Birinchidan, mulkdorlar sinfini shakllantirish masalasini tubdan hal etish. Buning uchun hususiy mulkchilik etakchi o‘rinda turadigan ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo etish;
Ikkinchidan, haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish;
Uchinchidan, bozor infratuzilmasini rivojlantirish;
To‘rtinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish;
Beshinchidan, valyuta tizimi va bozorni erkinlashtirish;
Oltinchidan, davlat va turli tekshiruvchi, nazorat qiluvchi organlar tomonidan korhonalarning ho‘jalik faoliyatiga noo‘rin aralashishni cheklab qo‘yish.
Ushbu vazifalarni hal qilish uchun O‘zbekistonda davlat mulkini hususiylashtirishni yanada chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan tadbirlar olib borildi. 2000-2002 yillarda 3117 ta tarmoq tarkibini belgilab beruvchi yirik korhonalar, ijtimoiy-madaniy ob’ektlar davlat tasarrufidan chiqarildi. SHu davr oxiriga kelib, aksiyadorlik jamiyatlarining soni 6000 dan oshib ketdi (qarang: 1-jadval).
Mulk shaklini o‘zgartirgan davlat korhonalari orasida “Elektrokimyosanoat”, “Navoiyazot”, “Ammofos”, “o‘zbekrezino-texnika” ishlab chiqarish birlashmalari, Toshkent va Farg‘ona issiqlik ta’minoti markazlari, Sirdaryo GRESi, yuk vagonlarini ta’mirlash zavodi, yo‘lovchi tashiydigan vagonlarni ta’mirlash korhonasi, O‘zbekiston qiyin eriydigan va o‘tga chidamli materiallar kombinati singari strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik korhonlar bor.
Bu jarayon sifat jihatidan ham o‘zgardi, chunki hususiylashtirish jarayonlariga horijiy investorlarni, keng aholi qatlamlarini jalb etish ishlari olib borildi. Aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlat ulushlari butunlay yoki qisman, ayrim yirik ishlab chiqaruvchi korhonalar butunlay horijiy investorlarga sotila boshlandi. Korporativ, guruhiy, ulushli mulk egalarining manfaatlarini, huquqlarini muhofaza qilish uchun aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimi joriy etilmoqda.
Iqtisodiyotni erkinlashtirishning bosh vazifasi bo‘lgan davlatning nazoratchilik va boshqaruvchilik funksiyalarini qisqartirish, uning korhonalar faoliyatiga noo‘rin aralashishini keskin kamaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish sharoitida kichik, hususiy biznes va tadbirkorlikni rag‘batlantirish uchun soliq imtiyozlari kengaytirilmoqda, daromad solig‘i stavkalari qisqartirilib, soliq yuki engillashtirilmoqda. 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunining qabul qilinishi oqibatida tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini muhofaza qilish va kafolatlash yanada kuchaydi. Bunday ijobiy ishlar ta’sirida kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining soni 2003 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 240 mingtaga etdi (qarang: 1-jadval). Ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 35 foizdan oshdi. Hususiy sektorda iqtisodiyotda band bo‘lgan aholining qariyb 52 foizdan ortig‘i faoliyat yuritmoqda.
Ushbu vazifalarni amalga oshira borishi oqibatida 2002 yilda 1990 yilga nisbatan iqtisodiyotda nodavlat sektorining ulushi YAIMda 38,1 foizdan - 73,3 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 10,4 foizdan - 71,4 foizga, yalpi qishloq ho‘jaligi mahsulotlari hajmida 65 foizdan - 99,1 foizga, chakana savdo aylanmasida – 51 foizdan 97,6 foizga, aholining ish bilan bandligida 37,2 foizdan – 76,6 foizga etadi.
Demokratik jamiyatga xos bo‘lgan tadbirkorlikning rivojlantirilishi, iqtisodiyot tarkibida muayyan o‘zgarishlar amalga oshirilishi tufayli O‘zbekiston 1996 yildan boshlab iqtisodiy o‘sish yo‘liga o‘tdi. BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) buyurtmasiga ko‘ra Markaziy va SHarqiy Yyevropa hamda MDH mamlakatlarida aholining ijtimoiy farovonligini tadqiq qilish ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning amaldagi o‘sishi 2002 yilda 1989 yilga nisbatan 106,8 foizni tashkil etdi. Ayni paytda Moldovada bu ko‘rsatkich 38,4%, Rossiyada 64,3%, Qozog‘istonda 85,6% ni tashkil etgan1.
Mamlakatda iqtisodiy o‘sishga erishganlik oqibatida aholini ijtimoiy himoya qilishga va ijtimoiy-madaniy tadbirlarga ajratilgan harajatlarning davlat byudjeti harajatlaridagi ulushi 1997 yildagi 44,7 % dan 2003 yilda 46,1 % ga o‘sgan.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga mahallalarda berilayotgan bir oylik moddiy yordam miqdori 1996-2002 yillarda 13,6 barobarga, bolali oilalarning bolalariga berilayotgan nafaqaning o‘rtacha oylik miqdori esa 20 barobardan ziyodga ko‘paydi2. «Obod mahalla» yilida qabul qilingan dastur asosida 1 milliard 200 million so‘mlik hayriya yordami ko‘rsatilgan. Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan 400 mingdan ziyod ayolga davlat tomonidan nafaqa tayinlandi. SHuningdek, 180 mingta kam ta’minlangan oilaga qariyb 14 milliard so‘m miqdorida yordam ko‘rsatilgan3.
Islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish tizimi qayta ko‘rib chiqildi. Valyuta tizimi va bozorini erkinlashtirish chora-tadbirlari amalga oshirildi va milliy valyutamiz - so‘mning 2003 yil 15 oktyabrdan joriy to‘lovlar bo‘yicha erkin almashuvi amalga oshirila boshlandi.
Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish jarayonlari mamlakat siyosiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish jarayonlari bilan o‘zaro bog‘liqlikda amalga oshirilishi oqibatida uning demokratik jamiyat qurishdagi rolini va ahamiyatini yanada kuchaytiradi.
Prezident I.A.Karimov Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining To‘qqizinchi sessiyasida qilgan ma’ruzasida respublikada demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning “bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va o‘zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo‘lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishdan iborat”1 muhim ustuvor yo‘nalishini belgilab berdi (qarang: 2-chizma).
O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning iqtisodiy jihatdanustuvor hisoblangan yo‘nalishi mazmuni va vazifalari
Ushbu ustuvor yo‘nalishni amalga oshirish uchun avvalambor hususiy sektorning mavqeini yanada oshirish va kichik tadbirkorlikni jadal rivojlantirish lozim bo‘ladi. Endilikda hususiylashtirish jarayonlari tobora ko‘proq yirik korhonalarni, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini o‘z ichiga qamrab olishi, korporativ hususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, aksiyalarni sotishning birlamchi va ikkilamchi birja hamda birjadan tashqari bozorini rivojlantirish amalga oshiriladi.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga davlat va nazorat organlarining noo‘rin aralashuviga barham berish, moddiy-texnika resurslari va moliyaviy, shu jumladan, kredit mablag‘lari bilan ta’minlanishini yaxshilash, ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish uchun ishlab chiqarish va bozor infratuzilmalarini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. SHuningdek, shirkat ho‘jaliklarini fermer ho‘jaliklariga aylantirish hamda ularga servis hizmatini ko‘rsatuvchi, qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korhonalarini va qishloqlarda ularning filiallarini tashkil etish muhimdir.
O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning iqtisodiy jihatdan ustuvor yo‘nalishini amalga oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlar ko‘riladi:
- tashqi iqtisodiy faoliyatni, valyuta bozorini erkinlashtirish, milliy valyutaning joriy operatsiyalar bo‘yicha erkin almashinuvini ta’minlash;
- iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, uni modernizatsiya qilish hamda import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash;
- iqtisodiyotga horijiy investitsiyalarni jalb etish. Buning uchun tegishli investitsion muhit va investorlar uchun kafolat yaratish;
- ichki va tashqi investitsiyalarni butun iqtisodiyotga, shu jumladan, oltin-valyuta zAxiralarimizning barqaror o‘sishiga hizmat qiladigan etakchi tarmoqlarga yo‘naltirish;
- jahondagi nufuzli xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, umum jahon iqtisodiy tizimiga integrallashuv hamda jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun shart-sharoitlar yaratish.
Ushbu vazifalarning amalga oshirilishi bozor munosabatlarini rivojlantirish va erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish, uni yanada demokratlashuviga olib keladi. Endilikda mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, tadbirkorlik sub’ektlari uchun bosqichma-bosqich iqtisodiy faoliyat uchun teng sharoitlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Buning uchun ayrim, strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan korhonalarga assosiz ravishda berilgan imtiyozlarni va ular uchun yaratilgan qulay sharoitlarni bekor qilish maqsadga muvofiqdir. SHuningdek, ho‘jalik sub’ektlari ham qat’iy moliyaviy cheklashlar doirasida, ya’ni umumiy harajatlarining yalpi daromad hajmidan oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik asosida faoliyat ko‘rsatishlari lozim.
Iqtisodiyot sub’ektlari uchun soliq yukini kamaytirib borish bilan bir vaqtda soliq tizimining qat’iyligini oshirish, imtiyozlar berishni kamaytirish, kreditlarni qat’iy shartlar asosida berish amaliyotini joriy etish ularning mas’uliyatini yanada oshiradi.
Iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish, demokratik jarayonlarni kuchaytirish maqsadida yakka va korporativ hususiy mulkdorlar huquqlarini himoya qilish, ularning mas’uliyatini kuchaytirish, tadbirkorlik faoliyati erkinliklarini ta’minlovchi hamda ho‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi qonuniy-huquqiy bazani takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.
Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy qilish uchun davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish davom ettiriladi. Ammo iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini rivojlantirish va uning bozor mexanizmi bilan uyg‘unligini ta’minlash yo‘lida hali ko‘p ishlar qilish lozim.
Demokratik jamiyat qurish uchun davlatning iqtisodiy faoliyatini cheklash, uning vazifalarini bosqichma-bosqich mahalliy sohadagi hokimiyat va o‘zini o‘zi boshqarish organlariga topshirish erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish haqida qaror qabul qilinadi. Pirovardida, bozor iqtisodiyotining shakllanishiga, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga va aholining turmush farovonligini oshirishga erishiladi. Mamlakatimiz eksport salohiyatining oshishi va mustahkamlanishi - uning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashiga zamin yaratadi.