O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazi



Yüklə 33,15 Kb.
səhifə1/9
tarix06.06.2022
ölçüsü33,15 Kb.
#60817
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-sinf o\'quv amalyoti



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI HUZURIDAGI
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI


INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

Toshkent-2021
UQTIRISH XATI

Bugungi kunda ta’lim tizimida tarbiya va bilim olayotgan har bir yosh kelajagimiz yuksak texnologiyalar va raqamlashtirilgan axborot muhitida ulgayib o’sishi, ta’lim olishi va kasb egasi bo’lishi uchun muhim ko‘nikmalarni shakllantirish asosiy masalalardan biri bo‘lib qoldi.


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari so‘nggi yillarda jamiyatni o‘zgartirdi. Shu bilan birga katta mehnat migratsiyasi, rivojlanmagan ijtimoiy infratuzilma qashshoqlik va ishsizlikning yuqori darajasi, infratuzilmaning eskirganligi, kadrlar kompetensiyalarining kasbiy rivojlanish strategik maqsadlariga nomuvofiqligi, intellektual mulkni himoya qilish muammolari, oliy ma’lumot olish imkoniyatlarining, yuqori texnologiya va ilm-fanga asoslangan ishlab chiqarishning rivojlanmaganligi, malakali xodimlarning yetishmasligi, o‘rta bo‘g‘in rahbar va xodimlarning past darajadagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari AKTdan foydalanish malakasi, ishchilarda mehnatga nisbatan rag‘batning kamligi, ishchi va muhandis-texnik kasblar obro‘sining tushgani, eskirgan ish usullaridan foydalanish kabi muammolar o‘z yechimini kutmoqda.
Xususan, jamiyatda kutilayotgan raqamli texnologiyalar sharoitida umumta’lim maktablarida “Informatika va AT” fanini o‘qitish o‘quvchilarda kreativ axborot-kommunikatsion kompetensiya, innovatsion ko‘nikmalarni shakllantirish, ularda maktabdan keyingi ta’lim bosqichi yoki mustaqil hayotga qadam qo‘yishda zarur bo‘ladigan tayanch kompetensiyalar va dunyoqarashlarni shakllantirishda asosiy yechim bo‘lib xizmat qiladi.
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘zlashtirgan umumta’lim maktablari bitiruvchilari mustaqil hayot va ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida innovatsion tadqiqot va hayotiy muammolarni yechish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, bir so‘z bilan aytganda kreativ va innovatsion, yuqori raqobatbardosh dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishda “yetakchi” rolni bajarishi zarur.
Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, AQSh, Isroil, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida ham “Informatika va axborot texnologiyalari” fani umumta’lim makablarining asosiy bo‘g‘ini hisoblanib, jahon bozoriga malakali mutaxassislar tayyorlashning muhim bosqichlari va tashkil etuvchilaridan biri deb qaraladi.

Yüklə 33,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin