Ishning umumiy tavsifi…………………………………………………………. I bob. Matn va uning til tizimida tutgan o’rni 1.1. Matn tilshunosligi va uning shakllanishi..........................................................
1.2. Matn va uning lisoniy mohiyati........................................................................
1.3. Matn birliklari...................................................................................................
1.4. Matn va uning turlari.........................................................................................
II bob. Matn va uni tahlil etish tamoyillari 2.1. Fonetik tahlil.......................................................................................................
2.2. Matnning leksik-semantik tahlili…....................................................................
2.3. Matnning sintaktik tahlili..................................................................................
Ishning umumiy tavsifi. Mavzuning dolzarbligi. Aytish joizki,tilshunoslik fani bugungi kunda tilning barcha sohalarida ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdi.Tilda bir qator yangi yo’nalishlarning maydonga kelishi (kompyuter lingvistikasi, psixolingvistika, matematik lingvistika, sotsolingvistika va boshq.) va ularni tadqiq etish bilan bog’liq holda yaratilgan ilmiy tadqiqotlarning ko’lami ham bundan dalolardir.Xususan, bitiruv malakaviy ishimiz ob’yekti hisoblangan “Matn tilshunosligi” ham tilshunoslik sohasidagi yangi yo’nalishlardan biri sanaladi.Matn va uning tabiatini o’rganishga bag’ishlangan tadqiqotlar XX asr oxirlariga kelib paydo bo’ldi. Matn tilshunosligi masalalari juda ko’plab tilshunoslarning e’tiborini tortgan masalalardan biridir. Jumladan, dunyo tilshunosligida V.Matezius,I.Galperin, L.Loseva, O.Moskalskaya, K.Abdullayev, o’zbek tilshunosligida bu borada R. Qo’ng’urov, I. Qo’chqortoyev, Q. Samadov, N.Mahmudov, M.Yo’ldoshev,X.Doniyorov,E. Qilichev, S. Karimov, B.Umurqulov kabi olimlar matn haqida o’zlarining muhim fikrlarini ilgari surganlar.
Bugungi kunda matnning maqomi,uning til sistemasida tutgan o’rni, matnni lingvistik tahlil qilish masalalari,shuningdek, matnni nutqiy jarayon deb atash lozimmi yoki matnni nutqiy jarayonning natijasi sifatida talqin etish kerakmi,matnni og’zaki nutq bilan yoki yozma nutq bilan bog’lab o’rganish kerakmi degan masalalar xususida ham turlicha qarashlar mavjud.Ana shu masalalarni o’rganish va tahlil etish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.