1
4-mavzu. O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol
va taraqqiyot yo‘li.
Reja:
1. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi. «O‘zbek modeli» va
uning o‘ziga xos xususiyatlari.
2. O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi:
yangilanish va
taraqqiyot yo‘li.
3. O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya
asoslari.
4. O‘zbеkiston Rеspublikasi davlat ramzlari va Konstitutsiyasining qabul qilinishi.
Tayanch so‘z va iboralar: Islohot, «O‘zbek modeli», strategiya, davlat
ramzlari. Konstitutsiya.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли. – Т.:
Ўзбекистон, 1992.
2. Каримов И.А. Ўзбекистан XXI асрга интилмоқда. – Т.: Ўзбекистон, 1999.
3. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини
биргаликда барпо этамиз. – Т.: Ўзбекистон, 2016.
4. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон
манфаатларини таъминлаш
юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. −Т.: Ўзбекистон, 2017.
5. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. – Т.: Ўзбекистон, 1992; 2018.
6. Саидов А. Ўзбекистон Конституцияси тарихи. – Т.: TASVIR, 2018.
7. Shamsutdinov R. Mo‘minov X. O‘zbеkiston tarixi. –T.: Akademnashr, 2019.
8. Ўзбекистон мустақиллик йилларида. – Т.: Ўзбекистон, 1996.
9. O‘zbеkiston tarixi / R.H. Murtazayеva umumiy tahriri ostida. – T.: Yangi asr
avlodi, 2005. –B.423-426.
10. Ўлмасов А., Вахобов А. Иқтисодиёт назарияси. – Т.: Шарқ, 2006.
11. Ўзбекистоннинг янги тарихи. Учинчи китоб. Мустақил Ўзбекистон
тарихи. – Т.: Шарқ, 2000.
12.
https://lex.uz/symbols
- Ўзбекистон Республикасининг Давлат рамзлари.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, dunyodagi hamma mamlakatlar uchun
maqbul bo‘lgan bir xil taraqqiyot yo‘li, bir xil andoza bo‘lishi mumkin emas.
Hozirda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning turli modellari mavjud bo‘lib, ular barcha
mamlakatlarni bitta manzilga – erkin bozor iqtisodiyoti tizimiga olib keladi.
Ammo, bozor munosabatlari shakllanishining sotsial – iqtisodiy, tarixiy,
milliy va
xalqaro sharoiti har xil bo‘lganligi tufayli, unga o‘tishning milliy xususiyatlari ham
mavjud bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan biror mamlakatning taraqqiyot yo‘lini yoki
taraqqiyot modelini borligicha qabul qilib bo‘lmaydi. Natijada o‘ziga xos yo‘lni
tanlash muhim hisoblanadi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng kun tartibida jahon
andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub
islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy
tizimni yaratish vazifasi turardi. Chunki sobiq sovet Ittifoqi tuzumga xos ijtimoiy
2
munosabatlar
va jarayonlar, jumladan, unda amal qilgan va markazlashgan
ma’muriy boshqarish tizimiga asoslangan iqtisodiyot endilikda barpo qilinajak
yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik,
mulkka egalik va uni
boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlatning ijtimoiy-
iqtisodiy hayotini barqaror izga solishga qaratilgan ob’ektiv zaruriyat yuzaga keldi.
Natijada mustaqillik yillarida mamlakat taraqqiyot uchun O‘zbekistonda bozor
munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘lini ishlab chiqish va bu yo‘lda tub
islohotlarni belgilash zarurati yuzaga keldi. Mamlakatimiz taraqqiyot yo‘lini ishlab
chiqishiga O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.
Karimov
boshchilik qildi.
Islom Karimov o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining navbatdan tashqari 1992 yil 4 yanvardagi IX sessiyasida so‘zlagan
dasturiy nutqida hamda 1992 yil avgust oyida nashr etilgan «O‘zbekistonning o‘z
istiqlol va taraqqiyot yo‘li» asarida O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini har
tomonlama puxta belgilab berdi. Mazkur asarda yangilangan jamiyatda yashovchi
kishining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini kafolatlovchi yo‘llar
ko‘rsatib berildi. Jumladan,
siyosiy sohada bu:
- xalq ham bevosita, ham o‘z vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga
oshirishda to‘liq ishtirok etishi lozimligini;
- hokimiyat bo‘linishining jahon
tan olgan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi
va sud hokimiyatiga bo‘linish tamoyilini joriy etish asosida demokratiyani
chuqurlashtirish hamda milliy davlatchilikni barpo qilishni;
- jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralarining tuzilmasini tubdan
yangilashni;
- barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy
tengligini va qonunning
ustunligini ta’minlashni;
- bir mafkuraning, bir dunyoqarashning yakka hokimligidan voz kechish,
siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olishni;
-
demokratiyaning
qonuniy
tarkibi
sifatida
ko‘ppartiyaviylikni
shakllantirishni;
- O‘zbekistonda tug‘ilib, uning zaminida yashayotgan, mehnat qilayotgan
har
bir kishi, milliy mansubligi va e’tiqodidan qat’i nazar respublikaning teng
huquqli fuqarosi bo‘lishga erishishni bildiradi.