O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat



Yüklə 449,9 Kb.
səhifə19/36
tarix04.03.2022
ölçüsü449,9 Kb.
#53378
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
BMI-4

Mustaqil ishlash. Fizika darslarida o'quvchilarning mustaqil ishlarini uyushtirish materialni anglash, ongli o'zlashtirish va chuqur idrok qilish imkonini beradi. Har bir sinfda o'rganiladigan mavzuning ko'lami, o'quvchilar bilimi hamda yoshini va ularning fizika darslarida hosil qilgan amaliy malakalarini to'g'ri hisobga olgan holda o'tkazilgan mustaqil ishlar ko'zlangan maqsadni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Agar o'quvchilar faqat o'qituvchining rahbarligi ostida ishlashga o'rgansalar, mustaqil fikrlash qobiliyatini so'ndirib qo'yishlari, hamma narsani tayyor holda qabul qilishga ko'nikib qolishlari mumkin. Shuning uchun darslik materiallari asosida mustaqil ish uyushtirganda, albalta, ma'lum maqsad ko'zda tutiladi. Bu esa o'qituvchidan katta pedagogik mahorat, izlanish, o'z ishiga ijodiy yondashishni talab qiladi. O'quvchilar mustaqil ishga oldindan tayyorlanishlari, mustaqil ish talab etadigan bilim va ko'nikmaga ega bo'lishlari, barcha ish turlari o'qituvchining bevosita ishtirokida o'tkazilishi, bunda, ayniqsa, oddiydan murakkabga tomon o'tish o'qituvchining diqqat e'tiborida turishi lozim.


Yüklə 449,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin