Taraqqiyotning O‘zbek modeli


Uning to‘liq qaror topishi uchun o‘zaro mushtarak bo‘lgan quyidagi uch omil muhim ahamiyat kasb etadi



Yüklə 59 Kb.
səhifə4/4
tarix08.06.2023
ölçüsü59 Kb.
#127148
1   2   3   4
Taraqqiyotning O‘zbek modeli

Uning to‘liq qaror topishi uchun o‘zaro mushtarak bo‘lgan quyidagi uch omil muhim ahamiyat kasb etadi:

  • jamiyatning, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamraboladigan puxta va zaruratga qarab o‘zgaruvchi qonunlar majmuyining vujudga kelishi va doimiy takomillashib borishi;

  • jamiyat a’zolarining yuksak huquqiy savodxonligi va qonungaqat’iy bo‘ysunishi;

  • amaldagi qonunlarni hayotga tatbiq etishning zarur iqtisodiyshart-sharoiti,

  • siyosiy-ma’muriy va ijtimoiy mexanizmini yaratish.

To‘rtinchi tamoyil: Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish. Bunda bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda, aholini, ayniqsa, kam ta’minlangan oilalarni, bolalar va keksalarni ijtimoiy himoyalash yuzasidan tegishli choratadbirlar ko‘rish nazarda tutiladi.
Kuchli ijtimoiy siyosatning tarkibiy qism va yo‘nalishlari ko‘p. Ular orasida ijtimoiy ta’minot, yangi ish o‘rinlarini yaratish, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, madaniyat, sport va jismoniy tarbiya sohalari faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash va isloh qilish qanchalik muhim o‘rin tutsa, jinoyatchilikka qarshi kurashish, osoyishtalik va barqarorlikni ta’minlash kabi masalalar ham shunchalik dolzarbdir.
Kuchli ijtimoiy siyosat olib borish va aholining turli qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish o‘zbek modelining insonparvarlik mohiyatini belgilovchi tamoyillardan biridir.
Beshinchi tamoyil: Bozor iqtisodiyotiga tadrijiy asosda, puxta o‘ylab, bosqichmabosqich o‘tish. Bu jarayon islohotlarning huquqiy asoslari va kafolatlarini vujudga keltirishni, aholini ijtimoiy himoyalash va ularda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish bilan birga olib borishni nazarda tutadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish, yangi jamiyat barpo etish uzoq davom etadigan tarixiy jarayon bo‘lib, u faqat tegishli mavjud ishlab chiqarish va faoliyat tuzilmalari va huquqiy asosni yaratishnigina emas, shu bilan birga, qadriyatlar tizimida chuqur o‘zgarishlarni, xo‘jalik faoliyatini va amaliy munosabatlarni amalga oshirishni ham ko‘zda tutadi.
O‘zbekistonda ayni shunday yo‘l tutildi. Bunday siyosat mablag‘lardan samarali foydalanish imkonini bermoqda, odamlarning safarbarligini oshirmoqda, ijtimoiy larzalarning oldini olmoqda, mulkchilik shakllarini bosqichma-bosqich rivojlantirmoqda.
Yuqorida sanab o‘tilgan tamoyillar mamlakat ichki hayotini belgilaydi. Uning tashqi siyosati, xalqaro nufuzi ham ana shu tamoyillarga tayanadi.
Mazkur chizmada ko‘rsatilgan jihatlar o‘zbek modelining tashqi iqtisodiy, siyosiy aloqalarda, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o‘rni, boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro aloqasida yaqqol namoyon bo‘ladi. Milliy istiqlol mafkurasining bu sohadagi vazifasi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi yanada ortishida ana shu tamoyillar ham nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbek modelining yana bir ustuvor xususiyati shundan iboratki, uning amalga oshirilishi mamlakatimiz ichida ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi, bozor munosabatlarining izchil joriy etilishini ta’minlamoqda.
Taraqqiyotning o‘zbek modeli xalqimizning milliy davlatchilik an’analari, qadriyatlari va o‘ziga xos ichki dunyosiga tayangan, ayni vaqtda, dunyo tajribasining ilg‘or yutuqlariga asoslanganligi tufayli xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilmoqda.
Prezident Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida mustaqillik yillaridagi ulug‘vor ishlar haqida fikr yuritar ekan, «... biz bugungi kunda butun dunyoda o‘zbek modeli sifatida tan olingan taraqqiyot modelini ishlab chiqdik. Bu modelning asosiy tamoyillari — ya’ni, iqtisodning siyosatdan xoli ekani, davlatning bosh islohotchi bo‘lishi, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat, islohotlarni tadrijiy asosda bosqichma-bosqich amalga oshirish prinsiplari barchamizga yaxshi ayon», deb ta’kidlaydi.
Xullas, milliy istiqlol g‘oyasi mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati va taraqqiyotning o‘zbek modeli bilan uzviy bog‘liqdir. Mustaqillikni mustahkamlash, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish jarayonida bu g‘oya xalqimizni shu maqsadlar yo‘lida uyushtiruvchi ulkan omil bo‘lib qolaveradi.
Adabiyotlar:
1. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy xususiyatlari, falsafiy va tarixiy ildizlari. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent 2001 y.
2. G’oya va mafkura. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent - 2001 y.
3. Milliy istiqlol g’oyasini xalqimiz ongiga singdirish omillari va vositalari. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent 2001 y.
4. Markaziy Osiyo: g’oyaviy jarayonlar va mafkuraviy tahdid. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent — 2001 y.
Yüklə 59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin