O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi andijon davlat universiteti Ona tili va tillarga o’qitish ta`lim yo`nalishi



Yüklə 107,55 Kb.
səhifə3/16
tarix20.01.2023
ölçüsü107,55 Kb.
#79859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Azimova Maftunaning Hozirgi o’zbek adabiy tili fanidan

1.2. Matn va uning linsoniy mohiyati
Ma’lumki, «Matn» atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. O’zbek tilining izohli lug’atida matn so’zining arabchadan o’zlashganligi, eskirgan kitobiy so’z ekanligi va aynan tekst so’zi anglatgan ma’noga tengligiga ishora qilinadi. Izohli lug’atning 156-betida tekst so’ziga quyidagicha ta’rif beriladi: 21
Yozilgan, ko’chirilgan yoki bosilgan ijodiy, ilmiy asar, nutq, hujjat va shu kabilar yoki ularning bir parchasi; matn. Maqolaning teksti. 2. Muzika asariga, masalan biror kuyga, opera, romans va shu kabilarga asos bo’lgan she’r, so’z. 3. Poligrafiyada yirik shriftlardan birining nomi. Bu ta’rifda matnning asosiyxususiyatlari to’g’ri ko’rsatilgan. Faqat axborot-kommunikatsiya vositalarining taraqqiy etishi natijasida matn (tekst) so’zi anglatadigan ma’no yanada ortganligini ko’rishimiz mumkin. Kompyuterda terilgan matn formati Word, RTF matn, oddiy matn, formatlangan matn, gipermatn kabilar ham iste’molda faollashdi.
Bugungi kun tilshunosligida matn tilning alohida yirik birligi (supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy ob’ekti sifatida talqin qilinadi. Matnni tadqiq etishda uni so’z birikmasi va gapdan farqlash lozimligi, matnning ham o’z kategoriyasi va qonuniyatlari borligi aytiladi. Tilshunos M.X.Hakimov ilmiy matn tadqiqiga bag’ishlangan dissertatsion ishida bu haqda shunday yozadi:22Matn so’zining lug’aviy ma’nosida birikish, bog’lanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi o’zaro qaysidir bog’lovchilar yordamida birikishini o’rganish «Matn tilshunosligi» sohasining asosiy muammolaridan biri bo’lib qoldi. Matn birliklarining o’zaro bog’lanishini ifoda etuvchi takror va uning bir necha ko’rinishi, olmosh turkumiga oid ba’zi so’zlar, gapning so’roq shakliga xos bo’lgan ko’rinishining matn hosil qilishdagi vazifalari matn tilshunosligida alohida o’rin tutadi.Mazkur ishda muallif «matn» atamasini «nutq», «kontekst» kabi boshqa lingvistik atamalardan farqlash lozimligini ta’kidlaydi. Nutq og’zaki va yozma shakllarda namoyon bo’ladi. Nutqning yozma shakli matn atamasi ifodalaydigan mazmunga muvofiq keladi. Nutq sub’ektdan adresatga yo’naltiriluvchi nutqiy faoliyat hisoblanadi. Matn esa faqat ob’ektiv informatsiyadan iborat bo’lmay, balki o’ziga pragmatik mazmunni ham qamrab olgan nutqning material ko’rinishidir.
Matn lingvistikasining u yoki bu sohasi bilan shug’ullanish, matnning biror bir xususiyatini tadqiq etishga kirishish uchun dastlab matn hodisasining mohiyatini, uning lingvistik tabiatini bilish lozim bo’ladi. Faqat shundan so’nggina matnning tuzilishi, uning strukturaviy, mazmuniy belgilari, inson kommunikativ faoliyatida tutgan o’rni, bajaradigan ijtimoiy-semantik vazifalarini o’rganish mumkin. Har qanday nutqiy tuzilmaning matn sifatida e’tirof etilishi uchun u ma’lum me’yordagi barqaror, tub xususiyatlarga ega bo’lishi zarurki, bu xususiyatlar matn mohiyatini belgilab beradi.Matn mohiyati bilan bog’liq bo’lgan o’ziga xos xususiyatlar va ularni aniqlash muhimdir. Matn va uning maqomini belgilash, yondosh hodisalarga bo’lgan munosabati, matnning kategorial belgilari borasida haligacha izlanishlar davom etmoqda.
Fikrlarning turli-tumanligi ,shubhasiz, tadqiqotchilar tomonidan “matn” tushunchasining qaysi lingvistik hodisaga nisbatan qo’llanishi va ushbu hodisaning qanday nazariy g’oya asosida talqin qiinishiga bog’liq. Biror bir hodisa talqininga turli nuqtai nazardan, turli xil tahlil usullarida yondashish xulosalarning, tavsif va ta’riflarning har xil bo’lishiga olib keladi. “ Matn “ so’zini qo’llayotgan tilshunoslarning qariyb barchasi ushbu tushunchaga u yoki bu tarzda ta’rif berishga harakat qiladi. Matn – ko’p jihatli, murakkab tuzilishga ega bo’lgan qurilma, shuning uchun ham uni tavsiflashda unga xos bo’lgan semiotik, kommunikativ, strukturaviy, pragmatik, kognitiv, nominativ xususiyatlarni e’tiborga olish talab qilinadi. Ammo har bir tadqiqotchi, odatda, o’zini qiziqtirayotgan jihatlarga e’tibor qaratadi, natijada, berilayotgan ta’rif mukammal, batafsil bo’lmaydi. Boshqacha aytganda, hech qaysi ta’rif matn kabi murakkab hodisani har tomonlama mukammal tavsiflay olmaydi. Matn hodisasiga berilayotgan ta’riflarning hech biriga qat’iy e’tiroz bildirish qiyin, chunki ularning har birida matn hodisasining u yoki bu jihatlari yoritilgan, demak, har bir kuzatishda tadqiq qilinayotgan obyektning ma’lum bir qirralari o’z ifodasini topadi.
Matn tushunchasini material jihatdan tayin etish va ta’riflash hamma zamonlarda olimlarning e’tiborida bo‘lib kelganligiga qaramay, hamon bahsu munozaralarga sabab bo‘ladi, ilgari surilgan turli fikrlar goh birovlar tomonidan e’tirof etilsa, goh jiddiy e’tirozlarni tug‘dirib keladi. Ayrim tilshunoslar faqat yozma shakldagi yaxlit nutq yoki nutq parchasini matn deb hisoblaydilar. Masalan, L.M.Loseva «matn» tushunchasini aniqlashda barcha matnlar uchun xos bo‘lgan belgilardan ke-lib chiqish lozimligini aytadi va bu belgilarning birinchisi sifatida uning yozma shaklda bo‘lishini alohida qayd etadi.23 Matnni lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida rus tilshunosligida birinchilardan bo‘lib batafsil o‘rganganlardan biri I.R.Galperin «matnning ontologik va funksional belgilarini namoyon etadigan etakchi jihatlar»dan biri sifatida «yozma hujjat tarzida reallashadigan tugallanganlik»ni alohida ta’kidlab ko‘rsatadi. Uningcha, matn yozuvda qayd etilgan nutkiy asardir.24
Ko‘pchilik tilshunoslar matnning yozma ham, og‘zaki ham bo‘laverishi mumkinligini aytadilar25. CHindan ham, ayni shu fikr ilmiy-mantikiy jihatdan to‘la asosga ega va u matnning mohiyatini to‘g‘ri aks ettiradi. Kishilar o‘rtasidagi aloqa - kommunikatsiya matnlar vositasida amalga oshar ekan (va bu hol matn lingvistikasining yaratuvchilari, umuman, matn tadqiqotchilarining aksariyati tarafidan e’tirof etilgan ekan), matnni faqat yozma shakl bilan chegaralash shakllanib ulgurgan mavjud matn nazariyasi qoidalariga zid bo‘lishi turgan gap.
Z.L.Turaeva matn lingvistikasining umumiy nazariyasiga ko‘ra uning predmeti sifatida og‘zaki yoki yozma nutq mahsuli bo‘lgan matnni olish mumkinligini aytadi, ammo matnni tor ma’noda, ya’ni faqat yozma nutk mahsuli sifatida talqin qilish ham o‘rinli ekanligini ta’kidlaydi. U I. R. Galperin tomonidan ilgari surilgan yozma matn talqinini ma’qullaydi va quyidagicha yozadi: «Agar og‘zaki nutqqa tovushlar orqali namoyon bo‘lish xos bo‘lsa, matn uchun grafik gavdalanish xarakterli. Agar og‘zaki nutqni bir yo‘nalishlilik farqlab tursa, matnga ko‘p o‘lchovlilik xos. Og‘zaki nutq bir yo‘nalishlidir, chunki u faqat tovush orqali gavdala-na oladi. YOzuv (grafik yoki magnit tasmasidagi) uning sifatini o‘zgartiradi. SHunday qilib, og‘zaki nutq qaytishsizdir, ya’ni aytildimi, uning biror parchasiga qaytish mumkin emas. Matn ko‘p o‘lchovlidir, chunki uning istalgan bo‘lagiga ko‘p marta qaytish mumkin. Agar nutq harakat,jarayon bo‘lsa, matn ikkiyoqlama tabiatga ega, ya’ni u ham tinch holatda, ham harakatda bo‘la oladi. Agar nutqning zamonda mavjudligi shu nutqning talaffuz vaqti bilan chegaralangan bo‘lsa, matnning mavjudligi amaliy jihatdan hech narsa bilan chegaralanmagan»26.
Uzbek tilshunosligida ham yuqoridagiga o‘xshash mulohazalar yo‘q emas. Masalan, M.Hakimov yozadi: «Nutq - bu so‘zlovchining nutqiy jarayoni bilan aloqador bo‘lgan hodisa sifatida ifoda etilsa, matn (tekst) ham ana shu nutqiy hodisaning yozilgan («bosma harf orqali aks etgan») parchasidir... «Nutq» o‘zining yozma shaklida «matn» atamasiga teng keladi... Har qanday nutqning yozma shakli matn tushunchasi mohiyatini ifoda etadi... Tekst - og‘zaki nutq, kontekstga nisbatan stabillashgan, ma’lum qoida, qonuniyatlar va adabiy til me’yorlari asosida shakllangan yozma nutq... Matn bir vaqtning o‘zida emas, balki bir necha asr avvalgi va keyingi shaxslar o‘rtasiDagi aloqa munosabatini yuzaga chiqaruvchi vositadir»27.
Bunday anchayin keskin fikrlar munozarali bo‘lib, kishilar o‘rtasidagi har qanday kommunikatsiya faqat va faqat yozma shaklda amalga oshishini tasavvur etib bo‘lmaydi. Og‘zaki nutqning bir yo‘nalishliligi, yozma (harflar yoki magnit tasmasida) nutq (matn)ning ko‘p yo‘nalishliligi, og‘zaki nutqning «qaytishsizligi», yozma nutqning esa «qaytishliligi», ya’ni uning istalgan bo‘lagiga har qachon qaytish mumkinligi haqidagi da’vo-dalil ham asosli emas. CHunki bu «qaytish» tushunchasi faqat vizual-amaliy mohiyatga ega, nutqiy asar (matn)ning mohiyatiga aslo daxldor emas. Agar faqat yozma nutqdagina oldingi qismlarga qaytish mumkinu og‘zaki nutqiy yaxlitliqda uning oldingi qismlariga qaytishning imkoni bo‘lmasa, unda hech qanday og‘zaki nutqni tushunish, demakki, og‘zaki nutqiy kommunikatsiya mutlaqo mumkin bo‘lmas edi. CHunki so‘zlovchi muayyan yaxlit bir fikr, mavzuni og‘zaki bayon qilar ekan, ayni bayon jarayonining har bir onida uning o‘zi ham, xuddi shuningdek, tinglovchi ham mazkur nutqning oldingi istalgan parchasiga qayta oladi, nafaqat qayta oladi, balki oldingi qismlar ularning xotirasida turadi. To‘g‘ri, og‘zaki nutqning so‘zlangan paytidagina mavjud ekanligini, yozma nutqning esa zamon nuqtai nazaridan chegaralanmaganligini hech kim inkor etmaydi, ammo bu og‘zaki nutqni eslash, xotirada saqlash, umuman, uni yoki uning muayyan parchalarini tiklash ilojsiz degani emas. YAxlit og‘zaki nutq faqat yozma shaklga olingandagina matn yuzaga keladi tarzidagi hukm daryoda oqib turgan suv suv emas, balki bu «modda» faqat shishaga solingandagina suv paydo bo‘ladi deganday bir gapdir.
Dunyoda biron-bir xalq yo‘qki, uning necha asrlardan beri og‘zaki shaklda avloddan-avlodga o‘tib yashab kelayotgan so‘z san’ati durdonalari bo‘lmasin. Masalan, bir qo‘shiq yoki ertakni faqat qog‘ozga yoki magnit tasmasiga tushirilganda matn, ammo og‘zaki shaklida matn bo‘la olmaydi deyish matn tushunchasini til doirasidan tashqariga chiqarib yuborishi turgan gap. Og‘zaki nutqiy asarni muayyan vositalar (yozuv, magnit tasmasi, multimedia kabi) yordamida qayd etish axborotning zamon va makonda saqlanishini ta’minlash imkoniyatlaridir, lekin, garchi yozma nutq muayyan tayyorgarlik bilan amalga oshiriladi, shuning uchun u ravon va ishlangan nutq deyilsa-da, buning til birliklarining tabiatiga bevosita jiddiy o‘zgartirish kiritadigan ta’siri to‘g‘risida gaggarib bo‘lmaydi.
Matnning semantik-struktur tuzilishini rus tilidagi ogzaki va yzma nutq misolida batafsil tadqiq etgan R.A.Karimova matn faqat grafik, yozma| shakldagina emas, balki og‘zaki shaklda ham namoyon bo‘ladigan nutqiy asar ekanligini, bunda og‘zaki shakl genetik asos ekanligini alohida ta’kidlaydi va faktlarning tahlillaridan kelib chiqqan holda, «bir qarashda matn makonining qarama-qarshi nuqtalarida joylashganday ko‘rinadigan ogzaki spontan matn va yozma matn (badiiy matn) umumiy xususiyat - muayyan tuzilishga ega» degan nazariy xulosaga keladi6.
SHubhasizki, og‘zaki nutq birlamchi, yozma nutq esa ikkilamchidir, shuning uchun ham yozma matn uchun og‘zaki nutqning «genetik asos» bo‘lishi aksioma. Bu o‘rinda O.V.Dolgovaning kuyidagi fikrlari alohida e’tiborga loyiq: «Inson nutqi - bu, eng avvalo, tilning tovushli shaklidir... Filolog uchun tovushli nutqni o‘rganish zarurligi haqidagi fikrning barkarorlashuvi og‘zaki va yozma nutq munosabati muammosini hal qilishdagi birinchi qadam bo‘lgan. Til yashash shaklining faqat bir, ya’ni ezma shaklini tadqiq etish bilan ob’ektni cheklash mumkin emas... Fanning istiqboldagi taraqqiyoti uchun rivojlangan adabiy tilda yozma va og‘zaki shakllar bir butunlikdaligini va ular ichki nutq orqali bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ekanligini aniqlashtirib olish muhimdir"28.
Matnning ham til, ham nutq birligi ekanligi haqidagi qarash tadqiqotchilarning ko‘pchiligi tomonidan tan olingan. Gap qoliplari tilda mavjud bo‘lgani va bu qoliplarning bevosita realizatsiyasi nutqda voqe bo‘lgani singari til sistemasida matn yaratishning ham umumiy qoidalari, qoliplari bor. Mazkur qoliplar asosida nutqda matn yaratiladi. SHuning uchun ham gap qanchalik ham til, ham nutq hodisasi bo‘lsa, matn ham shunchalik ham til, ham nutq hodisasidir. To‘g‘ri, gapga xos qonuniyatlar, qoidalar, kategoriyalarni matnga bevosita tatbiq etish mumkin emas. CHunki aytilganiday, matn gapdan yirik, oliy kommunikativ birlik va uning yaratilishida mutlaqo farqli qonuniyatlar amal qiladi. O. L. Kamenskaya juda o‘rinli ta’kidlaganidek, matn strukturasining til qonuniyatlari bilan chegaralanishi bir qadar kuchsiz, ayni shu xususiyat anchayin katta hajmdagi matnda eng murakkab fikr-g‘oyani batafsil bayon qilishga imkoniyat beradi. Lekin matn strukturasi^ing til qonuniyatlari bilan kuchsiz chegaralangan bo‘lishiga qaramasdan, uning uzvlari o‘rtasidagi aloqa majburiydir, ayni paytda bu aloqa o‘ziga xos xarakterga ega. Matnlarni tuzishning umumiy qoidalari, albatta, bor, biroq bu qoidalarning tabiati gap tuzish qoidalaridan nisbatan kuchsiz qat’iyligi bilan farq qiladi29. Ammo til va nutqqa munosabati masalasida gap va matn o‘rtasida muayyan o‘xshashlikning borligi tabiiy.
M.Xellidey tilning matn yaratuvchilik vazifasini tilga organik xos bo‘lgan vazifa sifatida qaraydi va uni faqat nutq doirasi bilan chegaralab bo‘lmasligini aytadi30.
Tilshunosliqda til strukturasining sathlari masalasi har qanday tadqiqot uchun muhim ekanligi ma’lum. Til tadqiqi jarayonida tahlilning turli bosqichlarida fonologik, morfologik, sintaktik va leksik-semantik sathlar farqlanadi. Matn mazkur sathlar ierarxiyasining qaeridan joy oladi? Umuman, matn til strukturasining alohida sathi bo‘la oladimi?
Ba’zi tadqiqotchilar matnga alohida sath sifatida qarash mumkinligini aytadilar, ammo, ayni paytda, matn tilning emas, balki nutqning sathi bo‘la olishini ta’kidlaydilar. Bunda matnning nutq jarayoni hodisasi sifatida sistemaliligiga urg‘u beradilar. Bunday talqindan kelib chiqiladigan bo‘lsa, tabiiyki, mantiqan matnga til hodisasi emas, balki faqat nutq hodisasi sifatida qarash lozim. Holbuki, matnning mohiyatan, eng avvalo, til hodisasi ekanligi bugungi matn lingvistikasida deyarli e’tirof etib bo‘lingan. Bundan tashqari, matnning asosiy va birlamchi til belgisi ekanligi haqidagi qarash ham tilshunosliqda turgunlashgan. SHuning uchun ham matn faqat nutq sathiga oiddir degan fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi.
Matn talqini va shaxs omili masalasi matn yaratilishi va uning mazmuniy persepsiyasi muammolari bilan uzviy bog‘liq. Bu masalant tadqiq etishda matn yaratuvchi shaxsnigina emas,uni idrok etuvchi shaxs – tinglovchi yoki o‘quvchi omilini ham o‘rganish muhimdir. Matn va uni idrok etuvchi shaxs omilini o‘rganish tadqiq ob’ektiga bir vaqtning o‘zida lingvistik, psixologik, pragmatik, kognitiv va ijtimoiy nuqtai nazardan yondoshishni nazarda tutadi. Matn yaratilishida shaxsning kognitiv faoliyatini tadqiq etish o‘zbek mentalitetiga xos fikrlash tarzini ham chuqurroq yoritishga xizmat qiladi.31
Matn mazmunini idrok etishdagi ishkshtchi shart – unda ifodalangan makropropozitsiyani anglab ueshdir. Makropropotsiya matnni tashkil etgan gaplar propozitsiyasidan kelib chiqadigan umumiy propozitsiyadir. Pragmatik jihatdan makropropozitsiya matn muallifining matn orqali aytmoqchi bo‘lgan eng muhim fikri, o‘quvchi nuqtai nazaridan qaraganda esa uning matn mazmunidan kelib chiqib hosil qilgan yakuniy xulosasidir.32



Yüklə 107,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin