142
qator ishlar amalga oshirilishidan qat'i nazar, u bilan shug`ullanuvchi maxsus fan
yo`nalishi to`liq shakllanmagan.
Ijtimoiy ish jamiyat a'zolarining bir-biriga insoniy munosabatda bo`lishini
taqozo etadi. qadim zamonlarda bu faoliyatning diniy mas'ullik, saqiylik,
xayrixohlik singari qirralari namoyon bo`lgan.
“Ijtimoiy pedagogika” ning
paydo bo`lishi jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy qayotidagi
o`zgarishlar
bilan
boqliq.
Chunki
bu
o`zgarishlar
tarbiya
jarayonini
murakkablashtirib, yoshlar tarbiyasida yangi
muammolarni vujudga keltirib, yosh
avlodning ijtimoiy shakllanish jaraynini ilmiy o`rganishni talab etmoqda.
An'anaviy pedagogika fani ta'lim muassasalari qobiqida cheklanib qolib, ijtimoiy
muhit omilining tarbiyaga bo`lgan ta'siriga yetarlicha e'tibor bermadi. Ayniqsa,
ijtimoiy tarbiyaning umumiy xarakterini chetga surib qo`ydi. Ijtimoiy pedagogika
Rossiyada o`tgan asrning 80-yillarida aloqida fan sifatida shakllandi. Mustaqil
yurtimizda esa uning ma'lum qirralari yoritilgan bo`lishiga qaramasdan bu
yo`nalish bo`yicha hali aloqida tadqiqot ishlari yuzaga chiqqanicha yo`q. Bu fan
qar
bir jamiyatning, har bir mamlakatning, qar bir millatning ijtimoiy qayoti va
milliy psixologiyasi bilan bevosita boqliq. Shu nuqtai nazardan mazkur fanni
turmush pedagogikasi, deyish ham mumkin.
Turmush -shaxsning jamiyatda o`z o`rnini topishini taqozo qiladi. Biz ta'lim
tarbiya muassasalari va ulardan tashqari, ya'ni har kungi ijtimoiy hayotimiz orqali
tarbiyaviy ta'sir ko`rsatish asosida barkamol, komil insonni
voyaga yetkazishimiz
kerakki, toki biz tarbiyalagan shaxs jamiyatga “kirishib keta olsin”. Ular
jamiyatdan chetda qolishi mumkin emas. Ma'lum sabablarga ko`ra “jamiyat tan
olmagan”, “sotsiumga kirisha olmagan” shaxslarning o`z yo`lini topib ketishi
uchun ijtimoiy faoliyat talab etiladi. Ushbu muammo dolzarb kasb etib, Rossiyada
1960-1970 yillardayoq shunday ijtimoiy-pedagogik faoliyatga yo`naltirilgan
mutaxassislarni tayyorlash bo`yicha ishlar olib boriladi.
Jumladan, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, uy-
joy kommunal xizmati tashkilotchisi, maktabdan tashqari muassasalar xodimlari,
yotoqxona, maktab klublari xodimlari singari kadrlar faoliyat olib borishdi, qator
chet mamlakatlarda esa 1970-1980 yillarda ijtimoiy talab-bu muammoni hal
etishning yangi darajalarini vujudga keltirdi.
Amaliyotda ijtimoiy pedagogik va yoshlarning yashash komplekslarida, turli
yoshdagi xodimlardan iborat birlashmalarda ijtimoiy
pedagogik tajribalarni
to`plash ishlari shakllantirilgach, maktablarning ijtimoiy institutlar bilan
qamkorligi o`zgardi. Shu asosda ijtimoiy muqitni pedagoglashtirish jarayoni
intensiv tarzda rivojlanib bordi. Lekin bu boradagi kadrlar masalasi muammo
bo`lib qolaverdi. Buning ustiga tarbiya ishlari bilan faqat maktab, boqcha kabi
ta'lim-tarbiya maskanlari shuqullanadi,-degan fikr jamiyat a'zolari ongida o`rnashib
qolgan. Demak, ta'lim tarbiya bilan shuqullanuvchi fanlar va o`quv
muassasalaridan farqli o`laroq ijtimoiy pedagogika ijtimoiy
hayotimizning barcha
jabqalari bilan boqliqdir. Shuning uchun ham u juda ko`plab fanlar bilan uzviy
bog`liq.
Ularning asosiylari quyidagi jadvalda aks ettirilgan..
Pedagogika-Psixologiya-Sotsiologiya
143
IJTIMOIY
PEDAGOGIKA Tibbiyot-Biologiya-Geneologiya
Filosofiya-Mantiq-Iqtisod
Tarix-Etnografiya-huquq
Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy fan sifatida barcha ijtimoiy fanlar bilan
uzviy bog`langan. Barcha ijtimoiy fanlar inson xulq-atvorining turli tomolarini
o`rganadi.
Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy psixologiya, sotsiologiya, antropoligiya,
tarix, iqtisod, siyosatshunoslik fanlari bilan hamkorlikda
boyib va rivojlanib
boradi.
Ijtimoiy psixologiya jamiyatimizda shaxslararo munosabatlarning tabiati
va qonuniyatlarini o`rganuvchi fan sifatida o`zining nazariy tamoyillarini
amaliyotga tadbiq etadi va shu orqali yangicha mazmundagi demokratik
munosabatlarning jamiyatning har bir jamoasida, oilasida va fuqarosida qaror
topishiga, yoshlarda yangicha fikrlashni va dunyoqarashni shakllantirish
jarayoniga ko`maklashadi.
Sotsiologiya insonning ijtimoiy
turmushini, guruh va jamiyatni o`rganadi.
Ijtimoiy mavjudot bo`lgan odamlarning xulq-atvori uning predmetidir.
Antropologiya- odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, odamzot
irqlarining
paydo
bo`lishi,
odamning
tana
tuzilishidagi
farq-tafovut,
o`zgaruvchanlik haqidagi fan.
Antropoligiyaning muhim sohasi- odam organizmining tuzilishi va
rivojlanishiga ta'sir qiladigan fiziologik. Biokimyoviy va genetik omillarini
o`rganadigan bo`limi- «Odam biologiyasi» degan umumiy nom bilan XX asr
o`rtalaridan boshlab rivojlandi.
Siyosatshunoslik jamiyatning siyosiy hayoti va siyosiy munosabatlarida
ro`y
beradigan voqea-hodisalar, o`zgarishlarni ilmiy-nazariy jihatdan asoslab
beradi. Uning siyosiy fan sifatidagi roli va ahamiyati uning siyosiy mohiyatga
ega bo`lgan voqea-hodisalarni alohida olingan bir mamalkat doirasida emas, balki
jahonning turli
mamlakatlarida siyosiy muammolarni hal qilishida erishilgan natijalar bilan
belgilanadi.
Iqtisod fanlari esa ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari, jamiyatning
iqtisodiy turmushini o`rganishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: