7
degan ma’noni anglatadi. Uning ichida yarim oy va besh qirrali yulduz
ifodalangan.
Quyosh tasviri – davlatimizning yo‘li hamisha nurli bo‘lishi uchun
bildirilgan yaxshi niyat timsoli. Ayni paytda u respublikamizning
noyob iqlim
sharoitini ham ko‘rsatib turadi.
Boshoqlar – rizq-ro‘zimiz bo‘lmish g‘allaning timsoli, oppoq bo‘lib
ochilayotgan paxta chanoqlari tasvirlangan g‘o‘za shoxlari – serquyosh
yurtimizning dong‘ini butun dunyoga taratgan asosiy boyligimiz ramzidir.
Bug‘doy boshoqlari va paxta chanoqlarining davlat bayrog‘iga o‘xshagan lenta
bilan o‘rab qo‘yilganligi – bu respublikada yashayotgan
xalqlar yakdilligining
timsolidir.
Gerb rangli tasvirda bo‘lib, Xumo qushi kumush rangda; quyosh, boshoqlar,
paxta chanog‘i va «O‘zbekiston» degan yozuv tillarangda; g‘o‘za shoxlari va
barglari,
vodiylar yashil rangda; tog‘lar havorangda; chanoqdagi paxta,
daryolar,
yarim oy va yulduz oq rangda; O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i
tasvirlangan lenta to‘rt xil rangda berilgan.
Gerb suveren davlatimiz ramzi sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda keng
qo‘llaniladi. O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar
bilan tuzilgan bitim va
shartnomalarida, davlatlararo aloqa va diplomatik hujjatlarda O‘zbekiston
Respublikasining davlat gerbi tasviri tushirilgan bo‘ladi. Shuningdek, gerb davlat
ahamiyatiga
molik ichki hujjatlarda, davlat korxonalari va muassasalarining
muhrlarida, o‘zaro aloqa hujjatlarida ham gerb tasviri bo‘ladi. Milliy valyutamiz –
so‘mda ham davlat gerbi o‘z ifodasini topgan.
1992-yil 10-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI
sessiyasida
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi 768-
XII sonli Qonun qabul qilindi. Davlat madhiyasining matni O‘zbekiston xalq shoiri
Abdulla Oripov, musiqasi O‘zbekiston xalq bastakori Mutal
Burhonov tomonidan
tayyorlangan.
Davlat madhiyasi davlat mustaqilligining timsoli bo‘lib, u O‘zbekiston
fuqarosida vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otadi. O‘zbekiston Respublikasining
Davlat madhiyasi jamoatchilik oldida ijro etilganida ishtirokchilar uni tik turib,
qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib kuylaydilar va tinglaydilar.
Dostları ilə paylaş: