O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi andijon davlat universiteti Ona tili va tillarga o’qitish ta`lim yo`nalishi


Tadqiqotning maqsad va vazifalari



Yüklə 107,55 Kb.
səhifə2/16
tarix20.01.2023
ölçüsü107,55 Kb.
#79859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Azimova Maftunaning Hozirgi o’zbek adabiy tili fanidan

Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Ushbu bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi matn va uning til tizimida tutgan o’rnini hamda lisoniy – nazariy mohiyatini ochib berishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish tadqiqot oldiga quyidagi vazifalarni hal etishni yuklaydi:

  • tilshunoslikda matn nazariyasi haqidagi ilmiy –nazariy qarashlarni o’rganish;

  • matnning eng muhim kommunikativ birlik sifatidagi ahamiyatini yoritish;

  • matnning asosiy birliklarini belgilash;

  • matn tarkibiy qismlarini bog’lovchi vositalarni tavsiflash.

- matn va uni tahlil etish tamoyillarini tadqiq etish.
Tadqiqotning metodologik asoslari va metodlari. Prezident I. Karimovning milliy g’oya, ma’naviy qadriyatlarga munosabat va ilm-fan taraqqiyoti bilan bog’liq qarashlar hamda dialektik falsafaning keng tarqalgan tadqiq usullari ishning metodologik asosini tashkil etadi. Masalani yoritishda hozirgi kunda o’zbek tilshunosligi qo’lga kiritgan yutuqlardan hamda jahon tilshunosligida bayon qilingan nazariy fikrlardan ijodiy foydalanildi. Shuningdek, tadqiqot jarayonida tavsiflash, komponent tahlil, sintez, qiyoslash kabi usullardan foydalanildi.
Tadqiqotning tuzilishi. Mazkur bitiruv malakaviy ish ishning umumiy tavsifi, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


I bob. Matn va uning til tizimida tutgan o’rni
1.1. Matn tilshunosligi va uning shakllanishi
Matn nazariyasi, matn lingvistikasining umumiy rivojlanishida Praga lingvistik to’garagi vakllari, nemis, fransuz, ingliz, Amerika, golland, polyak va boshqa tilshunoslik maktablarining xizmatlari dunyo tilshunosligida e’tirof etilsa, rus tilshunosligida V.V. Odinsov, I. R. Galperin, O. I. Moskalskaya, L. M. Loseva, Z.Ya. Turayeva, N. S. Valgina, N. D. Zarubina kabi ko’pgina tilshunos olimlarning xizmatlari alohida e’tiborga loyiq.
Turkiyshunoslikda matn masalasi birinchi marta o’tgan asrning 70- yillarining boshlarida taniqli tatar tilshunosi M. Zakiyev tomonidan o’rtaga qo’yilgan. O’zbtk tilshunosligida birinchi bo’lib akademik G’. Abdurahmonov 1980 - yil Toshkentda bo’lib o’tgan sobiq Ittifoq turkiyshunoslarining III konferensiyasida matn nazariyasiga bag’ishlangan ma’ruza qilib, muammoning mohiyati va yechimlari haqida o’z fikrlarini bildirgan, bir qancha matn turlarini ajratib ko’rsatgan edi. Shuningdek buyuk tilshunos olim A. G’ulomov ham matnning mohiyati bo’yicha o’zining qimmatli fikrlarini bayon qilgandi.
Keyingi davr o’zbek tilshunosligida A. Mamajonov, M.To’xsonov, M. Abdupattoyev, N. Turniyozov, M. Xakimov kabi olimlarning ishlarini alohida qayd etish mumkin1. Matn lingvistikasi tilshunoslikning alohida sohasi, yo’nalishi sifatida shakllandi, muttasil rivojlanib kelmoqda, yangidan- yangi nazariy umumlashmalar qilinmoqda. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, matn tushunchasini material jihatdan belgilash va ta’riflashda mutaxassislar o’rtasida turlicha fikrlar mavjud. Ayrim tilshunoslar faqat yozma shakldagi yahlit nutq yoki nutq parchasini matn deb hisoblaydilar. Masalan, rus tilshunosi L.M. Loseva “matn’’ tushunchasini aniqlshda barcha matnlar uchun xos bo’lgan belgilardan kelib chiqish lozimligini alohida qayd etadi2. Matnni lingvistik tadqiqot ob’yekti sifatida o’rgangan I. R. Galperin “ matnning ontologik va funksional belgilarini namoyon etadigan yetakchi jihatlardan biri sifatida yozma hujjat tarzida reallashadigan tugallanganlik” ni alohida ta’kidlab ko’rsatadi. Uningcha, matn yozuvda qayd etilgan nutqiy asardir. Ammo matn lingvistikasi muammolari bilan shug’ullangan ko’pchilik tilshunos olimlar matnning yozma ham, og’zaki ham bolaverishini ta’kidlab o’tadilar3. Chindan ham , ayni shu fikr ilmiy – mantiqiy jihatdan to’la asosga ega va u matnning mavjud mohiyatini to’g’ri aks ettiradi. Z.Ya. Turayeva matn lingvistikasining umumiy nazariyasiga ko’ra uning predmeti sifatida og’zaki yoki yozma nutq mahsuli bo’lgan matnni olish mumkinligini aytadi, ammo matnni tor ma’noda, ya’ni faqat yozma nutq mahsuli sifatida talqin qilish maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidlaydi. Matnning semantik –struktur tuzilishini rus tilidagi og’zaki va yozma nutq misolida o’rgangan R. A. Karimova matn faqat grafik, yozma shakldagina emas, balki og’zaki shaklda ham namoyon bo’ladigan nutqiy asar ekanligini , bunda og’zaki shakl genetik asos ekanligini alohida ta’kidlaydi va faktlarning tahlillaridan kelib chiqqan holda “ bir qarashda matn makonnining qarama-qarshi nuqtalarida joylashganday ko’rinadigan og’zaki spontan matn va yozma matn (badiiy matn) umumiy xususiyat- muayyan tuzilishga ega’’, - degan nazariy xulosaga keladi4. Tilshunoslikda matnga berilgan juda ko’p va xilma-xil ta’riflarning deyarli barchasida bog’lanishlilik va yahlitlik belgisi y yoki bu tarzda o’z ifodasini topgan.
Ulkan tilshunos A.G’ulomov matnning mohiyati bo’yicha o’zining qimmatli fikrlarini bayon qilgan. U dunyo tilshunosligida kechayotgan jarayonlardan muttasil boxabar keng qamrovli olim sifatida “Hozirgi o’zbek adabiy tili. Sintaksis” darsligi(M.Asqarova bilan hamkorlikda)ni qayta ishlab, to’ldirib, uchinchi nashrini tayyorlar ekan, matn masalasini chetlab o’tolmaydi, ixcham bir tarzda bo’lsa-da, matn haqidagi qarashlarini kitobga kiritadi. A.G’ulomov gapdagi fikr tugalligining nisbiy ekanligini, asarda mazmun to’liqligi butun matndan anglashilishini ta’kidlab, uch abzatsdan tashkil topgan yaxlit matnni misol qilib keltiradi va undan kelib chiqib, quyidagilarni yozadi: “1. Fikr bayon qilish gap (sodda gap va qo’shma gap) doirasi bilangina chegaralanmaydi. To’liq fikrni, odatda, gapdan yirik bo’lgan sintaktik butunlik beradi. Gap bu butunlik sostavida uning bir komponenti sanaladi. 2. Bu komponent shu butunlikdagi boshqa komponentlar bilan har jihatdan (mazmun, grammatik) turli vositalar orqali bog’langan bo’ladi. Uning o’z kompozitsiyasi va stilistik xususiyatlari saqlangan bo’ladi. 3. Sodda gap butunlik sostavida ma’lum sharoitlarda o’zicha bir abzatsni tashkil qilishi mumkin... 4. Bunday sintaktik butunlik, sintaktik konstruktsiya tekst sanaladi.Ayrim - uzuq gap nisbiy tugal fikrni ifodalaydi, tekst butun bir kompleksning mundarijasini bildiradi. 5. Tekst bir butunlik bo’lganligidan, u o’z mundarijasiga mos keladigan ayrim sarlavhalarga ega bo’lishi ham mumkin. Tekst ayrim segmentlarga – qismlarga (ayrim parchalarga, abzatslarga, gaplarga) bo’linadi). Demak, tilning aloqa-aralashuv vositasi ekanligini tekst yana ham aniq ko’rsatadi. Nutq tekst tusida namoyon bo’ladi. 6. Tekst – yirik nutq parchasi, abzats esa tekstning bo’lagi. Tekstning hamma ko’rinishlari (maksimal tekst va minimal tekst) ma’lum bir temani (mundarijani) tugal ifodalaydi. Demak, u – yuqori darajadagi sintaktik birlik.5
Tekstning bu xususiyatlarini hisobga olib, ba’zi tekshiruvchilar uni lingvistikaning mustaqil bir sohasi sifatida (tekst grammatikasi, tekst lingvistikasi kabi nomlar bilan) ajratishni zarur deb biladilar. Ba’zilar esa uni tekst sintaksisi deb atab (so’z birikmasi sintaksisi, sodda gap sintaksisi kabi), gap sintaksisining davomi sifatida qarab, bu bilan sintaksis terminining mazmunini kengaytirishni, asosiy sintaktik birlik sifatida gapdan ko’ra katta sintaktik butunlik deb qarash kerakligini ta’kidlaydilar: bunda sintaksisning yuqori chegarasi qo’shma gap sintaksisi emas, balki tekst sintaksisi bo’ladi. Tekshiruvchilarning ko’pchiligi bu sohani birinchi qarash bo’yicha yoritmoqdalar.
A.G’ulomov o’zbek tili faktlaridan kelib chiqqan va dunyo tilshunosligidagi turli qarashlarni inobatga olgan holda matnning tabiati va mohiyatini aniq ko’rsatib bergan. Mazkur olti bandda birma-bir qayd etilgan qoidalar matnning asosiy umumiy xususiyatlarini o’z ichiga olgan.
M.To’xsonov o’zining nomzodlik dissertatsiyasida makromatn va mikromatnni farqlagan holda o’zbek tilidagi mikromatn tarkibidagi unsurlarni bog’lovchi vositalar sistemasini tadqiq etgan6.Bu ish o’zbek tilshunosligidagi mikromatn va uning monografik aspektda o’rganishga bag’ishlangan dastlabki tadqiqotlardan ekanligi bilan diqqatga sazovordir.
O’zbek tilshunosligida matn lingvistikasi bo’yicha umumlashtiruvchi, ta’limiy xarakterdagi ilk ishlardan biri A.Mamajonov tomonidan yaratilgan. Uning filolog-talabalar uchun mo’ljallangan “Tekst lingvistikasi” nomli maxsus kursida matn haqidagi ilmiy qarashlar tahlil etilgan, matn tushunchasining mohiyati, tiplari va birliklari, bu birliklarning bog’lanishi va bog’lovchi vositalari, matn birliklariaro sinonimiya, sintaktik-stilistik figuralar masalalar bayon qilingan7.Keyinroq shogirdi M.Abdupattoyev bilan hamkorlikda nashr yettirgan “Matn sintaksisi” nomli o’quv qo’llanmasida matnning struktur-semantik va stilistik jihatlari, matn birliklaridagi tema-rematik munosabat atroflicha tahlil qilingan, tegishli xulosalar umumlashtirilgan8
N.Turniyozovning “Matn lingvistikasi” nomli qo’llanmasi ham ana shunday ta’limiy xarakterdagi ishlardan bo’lib, unda tegishli o’quv rejasiga muvofiq matn haqida umumiy ma’lumot, mikro va makromatn tushunchalari, matn uzvlari orasidagi turli munosabatlar kabi ilmiy mavzular bo’yicha ma’lumotlar berilgan9.Matn muammolari bilan jiddiy shug’ullangan o’zbek tilshunoslaridan yana biri M.Hakimovdir. U asosiy maqsadi“ ilmiy matn va uning birliklari orasidagi mazmuniy munosabatni ifoda etuvchi bog’lovchilar, ularning o’ziga xos xususiyatlari va vazifalarini aniqlashga yo’naltirilgan ishlarga hissa qo’shish, ilmiy matnda muallifning xususiy munosabati hamda uning turlarini belgilash”dan iborat bo’lgan nomzodlik dissertatsiyasida o’zbek ilmiy matnining sintagmatik va pragmatik xususiyatlarini boy faktik materiallari asosida batafsil tadqiq etgan10.
M.Hakimov o’zbek tilidagi matnning pragmatik talqiniga bag’ishlangan doktorlik dissertatsiyasida esa matnni lingvistik pragmatika, G’arb falsafiy tilshunosligida shakllangan nutqiy akt nazariyasidan kelib chiqqan holda o’rgangan va matnda ochiq va yashirin ifodalanadigan mazmunlarning o’ziga xos qonuniyatlarini ko’rsatib bergan, ularning semantik, sintaktik, presuppozitsional va pragmatik mexanizmlariga daxldor qoidalarni konkretlashtirgan.
Keyingi yillarda o’zbek tilshunosligida matn masalasining u yoki bu jihati tadqiqiga daxldor bir qator ilmiy maqolalar ham e’lon qilindi11.Matn mummaolarini o’rganish va uning yaxlit ilmiy nazariyasini yaratishning xorijdagi faollaridan biri nemis tilshunosi R.Harveg 1974 yilda matn lingvistikasining tilshunoslikda to’liq asoslanishi uchun kamida yuz yil kerak bo’lishini ta’kidlagan edi12.Ammo bugun bu gapning aytilganiga hali 40 yil ham bo’lgani yo’q. Lekin butun dunyoda muntazam va qizg’in olib borilgan jiddiy ilmiy izlanishlar, tadqiqotlarning tabiiy natijasi o’laroq “matnlingvistikasi” (“matn nazariyasi”) nomi bilan bo’ladimi yoki “matn grammatikasi” (“matn sintaksisi”) nomi bilan bo’ladimi, baribir, shunday bir yo’nalish alohida fan va o’quv predmeti sifatida shakllanganligi keng e’tirof etilgan va buni hech kim inkor qilmaydi.
“Matn lingvistikasi” (“matn nazariyasi”) nomi bilan bo’ladimi yoki “matn grammatikasi” (“matn sintaksisi”) nomi bilan bo’ladimi, baribir, shunday bir yo’nalish alohida fan va o’quv predmeti sifatida shakllanganligi keng e’tirof etilgan va buni hech kim inkor qilmadi. Demak, shunga ko’ra, tilshunoslikda matnga doir yaratilgan tadqiqotlarni uch katta guruhga bo’lish mumkin: a) matnning formal-grammatik va ma’no qurilishiga oid ishlar; b) matnni turlicha idrok qilishga sabab bo’ladigan matn qurilishining shakliy va konseptual xususiyatlari tahliliga bag’ishlangan ishlar; v) matnning o’zini idrok qilishga oid ishlar. Yana shuni ta’kidlab aytish mumkinki, bugungi kunga kelib matnni o’rganishning yigirmadan ortiq usullari, metodlari ishab chiqilgan va ular tilshunoslik fanida keng qo’llanmoqda. Ulardan biri o’zbekcha matnlarni statistik usulda o’rganishdir. Matnni o’rganishning bu usuli haqida B.Yo’ldoshevning “Matnni o’rganishning lingvostatistik metodlari” uslubiy qo’llanmasida izchil fikrlar bildirilgan bo’lib, unda turli vazifaviy uslubdagi matnlarni statistik metodlar asosida o’rganish usullari, ko’rinishlari, chastotali lug’atlar va ularni yaratish tamoyillari bayon qilingan13.Matnni o’rganishning lingvostatistik metodlarini tahlil va tatbiq qilish ham matn lingvistikasining dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bu borada samarqandlik olimlar S.Karimov, B.Yo’ldoshev, D.O’rinboyevalarning tadqiqotlari e’tiborga sazovor.
Tilshunoslikda matnni psixolingvistik jihatdan o’rganish ham o’ziga xos tarixiga ega. Ayniqsa, tilshunoslar I.Lisakova, A.A.Leontyev, N.S.Evchik, A.Shtern, T.A.Drozdovalarning bu boradagi tadqiqotlari diqqatga sazovor.2 Bu yo’nalishdagi ishlarda matnning yaralishi va tushunilishi (pertseptsiyasi) bilan bog’liq jarayonlar, ya’ni inson psixologiyasi va matn yaratish qobiliyati o’rtasidagi bog’liqligi masalalari ko’rib chiqiladi14.
O’zbek tilshunosligida ham bu yo’nalishda ishlar yuzaga kelmoqda.Xususan, I.Azimovaning nomzodlik dissertatsiyasida psixolingvistikadagi matnning mazmuniy pertseptsiyasiga oid umumnazariy qarashlar sharhi berilgan, matnni tushunishga ta’sir etuvchi lingvistik va ekstralingvistik omillarni psixolingvistik tajribalar asosida tadqiq etilib, matnni tushunish jarayonining darajalari ko’rsatilgan, shuningdek, ishda matnning mazmuniy pertseptsiyasidagi birliklar aniqlanib, ularning formal-semantik xususiyatlari tahlil qilingan15.
Matn lingvistikasining yana bir muhim tarmog’i – badiiy matnni tadqiq qilish yo’nalishi ham, aytish mumkinki, o’zbek tilshunosligida yuqori darajada taraqqiy qilgan.Bu yo’nalishda M.Yo’ldoshev badiiy matnni lingvopoetik tahlil qilishga bag’ishlangan doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Mazkur doktorlik ishida badiiy matnda tilning estetik vazifasining namoyon bo’lish tarzi o’zbek adabiyotining eng sara asarlari misolida tahlil qilingan, badiiy matnning mazmuniy turlari hamda intertekstuallik muammosi faktik materiallar asosida tasnif va tavsif qilingan, badiiy matnni lingvopoetik tahlili tamoyillari ishalb chiqilgan, shuningdek, badiiy matnning shakllanish tarzi va unda ishtirok etuvchi lisoniy omillar o’rganilib, badiiy matnda fono-grafik, leksik, morfologik va sintaktik vositalarning poetik aktuallashish mexanizmlari tadqiq etilgan16.
S.Boymirzayevaning doktorlik ishi matn hodisasi mazmuniy tuzilishining kognitiv mohiyatini monografik tadqiq qilishga bag’ishlangan. Ishda matn hodisasining kommunikativ-pragmatik xususiyatlarini tadqiq etilgan, uning mazmunini shakllantirishga xizmat qiluvchi modallik va temporallik kategoriyalarining matn mohiyati bilan uzviy aloqadorligi ko’rsatib berilgan hamda matn mazmuni shakllanishining ijtimoiy hodisa ekanligi, uning muallif va retsipient ishtirokida kechadigan lisoniy kognitiv faoliyat mahsuli ekanligi ochib berilgan17.
Sh.Turniyazovaning nomzodlik ishi matn shakllanishining derivatsion xususiyatlari tadqiqiga bag’ishlangan bo’lib, unda mikromatn va uning turlari haqida mulohaza bildirilib, unda oddiy grafema (nutqda tovush), so’z va so’z birikmalari ham matn maqomida kelishi mumkinligi dalillangan, mikrova makromatnlar voqelanishining derivatsion xususiyatlari ilmiy talqini berilgan, matn komponentlarining va umumiy matn strukturasining derivatsion xususiyatlari yoritildi va bunda derivatsiya operatori vazifasida keluvchi semantik omil hamda leksik vositalar, matn komponentlarining pog’onali munosabati xususida fikrlar bildirilgan18.
Sh.Haydarovning “Badiiy matnda partsellyativ konstruktsiyalarning qo’llanilishi ” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi ham matn lingvistikasining tarkibiy qismi, o’rganish ob’ektlaridan biri bo’lgan partsellyativ konstruktsiyalar tadqiqiga bag’ishlangan19.
Ishda partsellyativ konstruktsiyalar badiiy matn materiallari asosida lingvopoetik tadqiq qilingan, partsellyativ konstruktsiyalarning mohiyati, ularning ilova va boshqa konstruktsiyalardan farqli belgilari badiiy matndan olingan misollar asosida izohlanib, partsellyativ konstruktsiyalarning og’zaki va badiiy nutqqa xoslanishi, ularning o’ziga xos tomonlari tahlil etilgan hamda partsellyativ konstruktsiyalarning voqelanishiga ko’ra tasnifi ishlab chiqilib, partsellyativ konstruktsiyalar grammatik va lingvopoetik jihatdan tavsiflangan. Ko’rinadiki, matn lingvistikasi yuzasidan turli yo’nalish va aspektlarda tadqiqotlar olib borilgan va olib borilmoqda.
Bugungi kunda fanlarning integratsiyalashuvi natijasida sohalar orasidagi chegaralar ancha nisbiy bo’lib qoldi.D.Xudoyberdiyevaning “Matnning antropotsentrik tadqiqi“ nomli monografiyasi fanlarning anashu integratsiyalashuvi natijasida yuzaga kelgan deyish mumkin20. Ishning ahamiyatli tomoni shundaki, muallif antropotsentrik tilshunoslikning vujudga kelishi va rivojlanishi, matn tadqiqiga oid ishlar va ularda yaratuvchi shaxsga e’tiborning qaratilishi, matn talqini va shaxs omili masalalari, “ til egasi “ tushunchasining hozirgi tilshunoslikdagi talqini, matn yaratilishi va uning idroki bilan bog’liq muammolar haqida ma’lumot berilgan.
Matnni tadqiq qilishning kelajakda yanada yangidan-yangi sohalari kashf etiladi, albatta.



Yüklə 107,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin