O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat



Yüklə 449,9 Kb.
səhifə17/36
tarix04.03.2022
ölçüsü449,9 Kb.
#53378
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
BMI-4

Fikrlarning shiddatli hujumi. Bu metodning mohiyati jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir o'quvchining shaxsiy imkoniyatlarini ro'yobgachiqarishga ko'maklashishdan hamda o'quvchilarda ma'lumjamoa (guruh) tomonidan bildirilgan fikrga qarshi g'oyani ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishdan iborat.

«Fikrlarning shiddatli hujumi” metodini qo'llash jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi:

- o'quvchilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning puxta

o'zlashtirilishiga erishish;

- vaqtni tejash;

- har bir o'quvchini faollikka undash;

- ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirish.

Ushbu metoddan foydalanishga asoslangan dars quyidagi bosqichlardan iborat bo'ladi:

- ruhiy jihatdan bir-biriga yaqin bo'lgan o'quvchilarni o'zida biriktirgan hamda son jihatidan teng bo'lgan kichik guruhlarni shakllantirish;

- guruhlarga hal etish uchun berilgan topshiriq yoki vazifalar mohiyatidan kelib chiqadigan maqsadlarni aniqlash;

- guruhlar tomonidan muayyan g'oyalarning ishlab chiqilishi (topshiriqlaming hal etilishi);

- topshiriqlarning yechimlarini muhokama etish, ularni to'g'ri hal etilganligiga ko'ra turkumlarga ajratish;

- topshiriqlarning yechimlarini qayta turkumlashtirish, ya'ni ularning to'g'riligi, yechimni topish uchun sarflangan vaqt, yechimlaming aniq va ravshan bayon etilishi kabi mezonlar asosida baholash;

- dastlabki bosqichlarda topshiriqlarning yechimlari yuzasidan bildirilgan muayyan tanqidiy mulohazalarni muhokama etish hamda ular borasida yagona xulosaga kelish.

«Fikrlarning shiddatli hujumi» metodini fizikaning ayrim boblarini takrorlash darslarida, shuningdek, avvalgi darsda o'tilgan mavzu bo'yicha o'quvchilar egallagan bilim va ko'nikmalarini nazorat qilish uchun qo'llash tavsiya etiladi.


Yüklə 449,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin