Yangi mavzu bayoni O’qituvchining ma’ruzasi: Elektr o’tkazgich simlarini tarmoqlash tarmoqqa elektr iste’molchilarini qo’shish maqsadida amalga oshiriladi.
Maishiy elektr asboblarining hammasi elektr tarmog’iga shtepsel rozetkasi orqali ulanadi. Tarmoqlashda ikkala simning 30mm qismidagi izolatsiyasi olib tashlanadi(73-rasm,a). Biriktiriladigan simlarning uchlaridan 50mm izolatsiyasi olib tashlanadi(73-rasm,b). Tarmoqlanadigan o’tkazgichlar bir- biriga perpendikular holatda izolatsiya bilan 6mm oraliqqa qo’yiladi(73-rasm,c) va o’ng qo’l barmoqlari bilan ikkinchi simning ustiga 4-5 marta o’raladi(73-rasm,e). O’tkazgichlar tarmoqlangan joyni elektr kovya bilan kavsharlanadi va izolatsiyalanadi.
Elektrotexnika ishlarida viklyuchatel, patron, shtepsel vilkasi va boshqa qurilmalari ishlatiladi(74-77-rasmlar).
Elektr viklyuchatel asboblarni elektr tarmog’iga ulash vauzishda qo’llaniladi. Konstruktsiyasiga ko’ra ular bir necha turga bo’linadi(74-rasm). Elektr patron yoritish lampasini elektr tarmog’iga ulashda ishlatiladi. Patronlar ham bir necha xil bo’ladi(76-rasm).
O’qituvchi tomonidan sohaga oid kasb-hunarlar to’g’risida ma’lumotlar beriladi.
R a s m l a r 73, 74, 75, 76, 77.