Reja 1 Ijtimoiy pedagogika fanining maqsad va mazmuni
2.Ijtimoiy pedagogika fanining vazifalari.
3. O`zbekistonda ijtimoiy pedagogika fani paydo bo`lishining shart-sharoitlari
.
O’quv mashg’ulotining maqsadi : Ijtimoiy pedagogika faniga kirish va fan oldida turgan
dolzarb vazifalar to’g’risidagi bilimlarni shakllan-tirish.
O’quv faoliyatining natijasi: Ijtimoiy pedagogika fanining maqsad mazmuni fan oldida
turgan dolzarb vazifalar izohlab berildi
2-Ilova
Baholash mezoni va ko’rsatkichlari Guruhlar Savolning to’liq va aniq yoritilishi 0-5 ball Misollar bilan muammoga yechim topishi 0-5 ball Guruh a’zolarining faolligi 0-5 ball Jami ball 15 – 13 ball – «a’lo».
12 – 10 ball – «yaxshi».
9 – 6 ball – «qoniqarli».
3-ilova
Ijtimoiy pedagogika Jamiyat tarbiyasi bu ijtimoiy tarbiya deganidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari bilan esa
ijtimoiy pedagogika shug’ullanadi.
Ijtimoiy pedagogika — bu pedagogik fanlarning muxim yo’nalishlaridan biri, uning tadqiqot
obe’kti shaxs bo’lib, u aniq manzilga ega. Ya’ni ijtimoiy pedagogikaning obekti jamiyatdagi
barcha shaxslar emas, balki ijtimoiy xayotda adashgan, odob-axloq, me’yorlaridan og’ishgan,
ijtimoiy pedagogik yordamga muxtoj shaxslar, shuningdek, jamiyat a’zolarining ongini
tarbiyalashdan iboratdir. Ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa — bolaning ijtimoiylashuvi
jarayonidir.
Ijtimoiy pedagogika — bu shaxslarning ijtimoiylashuvi hamda ularga ijtimoiy ta’lim va
ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o’rganuvchi pedagogika fanining tarmog’idir.
SHaxsning ijtimoiylashuvi esa — bu ma’lum jamiyatga mos bilimlar, qadriyatlar, me’yorlar,
xatti-xarakatlar tizimidan iborat ijtimoiy xayotga kirisha borish jarayonidir.
4-Ilova