6
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i — bayroqning butun uzunligi
bo‘ylab o‘tgan to‘q
moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib
topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir.
O‘zbekiston
Respublikasi
Davlat
bayrog‘ining
uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng.
Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir
xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. O‘zbekiston
Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘rtasidagi
oq rangli
enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan.
Bayroqdagi moviy rang-mangu osmon va musaffo suv ramzidir.
Yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviy rang
Sharqda azaldan qadrlanadi, o‘z vaqtida buyuk Amir Temur ham o‘z bayrog‘iga bu
rangni tanlagan. Oq rang – tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o‘z
yo‘lida baland dovonlardan oshib o‘tishi kerak. Bayrog‘imizdagi oq rang
yo‘limizning musaffo va charog‘on bo‘lishi uchun yaxshi niyat ramzidir.
Qizil
yo‘llar – bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, tiriklik
ramzidir. Yashil rang – serne’mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda
butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish
harakatlari keng yoyilmoqda, uning
ramzi ham yashil rangdir. Yarim oy – O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik
an’analariga muvofiq keladi. Yarim oy va yulduzlar – musaffo osmonning va
tinchlikning ramzlaridir. Bayrog‘imizda 12
yulduz tasviri bor, bu o‘lkamizda
qadimdan buyon barkamollik, mukammallik timsoli hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i Nyu-York shahrida
joylashgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida dunyodagi suveren
davlatlar bayroqlari qatorida turibdi. O‘zbekiston bayrog‘i xorijiy mamlakatlarda
Prezidentimiz boshliq davlat delegatsiyasini
qabul qilish marosimlarida, chet el
davlat delegatsiyalarini O‘zbekistonda qabul qilish marosimlarida ko‘tariladi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i doimiy ravishda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti qarorgohlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalari, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi, respublika davlat
boshqaruvi organlarining va boshqa ob’ektlar binosi tepasiga ilib qo‘yilgan.
O‘zbekiston sportchilari jahon sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib,
shohsupaga ko‘tarilgan paytlarda ham O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tariladi. Shu
boisdan mamlakatimizda va jahon uzra O‘zbekiston bayrog‘ining ko‘tarilishi, bir
tomondan, davlatimiz shon-shuhratini ko‘tarsa, ikkinchi tomondan, barchamizga
quvonch, faxrlanish, g‘urur bag‘ishlaydi.
1992-yil 2-iyul O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 8
moddadan iborat bo‘lgan
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi
Dostları ilə paylaş: