O‘zbek modeli o‘zining nazariy va amaliy jihatlariga ega.
Bozor munosabatlariga o‘tishning besh tamoyili:
O‘zbek modelining asosiy tamoyillari O‘zbek modelining asosiy tamoyillari Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan mustaqillikning dastlabki yillarida ishlab chiqilgan. U jamiyatimiz hayotini har tomonlama isloh etish va bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin, adolatli demokratik davlat qurishning strategik yo‘lidir.
Mamlakatimiz o‘zining ana shu maqsadlariga erishish uchun taraqqiyotning o‘ziga xos yo‘lini tanladi. Milliy istiqlol g‘oyasi ana shu yo‘ldan borayotgan xalqimizni pirovard maqsadlarga yetaklaydi, taraqqiyotning o‘zbek modelini amalga oshirishga yordam beradi. Taraqqiyot modeli deb, muayyan davlat tomonidan bir ijtimoiy tuzumdan ikkinchi ijtimoiy tuzumga o‘tish yoki biron-bir jamiyatdagi umrini o‘tab bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni zamonaviy talablar asosida isloh etish borasida tanlab olingan rivojlanish yo‘liga aytiladi.
O‘zbekiston tanlab olgan taraqqiyot yo‘li bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o‘tishni ta’minlab beradigan taraqqiyot modeliga misol bo‘la oladi. Dunyoda bu borada ancha tajriba to‘plangan. Masalan, yaponlarning Ikkinchi jahon urushidan keyingi taraqqiyot yo‘li davlat tuzumi – monarxiyani saqlab qolgan holda, jamiyatdagi hukmron munosabatlarni zamonaviy talablar asosida isloh etish modeliga misol bo‘la oladi.
O‘zbekistonning sobiq ma’muriy-buyruqbozlik tuzumidan bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan erkin, demokratik jamiyatga o‘tishining o‘ziga xos va mos yo‘li – jahonda o‘zbek modeli deb tan olingan rivojlanish yo‘lidir. Uning asosiy mazmuni jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki bosqichma-bosqich, ya’ni tadrijiy ravishda isloh etishni nazarda tutadi.
O‘zbek modeli o‘zining nazariy va amaliy jihatlariga ega. U nazariya, ya’ni ta’limot sifatida mamlakatimizning salohiyati va keng imkoniyatlaridan, tabiiy boyliklari, aholisining ongi, bilimi va yaratuvchilik mahoratidan kelib chiqqan holda rivojlantirish tamoyillarini belgilab beradi. Oddiy til bilan aytganda, o‘zbek modeli nazariy jihatdan bizning o‘zimizga xos va o‘zimizga mos yo‘limizni asoslaydi.
Amaliy faoliyat dasturi sifatida esa bu model islohotlarning huquqiy negizini yaratish va mustahkamlashga qaratilgan aniq siyosatni bugungi sivilizatsiya sharoitida qanday yuritish yo‘lyo‘riqlarini tavsiya etadi. Uning amaliy jihati boshqaruv, tashkilotchilik ishlari va aniq ijro mexanizmini o‘zida aks ettiradigan va ularning ijrosini ta’minlaydigan farmonlar, qarorlar, davlat dasturlarini qabul qilishni hamda investitsiya, soliq, moliya-kredit, iqtisodiy siyosatni amalga oshirishni nazarda tutadi.