Klod Adriana Gelvetsiy (1715-1771 y) ishlarida ham tilga olingan. Ular tarbiya omillari-
muhit va pedagogik ta’sir, shaxsiy va jamiyat manfaatlarining birligi masalalaridir.
SHvetsariyalik buyuk pedagog
Iogann Genrix Pestalotssi (1746-1827 y) o’z
faoliyatida ijtimoiy pedagogik nazariyani va amaliyotni birlashtirgan va o’z mablag’lari
evaziga yetimlar uchun uylar ochgan.
XIX asr shunisi bilan xarakterliki, bu davr mobaynida ijtimoiy pedagogikaning
pedagogikadan ajralishi jarayoni sodir bo’lgan. Ikkinchi tomondan uning boshqa fanlar
psixologiya, ijtimoiyogiya, tibbiyot, falsafa kabi fanlar yaqinlashuvi bilan ham ro’y
bergan.
XIX asr ijtimoiy pedagogikaning asosiy yo’nalishlariga esa quyidagilar tegishli:
1)
ijtimoiy pedagogikaning nazariy asoslarini ishlab chiqish - bu uning fan bo’lishiga
olib kelgan. Bu yo’nalishga mafkurani ham kiritsa bo’ladi.
2)
Ta’lim sohasidagi
ijtimoiy pedagogik faoliyat . Gap ijtimoiy pedagogik ta’lim,
tarbiya maqsadi va xarakteriga ta’siri haqida ketmoqda.
3)
Xayriya va o’quv-tarbiya muassasalarining tuzilishi bo’yicha ijtimoiy pedagogik faoliyat (Bazedovning “filantroplari”, Ouenning “yangi institut” konsepsiyalari);
4)
ijtimoiy pedagogikaning harakat doirasining kengayishi , “nochor” va tanlab olingan
bolalardan tashqari unga boshqa toifadagi katta yoshdagilar ham kiradi. Asosiysi
ijtimoiy pedagogika o’z faoliyatida davlat darajasiga chiqadi va o’z sheriklari bilan birga
talablarini qonuniy rasmiylashtirishga erishiladi. XIX asrning 60-70 yillarida Germaniya,
Angliya, AQSHda ijtimoiy qonunchilik tizimlari yaratiladi.
Ijtimoiy pedagogika rivojlanishining barcha yo’nalishlarini uning eng asosiy
vazifasi-bolalarning huquqlarini himoya qilish birlashtiradi. Biroq XVIII-XI X asrlarda u
avvallari e’tiborsiz bo’lgan g’oyalar bilan to’ldiriladi. Aniqrog’i, ijtimoiy pedagogika
g’oyasi nazariyasi va amaliyotida birinchi o’ringa umuminsoniy qadriyatlar chiqadi.
Ijtimoiy pedagoglarni birlashtirib turgan boshqa muhim g’oya tarbiya va ta’limning uzviy
bog’liqligini anglash bo’ldi.
Ingliz faylasufi va pedagogi