Paul Natori (XX asrning 20-
yillari) umuman boshqacha ta’riflangan. U ijtimoiy pedagogik jamiyatning tarbiyaviy
kuchlarining yaqinlashtirish muammosini xalqning madaniy va axloqiy darajasini
ko’tarish maqsadida tadqiq etadi deb hisoblagan. Bunaqa tushunish yangi davrning
buyurtmasiga ko’proq mos kelgan va ijtimoiy pedagogika inson hayoti davomida
tarbiyalash haqidagi bilim sohasi ekanligini tasdiqlagan. XX asrning 60-yillarida ijtimoiy
pedagogika huquqbuzarlik sodir etgan bolalarga yordam berish, bolalar uyida tarbiya
ishlari o’tkazish maqsadidagi ijtimoiy tarbiya asosi sifatida ta’rif etilaboshladi.. Ijtimoiy
pedagogika pedagogikani rivojlanishi bilan birga chet ellarda ijtimoiy pedagogika
sohasidagi mutaxassislarning kasbga oid faoliyati ham rivojlandi. Xususan, XX asrning
70-yil Germaniyada oliy ma’lumotli pedagoglar tayyorlana boshlandi.
XX asrning50-yillariga kelib ijtimoiy pedagogika muammolarining global darajaga
yetganiga BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 20.11.1959 yil va 20.11.1989 yilda bola
huquqlari deklaratsiyasini qabul qilinganligi guvohlik beradi. Unda aloxida e’tibor
yetimlarning ijtimoiy himoyasiga, ko’p bolali oilalar, kam ta’minlangan oilalar bolalariga
ijtimoiy yordam ko’rsatishga qaratilgan.
Bizning respublikamizda ijtimoiy pedagogika an’ana va tamoyillarini tiklanishi
murakkab sharoitlarda amalga oshmoqda; davlat ta’lim standartlari, mutaxassisliklar,
darsliklar, o’quv rejalari va dasturlarning yetishmasligi, ijtimoiy muxofazaning davlat
siyosati darajasiga ko’tarilishi chet el mutaxassislari bilan yaqin hamkorlik asosida
bo’lish kerak. CHunki Germaniya, Angliya, AQSHlarda boy ijtimoiy pedagogik tajriba
mavjud.
O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi tarixi Ijtimoiy pedagogika fan sifatida respublikamiz mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng o’qitila boshlagan bo’lsa-da, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy faoliyat-