoyatda kuchli hissiy holatdir. Affekt holati yuz bergan paytda odamning ongi xiralashib, fikr qilish qobiliyati susayadi.. Affekt holatidagi harakatlar birdaniga boshlanib ketadi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, affekt paytida ham odam ongini yo’qotib qo’ymasligi, o’z harakatlarini ongli idora qilishi kerak.
Ehtiros uzoq davom etadigan, anchagina kuchli hissiy holatdir. Ehtiros ba’zan bir umrga davom etishi mumkin. Ehtirosning ko’tarinki kayfiyatdan farqi shuki, ehtiros hamisha biror ob’yektga, ya’ni ilm egallashga, san’atning ma’lum bir turiga, sportga va shu kabilarga qaratilgan bo’ladi.
Ehtiros odamni ijodiy faoliyatga undovchi kuchdir. Ilm-fan, san’at, muzika, sport sohasida kuchli ehtirosga ega bo’lgan odam albatta katta muvafaqiyatlarga erishadi. Ehtiros bilan ishlaganda odam vaqtning ham o’tganini va charchaganini ham mutlaqo sezmaydi. Shuning uchun ham ehtirosning inson hayotidagi roli g’oyat kattadir.
Biroq ehtirosning salbiy, ya’ni jamiyat tomonidan qabul qilingan axloq normalariga to’g’ri kelmaydigan turlari ham bo’ladi. Masalan, ichishga eg’tiros qo’yish, qimorga ehtiros qo’yish, xususiy mulk orttirishga ehtiros qo’yish kabilar. Ana shunday salbiy ehtiroslarga qarshi kurash olib borish va tushuntirish yo’li bilan odamlarni halokatdan saqlab qolish kerak. Haqiqiy ehtiros bolaning maktab yoshidan boshlab ko’rina boshlaydi.
4. Axloqiy, intellektual va estetik hissiyotlar.
Har bir jamiyatning esa shu jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan axloqiy normalari, axloqiy qoidalari bo’ladi.
Odam, ya’ni har bir jamiyat a’zosi shu jamiyat axloqiy normalarini to’la-to’kis bajarishi yoki mutlaqo bajarmay, aksincha buzishi natijasida ma’lum hissiyotlarni, ichki kechinmalarni bshidan kechiradi. Ana shunday paytda odamda ma’naviy hissiyotlar ezaga keladi. Axloqiy hissiyotlar jumlasiga burch hissi, do’stlik va o’rtoqlik hissi, soflik hamda to’g’rilik hislari ham kiradi.
Odamning hayotida axloqiy hissiyotlarning roli g’oyat kattadir. Axloq normalariga doimo rioya qiladigan odamning hamisha kayfiyati chog’, o’zidan mamnun va ishlari yaxshi bo’ladi.
Intellektual hissiyotlar ham o’z mohiyati jihatidan axloqiy hissiyotlarga yaqin bo’lgan hisiyotlardir. Intellektual hissiyotlar odamning bilish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan hissiyotlar bo’lib, biror narsadan hayron qolish, hayratda qolish, shubhalanish kabi holatlarda ifodalanadi. Intellektual hissiyotlarimiz tufayli biz har byuir narsaning sababini bilishga intilamiz.
Estetik hissiyotlar ham yuksak axloqiy hissiyotlardan hisoblanadi. Estetik hissiyot deganda biz go’zallikni idrok qilish, go’zallikdan zavqlanish va go’zallik yaratishga intilishni tushunamiz. Estetik hissiyot hamma odamlarga xos bo’lgan hissiyotdir.
Estetik hissiyotlarning manbalari juda ko’p va xilma-xildir. Masalan, tabiat manzaralaridan tashqari, tasviriy san’at asarlari, badiiy adabiyot asarlari, muzika va haykaltaroshlik, arxitektura va me’morlik ishlari ham odamda estetik his tug’diradi. Xulosa qilib aytganda, yuksak axloqiy hissiyotlarning (burch hissi, do’stlik-o’rtoqlik hissi, intellektual), estetik va vatanparvarlik hissiyotlari birortasi odamga tug’ma ravishda berilmaydi. Bu hissiyotlarning hammasi odamga yoshlikdan boshlab beriladigan ta’lim-tarbiya natijasida tarkib toptiriladi.
Inglizcha stress so’zidan, jiddiylik keskinlik degan ma’noni anglatadi. Xolatlarni o’rganishga katta e’tibor berishyapti.
Jiddiyik kishining jismoniy yoki akliy mehnat qilayotgan vaqtida birdaniga vaziyatning haddan: oshib ketishi va hattoki, xavfli vaziyat bo’lib qolgan vaqtda ham tez zaruriy chora topish kerak bo’lib qolganda vujudga keladigan harakatdir. Jiddiylik holatida Yurak ishida, qon tomirlari va nafas olish sistemasida ancha o’zgarishlar yuz beradi. Lekin ichki organlarning qay darajada o’zgarishiga qaramasdan, emotsiyaningg mazmunini anglab bo’lmaydi. Masalan, tomir urishining tezlashishi kishining biror narsadan qo’rqqanidan ham, yoki shodlanishidan ham bo’lishi mumkin. Yanada kuchliroq stress xolatida kishining hatgi - harakatlarida tartibsizlik bo’lishi, so’zlaganda yondashishi, duduqlanib qolishi, fikrlar mantiqiy bog’lanmagan bo’lishi mumkin. Odatda, stress holatining juda kuchli bo’lishi teskari reaksiya ham bulishi mumkin, ya’ni bosh miya po’stlog’ida umumiy tormozlanish protsessini vujudga keltirishi, kishini passivlashtirib, faoliyatini tamomila susaytiradi. Lekin jiddiylik (stress) holatining normal ko’chishida kishining hayotiy tajribasi, kuchli irodasi, g’oyaviy jihatdan chiniqqanligi katta rolь o’ynaydi.
Odamda xissiy holatlar. yuzaga kelish tezligi, kuchi, davomiyligi jihatidan xilma - xil bo’ladi. Emotsional holatlar odamlarda turlicha tezlik bilan paydo bo’ladi, sekin yoki tez almashinadi, har bir shaxsning individual imkoniyatlari bilan bog’liq holda qo’zg’aladi va yana asliga qaytadi. Kuchi jihatidan bo’lgani singari barqarorligi jihatidan ham emotsional kechinmalar bir - biridan farq qiladi. Uzoq davom etuvchi , kechinmalar barqaror, qisqa muddat davom etuvchi kechinmadar esa beqaror tuyg’ular deb yuritiladi. Odam intitishlarining xilma-xilligi tufayli uning dunyoqarashi, e’tikodi va mayllari bilan. bog’liq holda chukur mazmunli tuyg’ular bo’ladi. Chuqur tuygularning izi hotirada uzoq vaqt saklanadi. Odatda, tasodifiy tuyg’ular beqaror bo’ladi va xotirada uzoq saqlanmaydi. Umuman, shaxsda yuzaga keluvchi tuyg’ularning kuchi, barqaror va beqarorligi va chuqurligi nerv sistemasi tipiga, ehtiyojlarga, ta’sirotlarning sub’yektiv va ijtimoiy moxiyatiga xamda uning individual xususiyatlariga 6og’liqdir.
A x l o q i y t u y g’ u l a r . Axlokiy yoki ma’naviy hislar odamning boshqa shaxslarga, jamiyatga, o’z ijtimoiy muhitiga bo’lgan munosabatlarini ifodalaydi Axloqiy hislarga shaxsning vatanparvarlik ijtimoiy burch insonparvarlik jamoaviylik va o’rtoqlarga o’zaro yordam, ijtimoiy va shaxsiy hayotda xalollik va rostguylik axloqiy poklik oddiylik kamtarlik adolatsizlikka tekinxo’rlikka, vijdonsizlikka, mansabparastlik ichkilikka nisbatan murosasiz bo’lish, izzat - nafs, qadr - kimmat kabi hislari qiradi. Mustaqillik davri shaxsi har jihatdan yetuq, barkamol inson bo’lishi, umum manfaatini shahsiy manfaatdan ustun qo’yishi, o’z xalqini va vatanini chin dildan sevishi va ardoqlashi zarur. Bunday tuyg’ularlan mahrum shaxs davrimizning hakiqiy fukarosi bo’la olmaydi.
E s t e t i k t u y g’ u l a r. Shaxsning tabiat jamiyat va turmushdagi go’zatlikni, nafosatga bo’lgan munosabati, undan zavq - shavq olishi estetik tuyg’ulardir. Turli - tuman voqea - hodisalarning shahsda hayajon uyg’otishi, qalbiga shodlik olib kirishi insondagi estetik tuyg’ularning natijasidir. Estetik kechinma jarayonida insonning ichki dunyosida, halqqa bo’lgan munosabatida ma’naviy o’zgarish yuz beradi. Estetik rohatdan olingan xayajon uzoq vaqt saqlanadi. Shaxsni orzu - hayollarga, uy fikrlarga chulg’aydi. Toza xavo, go’zal tabiat manzaralari odam tanasini yayratib salomatligini yaxshilash bilan birga kayfiyatini, ruhini ham o’zgartirib yuboradi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, xissiy holatlar bilan bog’liq harakatlar har bir shaxsda alohida ko’rinishga ega bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |