Ijtimoiy pedagogikani va ijtimoiy-pedagogik faoliyat rivojining metodologik asoslari reja: Ijtimoiy pedagogikaning predmeti



Yüklə 55,74 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü55,74 Kb.
#185826
  1   2   3   4
8-мавзу интографика


Ijtimoiy pedagogikani va ijtimoiy-pedagogik faoliyat rivojining metodologik asoslari
REJA:
1.Ijtimoiy pedagogikaning predmeti. Ijtimoiy pedagogika kategoriyalari va prinsiplari. Ijtimoiy pedagogik g`oyalarning Markaziy Osiyo, Rossiya va G`arbdagi tarixi.
2.Oila fukarolik jamiyati institutining asosiy bo`g`ini. Oila va maxalla - milliy hamda umuminsoniy tarbiyaning muhim instiutlari sifatida.
3.Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash. Oila pedagogikasining metodologik asoslari. Oila - pedagogik o`zaro munosabatlar hamda shaxs tarbiyasi va kamolotining sub’ekti sifatida. Oilaviy hayot soxasi tarbiya muxiti sifatida. Oiladagi tarbiyaviy vazifalar. Oila va bolalar, ota-onasiz qolgan bolalar bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat.
6.4.Deviasiya ijtimoiy pedagogik muammo sifatida. Alkogolizm, giyoxvandlik- deviantlik xulqi vujudga kelish shakli sifatida. Jinoyatchilik delinkventlik xulqi vujudga kelish shakli sifatida. Sog`lom turmush tarzini shakllantirish.
Mustaqil ta’lim: O‘zbekiston Respublikasida jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar va o’smirlarning ijtimoiy himoyasi.

Asosiy tushunchalar: Ijtimoiy pedagogika, sotsializatsiya (ijtimoiylashuv), sotsium, ijtimoiy rol, ijtimoiy maqom.


Ijtimoiy pedagogika predmeti va ob'ekti.
Ijtimoiy pedagogika fan sifatida pedagogikadan ajralib chiqdi. Uni o’rganilish jarayoni va ko’rinishi pedagogika fani tomonidan o’rganadigan, biroq o’ziga xosligi aniq bir sohani o’rganish jihatdan tadqiq qilinadi. Pedagogika fani bu yangi tarmoqining o’ziga xosligi “ijtimoiy” so’zida namoyon bo’ladi.
“Ijtimoiy” tushunchasi (lotincha socialis – umumiy, jamoatchilik) insonlarning birgalikdagi hayoti bilan bog’liq bo’lib, ularning muomala va bir-biriga ta'sirining turli xil shakllari birlashtiradi.
Pedagogika – bu fan sifatida o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi va ta'limi haqidagi fan bo’lsa, ijtimoiy pedagogika esa tarbiya va ta'limning bolalar hayotining jamiyatdagi o’rnini belgilab beradi. Bu jarayon bolaning jamiyatga “kirishi”, ularning ma'lum bir ijtimoiy tajribaga ega bo’lishi (bilim, boylik, o’zini tutish qoidalari, yo’naltirish) sotsiyalizatsiya (ijtimoiylashuv) deb yuritiladi.
Bolaning ijtimoiylashuvi – juda o`zoq va murakkab jarayon hisoblanadi. Har qanday jamiyat shunga intiladiki, har bir bola ma'lum ijtimoiy va ahloqiy qadriyatlar tizimiga, shu jamiyat me'yor va qoidalariga ega bo’lishi, shu jamiyatda yashash uchun, teng huquqli a'zosi bo’lishga intiladi.
Jamiyat o’zining qurilishiga ko’ra turli xildagi o’zaro bog’langan va o’zaro ta'sir etuvchi ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut – insonlar jamiyatdagi hayotining tarixan murakkab shaklda tashkil etilganligi va tartibga solinganligini o’rganadi. Xuddi ana shular orqali bola jamiyat me'yorlari va ahloq qoidalarini o’zlashtiradi. Shunday ijtimoiy institutlarni ijtimoiylashgan institut deb nomlash mumkin va bularga oila, ta'lim, madaniyat va din kabilar kiradi.
Oila – ijtimoiylashishning yetakchi instituti, bu orqali bola asosiy ijtimoiy bilimni egallaydi, ahloqiy mohirlik va ko’nikmani oladi, ma'lum baho va eng yuksak maqsad qilishni o’zlashtiradi, hayotida nima kerak bo’lsa shu jamiyatdan oladi.
Ta'lim – talim orqali bola bu jamiyatga hukmronlik qilayotganlarni baholay oladi. Ta'limda bilim olish jarayonida, u nafaqat rivojlanadi, balki jamiyatdagi hayotga moslashadi.
Madaniyat – bu shunday ijtimoiy institutki, insoniyat o’zi uchun yaratilgan moddiy va ma'naviy boyliklarni tanlaydigan maskan. Bolaga uning shakllanish jarayonida adabiyot, musiqa, rasm, ommaviy axborot vositalari va boshqalarning ta'siri tegadi.
Din – ijtimoiy institut sifatida murakkab ijtimoiy ko’rinishga ega. Bir butunicha tizimda alohida tasavvur, sezgi, ibodat harakatlari, tashkilotlar va sig’inuvchilarning turli xil birlashmalari mavjud. Doimiy axloqiy qadriyatlar, islom, xristian (yaqinlarga sevgi va g’amxo’rlik, halollik, chidamlilik, yaxshilik, mehr-muruvvatlilik va b), diniy bayram va an'analar, diniy musiqa va boshqalar bolaning jamiyatdagi ahloqiy me'yorlari ta'sir etishi mumkin.
Bolaning jamiyatga chiqish chizmasi – sotsializatsiya (ijtimoiylashuvi)



Fan sifatida ijtimoiy pedagogika xususiyatlarini tushunish uchun u nimani o’rganishini aniq ob'ekti va mavzui. Biz ularni bu yangi ilmiy soha ajralib chiqqan pedagogika bilan solishtirishda aniqlaymiz. Yodimizdaki, pedagogikani o’rganish ob'ekti – bola, mavzui esa bola tarbiyasi va ta'limi qonuniyatlari hisoblanadi. Unda ijtimoiy pedagogika ob'ekti bo’lib ham bola, uni o’rganish mavzui esa bola ijtimoiylashuvi (sotsializatsiyasi) hisoblanadi.


Ijtimoiy pedagogikaning pedagogika va sotsiologiya bilan o’zaro ta'siri chizmasi


Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixi tadrijiy tavsifga ega. Ana shu nuqtai nazardan ijtimoiy pedagogika fani rivojining uch bosqichi alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining birinchi bosqichi qadimgi davrlardan XVII asrgacha bo’lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davrda faktlar to‘planishi, tarbiya tajribasining ortib borishi, pedagogik va ijtimoiy nazariyalarning shakllanishi ro‘y bergan bulib, ijtimoiy pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida asta-sekin tan olinishi bilan tavsiflanadi. Chunki bu davrda tarbiyaning turli nazariyalari yo`zaga kelgan. Birinchi bosqichning bu kabi davriy chegaralanishi, avvalambor, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida ham ijtimoiylashtirish muammosining mavjud bo‘lganligi bilan izohlanadi. Biroq ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik g'oyalarga tavsif berganda faqatgina tarbiyaga oid tajribalar to‘g‘risida fan borishi mumkin.


Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida insonni hayvonot olamidan ajralishi bilan paydo bulgan. Dastlab tarbiya umumiy taqlidiy ma'no kasb etgan bo‘lsa, keyinchalik esa o`ziga xos faoliyat turiga aylangan va bu bilan shug‘ullanuvchi kishilar — tarbiyachilar paydo bulgan. Vaqt o‘tgani sari tarbiya jarayoni ham murakkablashib borgan, yosh, jins, mazmuniga ko‘ra farqlana boshlagan, uning axloqiy jihatlariga e'tibor qaratila boshlangan. Ta'kidlash joizki, arxeologik qazilmalar asosida olingan ma'lumotlar ibtidoiy jamoada kasal va yaradorlarga yordam ko‘rsatilganligini to‘la tasdiqlaydi (qazilma skeletlardagi shikast izlari bolalikdagi kasallik oqibatida yoki o‘limidan ancha oldin olingan jarohatlar bilan bog‘liq bulgan). Bu kabi qarashlar etnografik ma'lumotlarda ham ham o‘z tasdig‘ini topgan. Ibtidoiy jamoa to`zumida yashagan barcha elatlarda meqnatning jins va yoshga qarab ajratish an'anasi bulgan. Keksalar yoshlarni muntazam ravishda turli kasb-hunarlarga o‘rgatishgan. Bularning hammasi ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik tajribani n g ilk ko‘rinishlari mavjud bo‘lganligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi. Agar ibtidoiy davr ijtimoiy-pedagogik amaliyotning vujudga kelishiga zamin yaratgan bo‘lsa, qadimgi dunyoning ilk sivilizatsiyalarining paydo bo‘lishi ijtimoiy-pedagogik fikrning shakllanishiga kuchli ta'sir ko‘rsatgan. Sharqning quldorlik davlatlarida ijtimoiy pedagogik g‘oyalar bir nechta mualliflar tomonidan shakllantirilgan va, odatda, muqaddas kitoblar shaklida butun xalq mulkiga aylangan (Xitoyda — Shukit, Hindistonda — Vedalar, Misrda — Tot xudosi kitoblari, O‘rta Osiyoda — Avesto va boshqalar). Faqatgina miloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalari va ikkinchi yarmida ijtimoiy pedagogik g‘oyalarni yaratgan allomalarning nomlari ma'lum bo‘la boshlaydi. Shubhasiz, ijtimoiy pedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik davr (yunon va rim) faylasuflari kata hissa qo‘shganlar.
Xususan, Suqrot (mil. avv. 469 — 399 y.) “O‘z-o‘zingni angla” degan shiorni ilgari surgan va shu bilan ong insonda barcha yovo`zlikni yo‘qotishi mumkinligini ta'kidlagan.
Demokrit (mil. avv. 460 — 370 y.) o‘z ta'limotida tarbiyada bola tabiatini hisobga olish tamoyilini asoslab bergan. Bundan tashqari, uning fikricha, bola tarbiyasini yoshligidan boshlamoq kerak.
Aflotun (mil. avv. 423 — 347 y.) ilk marotaba davlat va tarbiyaning o‘zaro munosabati g‘oyasini ilgari surgan. Uning fikriga ko‘ra, tarbiya davlatning eng muhim vazifasi bo‘lgan.
Arastu (mil. avv. 384 — 322 y.) antik dunyoda tarbiyaning to‘liq nazariyasini ishlab chiqqan. Aflotundan farg‘uti o‘laroq, Arastu inson tarbiyasida asosiy e'tiborni davlatga to‘liq bo‘ysunishga emas, balki insonning o`zmanfaatlariga, uning rivojlanishiga qaratadi. Shaxsning jamoa bilan uyg‘un rivojlanishi to‘g‘risidagi g‘oya ham unga tegishlidir.
Mark Fabiy Kvintilian (mil. avv. 42 — 118 y.) qadimgi yunonning notikdik san'ati nazariyotchisi, pedagog. “Notiqning tarbiyasi haqida” deb nomlangan ilk pedagogik asar unga tegishli bo‘lib, unda tarbiyaning muhim g‘oyalari, ta'lim metodikasi bayon etilgan. Kvintilianning asosiy g‘oyalari o`z “men”ini saqlab qolish, o’zi ustidan” hukmronlikka erishish kabilarni tashkil etadi.
Katta yer egaligi munosabatlariga asoslangan davri tarbiyasining o`ziga xos xususiyatlari asketizm, dunyo dinlari qoidalariga qat'iy amal qilish bulgan. Asketizm (yunoncha) tuyg‘u va istaklarni cheklash yoki bostirish, azob tortish, hayot ne'matlaridan voz kechish degan ma'noni anglatadi. O‘sha davrning (VI — XII asrlar) ijtimoiy-pedagogik g‘oyasini yaratuvchilari o‘sib kelayotgan avlodga singdirmoqchi bulgan axloqiy qadriyatlar orasida hamdardlik, yaqinlarga yordam, xususan, kasallar va nochorlarga yordam kabilarni targ‘ib etadilar.
XV — XVI asrda avval Italiyada, so‘ngra yevropaning boshqa davlatlarida kapitalistik munosabatlar rivojlana boshladi. Paydo bo‘layotgan yangi toifa vakillariga, xususan, ziyolilarga asketizmning tamoyillari begona edi. Yangi burjua madaniyati shakllana boshlagan bir paytda uni tavsiflash uchun insoniylashtirish va qayta tiklash tushunchalari qo‘llanilgan.
Gumanizm (insoniylik) tushunchasi yangi madaniyat markazida ilohiylik emas, inson shaxsi turishidan guvoqlik berardi. Insonning o‘zi qam qalban va jismonan go‘zal bulishi lozim. U faqatgina o`z ongi, kuchi, muvaffaqiyatiga ishonchi, faolligi, irodasi tufayli barcha qadriyatlar va o`z baxtining yaratuvchisiga aylana oladi. Shu bilan birga, gumanistlar cherkovga ochiqdan-ochiq qarshi chiqmaganlar. Ular xudoga buyuk yaratuvchi sifatida qarashgan.
XIV — XVI asrlar gumanistlarining aksariyati o‘zlari pedagog bo‘lishgan yoki pedagogik nazariyaga murojaat etishgan. Gumanizm g‘oyasi pedagogikada xuddi ana shu davrlardan boshlab ko`zatila boshlangan. Asl tarbiya o‘z mohiyatiga ko‘ra doim go`zallik haqida, uning kelajagi haqidagi g‘amxo‘rlikni bildirgan.
Uyg‘onish davrida ijtimoiy gumanizm g‘oyalarining amalga oshirila boshlanishi mashhur italiyalik pedagog-gumanist Vitgorino de Genotre (1378 — 1446) tomonidan ilk marta “Quvonch uyi” nomli internat maktabining yaratilishi bilan bog‘liq. Shuni ta'kidlash joizki, ta'riflanayotgan davrda din, pedagogika va ijgimoiy-pedagogika bir-biri bilan o`zviy bog‘liqholda rivojlangan.
Diniy qarashlarda asosiy e'tibor umuminsoniy qadriyatlarga yo‘naltirilgan. Diniy rivoyatlarda, muqaddas kitoblarda, oyatlarda axloqiy o‘gitlar, insonlararo munosabatlar, qavm-qarindoshlarga, bolalarga g‘amxo‘rlik haqida ko‘p gapirilgan. Bu asosda ko‘pgina avlodlar tarbiya topishgan va bu borada yevropada cherkov o`zoq vaqt mobaynida “nogiron bolalar rahnamosi” bo‘lgan. Unga nafaqat ruxrty yordam so‘rab, balki tibbiy, moddiy yordam so‘rab, adolatsizlikdan himoya so‘rab murojaat qilishgan. Bu borada butun dunyoda diniy tashkilotlarning boy an'fnalari mavjud. Masalan, yevropada antik davrlardan buyon ota-onasiz qolgan bolalarni ibodatxonalar eshigi oldiga qo‘yib ketishgan.
Manbalarga ko‘ra, ota-onasiz qolgan bolalar uchun ilk tarbiya uylari IV asrda Kesariya shahrida yepiskop Vasiliy Kesariyning tashabbusi bilan paydo bo‘lgan. 787 yilda bunday muassasa Milandagi soborda ham paydo bo‘lgan. O`zoq vaqg u yevropada yagona tashkilot bo‘lib qolavergan va faqat XIV asrga kelib tarbiya uylari soni o‘ttiztagacha ko‘paygan. Qizig‘i shundaki, bu uylarda faqatgina bolalarga g‘amxo‘rlik qilmasdan, profilaktika ishlari ham olib borilgan: onalarga yordam berilgan, bolalarni boshqa oilalar tarbiyasigaberishgan, ularningtarbiyasini nazorat qilishgan.

Yüklə 55,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin