Maktab ta’limiga tayyorlash
Maktabgacha ta’lim muassasalarining
tayyorlov guruhlarini Maktab ta’limiga
tayyorlash uchun dastur
Tuzuvchilar:
―Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi‖ kafedrasi mudiri v/b, katta
o’qituvchisi G.Qo’shoqova.
―Maktabhacha ta’lim va bolalar sporti‖ yo’nalishi talabasi M.Tursunmatova.
Kirish.
Barkamol avlodning har tomonlama kamol toptirilishining
asosi bola hayotining
dastlabki yillarda, maktabgacha tarbiya yoshida qo’yiladi.Bolalarni maktab ta’limiga
tayyorlash hozirda oldimizda turgan eng ustvor vazifalardan sanaladi.
Bolalarni maktab ta’limiga
tayyorlashda ularning jismoniy, aqliy, ma’naviy,
psixologik tayyorligi e’tiborga olinadi. Maktab yoshiga yetgan bolalalarning jismoniy
jihatdan
rivojlanganlik, nutq va tafakkurning rivojlanganlik darajasi maktabgacha
yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo’yilgan
maqsad va vazifalarning bajarilishi maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga
qo’yiladigan qavlat talablari orqali nazorat qilinadi.
Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda quyidagi
metodikalarning ahamiyati
beqiyos.Ya’ni Til va nutq
Tayyorlov guruhlarida nutq o’stirish mashg’ulotlari haftada 2 marta, oyda 8 marta,
yilda 72 marta olib borilishi maqsadga muofiqdir.
Nutq o’stirish mashg’ulotlarida tayyorlov guruhi
bolalarining
lug’at faolligi boyitish;
tovush madaniyatini shakllantirish;
ravon nutqini hikoya qilib boyitish;
ijodiy qilishga o’rgatish kabi mashg’ulotlar olib boriladi.