Iqtisodiyot jamiyat hayotining asosi sifatida



Yüklə 56,84 Kb.
səhifə3/4
tarix27.09.2023
ölçüsü56,84 Kb.
#149627
1   2   3   4
IQTISODIYOT JAMIYAT HAYOTINING ASOSI SIFATIDA

Ko‘rsatkichlar

1992-
1994 yy.

1995-
1999 yy.

2000-
2002 yy.

Davlat tasarrufidan chiqarilgan va hususiylashtirilgan ob’ektlar soni

69032

14132

3117

Aksiyadorlik jamiyatlar soni*

3569

5285

6000
dan ortiq

Kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari soni, mingta birlik*

80

160

240

* davr oxiridagi soni
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida qishloq ho‘jaligida bozor munosabatlariga mos keladigan yangi ho‘jalik tizimini shakllantirish ishlari amalga oshirila boshlandi. Buning oqibatida bu sohada nodavlat ishlab chiqarish sektori keng rivojlandi. SHuningdek, xalq ho‘jaligini, uning tarmoqlari va xududlarini boshqarishning mavjud sharoitlarga mos bo‘lgan tizimlari ishlab chiqildi. Narhlar to‘liq erkinlashtirildi, bozor infratuzilmasining asosiy bo‘g‘inlari, shu jumladan, ikki pog‘onali bank tizimi, moliyani va pul-kreditni tartibga soluvchi mutlaqo yangi tizim, tovar, mehnat birjalari tizimlari yaratildi. Aholini ijtimoiy himoyalash tizimini shakllantirish amalga oshirila boshlandi. Iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi oqibatida iqtisodiy pasayish boshqa MDH mamlakatlaridek og‘ir kechmadi. YAlpi ichki mahsulot 1995 yilda 1990 yilga nisbatan faqat 18,2% kamaydi. 1995 yilda esa bu ko‘rsatkich 1,2% ga pasaygan holos. Vaholanki, YAIM hajmi MDH mamlakatlarida 40-60% ga, Rossiyada esa 48% ga kamayib ketgan2.
Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichi (1995-1999 yillar)da davlat mulkini dastlabki, kichik miqyosda hususiylashtirishni tugallash, mulkni haqiqiy egalari qo‘liga topshirish, tadbirkorlik faoliyati uchun keng imkoniyatlar berish vazifalari belgilandi. Bu bosqichda sanoat, qurilish va transport sohasidagi, agrosanoat kompleksining go‘sht-sut, oziq-ovqat va pahta sanoati tarmoqlaridagi o‘rta va yirik korhonalar, shuningdek, Toshkent, Buhoro, Samarqand va Hiva shaharlaridagi sayyohlik komplekslarining hususiylashtirilishi boshlandi. Bu bosqichda ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari yaratildi, ularning aksiyalari erkin sotuvga chiqarildi hamda keng ko‘lamdagi ko‘chmas mulk va qimmatli qog‘ozlar bozori vujudga keldi. Davlatning qaysi aksiyalardagi ulushi 26 foizdan oshmaydigan qilib qo‘yildi. Aksiyalarning 50 foizdan ko‘prog‘i aholiga, milliy va horijiy investorlarga erkin sotiladigan bo‘ldi.
Ushbu bosqichda ishlab chiqarishning pasayishiga barham berildi. Makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlanib, 1996 yildan boshlab iqtisodiy o‘sish yo‘liga o‘tildi. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini o‘zgartirish ishlarini amalga oshirilishi natijasida respublika yonilg‘i-energetika va g‘alla mustaqilligiga erishildi. SHuningdek, respublika uchun tamomila yangi bo‘lgan avtomobilsozlik sanoati vujudga keltirildi. Engil va oziq-ovqat sanoati uchun asbob-uskunalar, qishloq ho‘jaligi uchun kichik mehanizatsiya vositalari ishlab chiqarishni ta’minlovchi boshqa istiqbolli tarmoqlar, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirila boshlandi.
Ammo shu davrlarda kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga davlat va turli nazorat organlarini noo‘rin, noqonuniy aralashuviholatlari ko‘paydi.
Iqtisodiyotning nodavlat sektorida monopolistik birlashmalar, korhonalar vujudga keldiki, ular ichki iste’mol va ishlab chiqarish vositalari bozorlarida o‘z hokimliklarini o‘rnatib, narh- navoning ko‘tarilishiga sabab bo‘ldilar. Ushbu sektordagi aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondida, aksiyalarida davlat ulushi katta miqdorda saqlanganligi oqibatida, davlat tomonidan tayinlangan ishonchli vakillar ularning faoliyatiga noo‘rin aralashishiga imkon yaratar edi.
Valyuta tizimi va bozorining davlat tomonidan qattiq nazorat qilinishi esa korhonalar va tadbirkorlarning tashqi bozorlarga erkin chiqish imkoniyatini kamaytirardi. Bozor va ishlab chiqarish infratuzilmalarining rivojlanmaganligi tufayli tadbirkorlar moddiy texnika resurslari, moliyaviy mablag‘lar, kreditlar olishda qiyinchilikka uchrar edilar.
Ushbu noxush holatlar iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish, tadbirkorlik va iqtisodiy faoliyat erkinliklarini kengaytirish, hususiy mulkdorlar mavqeini yanada ko‘tarishni taqozo etdi.
“O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” asarida iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish vazifasi qo‘yildi. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish mamlakat siyosiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish jarayonlari bilan uzviy bog‘liqdir. Bu borada Prezident I.A.Karimov “O‘zbekistondagi islohotlar va yangilanish jarayonlariga baho berar ekanmiz, shuni ta’kidlashni istardimki, hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirish yo‘li o‘z mohiyat e’tiboriga ko‘ra mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha o‘zgarishlarning asosiy bog‘lovchi bo‘g‘iniga aylandi”,1 - deb ta’kidlaganlar.
«2004 yil yakunlariga ko‘ra «Nasledie» fondi va «Uoll strit jornel» tomonidan tayyorlangan hamda mashhur «Vashington tayms» gazetasida chop etilgan Iqtisodiy erkinlik indeksi bo‘yicha O‘zbekistonning jahondagi sezilarli taraqqiyotga erishgan o‘nta davlat qatoriga kiritilgani bizga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi»[2].
Iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish esa demokratik jamiyat qurilishining asosi sifatida uning iqtisodiy negizlarini mustahkamlashni ta’minlaydi. Uning natijasida amalda jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni kafolatlovchi, iqtisodiy rivojlanishni ta’minlovchi o‘rta mulkdorlar sinfi shakllanadi.
Prezident I.A.Karimov iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish yuzasidan quyidagi vazifalarni belgilab bergan:

Yüklə 56,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin