Iqtisodiyot jamiyat hayotining asosi sifatida



Yüklə 56,84 Kb.
səhifə1/4
tarix27.09.2023
ölçüsü56,84 Kb.
#149627
  1   2   3   4
IQTISODIYOT JAMIYAT HAYOTINING ASOSI SIFATIDA


IQTISODIYOT JAMIYAT HAYOTINING ASOSI SIFATIDA
Reja:
Kirish:

  1. Demokratik bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallashtirish

  2. Demokratik jamiyatning asosi bo‘lgan erkin bozor iqtisodiyotining tub belgilari

  3. O‘zbekistonda davlat korhonalarining hususiylashtirilishi va nodavlat ho‘jalik sub’ektining shakllanishi[1]

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Demokratik bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallashtirish

Iqtisodiyot jamiyat hayotining muhim sohalaridan biri bo‘lib, inson rivojlanishi manbaini tashkil qiladi. Unda insonlar o‘zlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida turli ne’mat va vositalarni ishlab chiqaradilar va o‘zaro iqtisodiy munosabatlarga kirishadilar.


Iqtisodiy hayot kishilarning ijtimoiy, madaniy, siyosiy hayot sohalarining moddiy asosini tashkil etadi va ularning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ayni paytda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va davlat tizimi iqtisodiyotga jiddiy ta’sir etadi.
Sobiq totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida siyosat iqtisodiyotdan ustun bo‘lib, uning rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab berardi. Bu tuzumning iqtisodiy negizini davlat va kolhoz-kooperativ mulkchilik shakllaridan iborat umumxalq mulki tashkil etardi. Davlat asosiy ishlab chiqarish fondlarining 90 foizdan ortig‘iga ega bo‘lib, iqtisodiyotda yakka hokimlikni o‘rnatgan edi. Buning oqibatida davlat iqtisodiyotni, iqtisodiy hayotni bir markazdan ma’muriy-buyruqbozlik asosida boshqarib borar edi.
Jamiyat a’zolari ijtimoiy mulkka egalik qilish huquqidan mahrum edilar. Tadbirkorlik, biznes bilan shug‘ullanish qonun bilan man etilgan edi. Bunday faoliyat bilan shug‘ullanganlar chayqovchi, yot unsur sifatida jinoiy javobgarlikka tortilar edilar.
Kishilarning mulkdan, uning natijalarini tasarruf etishdan begonalashganligi tufayli, mehnat motivatsiyasi sust. Pirovard natijada sobiq ittifoq chuqur tanazzulga uchradi.
Ma’lumki, shaxsning mulkdor bo‘lish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, o‘zi istagan iqtisodiy faoliyat turi bilan erkin shug‘ullanish hamda shunga muvofiq cheklanmagan daromad olish va yaxshi yashash imkoniyatlariga ega bo‘lish kabi huquqlarini amalga oshirishni faqat ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotigina ta’minlashga qodirdir.
Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsadida tub islohotlarni amalga oshirmoqda.
SHuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi»1 deb belgilab qo‘yilgan.
Amaldagi islohotlarning asosiy maqsadi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov: «Barcha islohotlarning iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat»1, - deb ta’kidlagan.
Erkin ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi iqtisodiy plyuralizm bo‘lib, demokratiyaning umuminsoniy tamoyili hisoblanadi. Iqtisodiy plyuralizm tushunchasi mulk shakllari va ho‘jalik yuritish usullarining xilma-xil bo‘lishida o‘z ifodasini topadi. SHu boisdan ham ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti o‘z mohiyatiga ko‘ra ko‘p ukladli poliiqtisodiyot bo‘lib, unda turli mulk shakllari va ho‘jalik ukladlarining teng huquqliligi, muvozanatda bo‘lishi hamda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi ta’minlanadi.
Demokratik jamiyatga monand demokratik iqtisodiy tamoyillar erkin bozor iqtisodiyotining quyidagi tub belgilarida o‘z ifodasini topadi. 1) hususiy mulk; 2) tadbirkorlik va tanlov erkinligi; 3) shaxsiy manfaatning inson hatti-harakatining bosh motivi ekanligi; 4) raqobat; 5) erkin narh tizimi; 6) davlatning iqtisodiyotga aralashuvining cheklanganligi (qarang: 1-chizma).

Yüklə 56,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin