160
tayyorlash boshlandi. XX asrning 20-yillarda maktabga moddiy yordam beruvchi
“komsod” (yordam qo’mitasi) nomli tashkilotlar faoliyat yuritgan. SHuningdek, kam
ta’minlangan oilalarni moddiy ta’minlovchi “kambag’alik fondlari” ham mavjud bo’lgan.
V.F.Lubensov tomonidan boshqariladigan K.Libxknet
nomli mehnat maktabining
tuzulishi respublika hayotida muhim voqea bo’ldi. Maktab faoliyatida ijtimoiy
pedagogik tamoyillar yorqin joy oldi. Karl Libxnet nomidagi tajriba maktab-kommunasi
Toshkent yaqinidagi 600 ta yetim bolalar tarbiya topgan ilk maktablardandir. Turkiston
ASR hukumati 1918 yilda maktabga Nikolskoye qishlog’i yonidagi yangi binoni berdi.
1919/20 yil qish fasli juda og’ir keldi. Isitilmagan xonalarda yashashdi, na chiroq, na
kerosin bor edi. qiyinchiliklarga qaramay maktab pedagogik jamoasi ijod bilan mashg’ul
bo’lishni davom ettirdi.. Maktab bayramlarida yosh iqtidorli bolalar chiqish qilishardi.
O’quvchilar aksariyat
vaqtlarini toza havoda, sport bilan shug’ullanish, turli rasmlar
chizish bilan o’tkazishardi. O’quvchilar kontingentining o’ziga xos xususiyatlarini
inobatga olibmaktab pedagoglari tarbiya ishini qattiqqo’llik tamoyillari asosida olib
borishardi. Maktabning o’quv va mehnat faoliyati yorqin ijtimoiy yo’nalishga ega
bo’lgan. Masalan, “Nihol” to’garagi eng kambag’al aholiga 6000 dona nihol hadya etdi,
30 dehqonga qishloq xo’jaligi ko’rgazmasida ishtirok etishga ko’maklashdi. “Tozalik”
to’garagi oziq-ovqatlanishni nazorat qilardi. Suvdan foydalanish, maishiy va qishloqdagi
sanitar-gigenik sharoitlar. O’quvchilar o’zlari turli fanlardan o’quv qo’llanmalari
tuzishdi. Jismoniy mehnat o’quv va fakultativ mashg’ulotlar bilan bir vaqtda o’tkazilardi.
Bahor, yoz va kuzda asosiy tarbiya ishi dala, bog’larda o’tardi. Ular bug’doy, paxta,
guruch, jo’xori, olma, sabzavotlar yetishtirishardi.
Ipakchilik, asalarichilik bilan ham
shug’ullanishardi. Bunaqa turli xil mashg’ulotlar o’quvchilarda agrotexnik va zootexnik
ko’nikmalar paydo bo’lishiga olib keldi.
Bolalarning mustaqilligi va mas’uliyatliligini rivojlantirishning yana bir metodi o’z
o’zini boshqarish tizimi bo’lib, u jamoada muomala qilish ko’nikmalarini to’ldirardi.
1924 yil maktabda Volga bo’yidagi och bolalar uchun Go’daklar uyi tashkil qilindi.
Maktab jamoasi barcha moddiy qiyinchiliklarni bartaraf etdi va 1971 yil maktab tajriba
maktabiga aylandi. Qisqa vaqt mobaynida iqtidorli va qiziquvchan pedagoglar jamoasi
xizmatlari bilan maktab o’qituvchi kadrlar malakasini oshirish bilan shug’ullanuvchi,
shahar va qishloq maktablari uchun metodik qo’llanmalar,
dasturlar chiqaruvchi
respublika ilmiy-metodika markaziga aylandi.
Maktab jamoasi ilk marta “qishloq o’qituvchisining kutubxonasi” nomli metodik
darsliklar yaratdi. SHuningdek, 1925 yilda V.Lubensovning “Boshlang’ich maktabda
dars berish metodlari” (o’zbek tilida) nomli kitobi, 1928 yilda V.F.Lubensov va
N.P.Arxongelov taxriri ostida “Bilim” nomli o’zbek maktabi boshlang’ich sinflari uchun
ilk xrestomatiya chop etildi.
1924 yilda O’zSSR tashkil topishi munosabati bilan maktab qoshida o’zbek bolalari
uchun boshlang’ich maktablar tuzildi.
Unda Inoyatov, Mansurov, Usmonov, Rustamov,
Safarov kabi ajoyib o’qituvchilar dasr berishgan.
Bu maktab tajribasi nihoyatda qiziqarli bo’lgan va xozirgi ijtimoiy holatda ham
qo’llash uchun o’rganilishini talab qiladi. 20-30 yillarda ijtimoiy pedagogik tarbiyaning
asosiy yo’nalishlari quyidagilar bo’lgan:
savodsizlikni bartaraf etish (ayniqsa ayollarda);
mehnat tarbiyasi va ta’limni yo’lga qo’yish;
maktab-internatlarni yaratish;
ta’limni ishlab chiqarish mehnati bilan birlashtirish.
161
O’rganilayotgan davrda nafaqat o’quv yilida balki ta’tillarda ham “yozgi maktab”
nomi ostida o’tkaziladigan darsdan tashqari o’qish ham rivojlana boshladi. Ilk maktabdan
tashqari bolalar muassasalari-kutubxona-qiroatxonalar, maktab-teatr jamoalari paydo
bo’la boshladi. XX asrning 30-yillarda maktabdan tashqari
bolalar texnik va qishloq
xo’jaligi stansiyalari, klublari, kutubxona va teatrlari faoliyat yuritdi. Turli maktab
to’garaklari yoshlarning ijodini rivojlantirish vositasi sifatida bo’sh vaqtlarini maroqli
o’tkazishi uchun tashkil qilindi. Aynan shu davrda pedagogik
faoliyatini boshlagan
o’zbek shoiri G`.G`ulomni (1903-1966) tilga olmay iloj yo’q. 1918 yildan G`.G`ulom ilk
o’zbek maktab-internatlarining ochilishida faol ishtirok etgan va 1943 yilgacha bu
maktablarda dars bergan. Uning faoliyati bir qator ijtimoiy pedagogik vazifalardan-
savodsizlikka qarshi kurash, kattalar uchun kechki kurslarni tashkil qilish, ta’lim
berishning ilg’or usullarining qo’llanishi, o’quvchilarning
mustaqil badiiy faoliyatiga
rahbarlik, o’quvchilarda kasb, mehnatga qiziqish uyg’otishdan iborat edi. G`.G`ulom
oilaviy tarbiyaga katta e’tibor bergan va bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy yuksalishi ota-
onaga bog’liq ekanligini dalillar bilanasoslangan..
Dostları ilə paylaş: