167
o’zbek xalq tarbiyasini hozir bolaga g’amxo’rlik qilish, uning sog’ligi haqida qayg’urish,
uning hayotini himoya qilish, kattalar tomonidan uning aqliy rivojini, axloqiy, estetik,
jismoniy va mehnat tarbiyasi uchun ularga ta’sir qilishning majmuasi hisoblanadi.
O’zbeklarning etnografiyasining turli xil materiallarini taxlil qilar ekanmiz, u o’ziga
yarasha mukammal inson modelini yarata olishini e’tirof etishimiz mumkin.
Buyuk ma’rifatparvarlar-olimlar, pedagoglar, shoirlarning pedagogik g’oyalarini
o’rganish inson tarbiyasi haqidagi xalq g’oyalari ularning asarlaridan joy topganligiini
tasdiqlaydi. Ibn Sinoning “Tadbiri manzil” kitobining “bolalar tarbiyasi va ta’limi”
bobida oila tarbiyasi amaliyotidan, Beruniyning “Qadimgi
xalqlardan qolgan
yodgorliklar” kitobida turli xalqlarning an’analaridan Al-Farobiyning “Katta musiqa
kitobi”da xalq musiqasidan ko’p misollar bor, Nosir Husravning “Baxt kitobi”da ham
oddiy odamlarning mehnatlari ulug’lanadi.
Xalq pedagogikasini o’rganishga S.R.Rajabov, A.Ismoilova, I.Obidova,
S.Temurova, M.Ochilov, A.Otayeva, Z.Mirtursunov, A.Minavarova kabi o’zbek
olimlarining ishlari bag’ishlangan. Bu mualliflarning ishlarini birlashtirgan holda o’zbek
xalq pedagogikasining quyidagi yo’nalishlarini ajratsak bo’ladi:
bolaning axloqiy, aqliy, mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasining o’zaro aloqasi
asosida har tomonlama rivojlanishi g’oyasi;
shaxsning rivojlanishida oilaviy tarbiyaning yetakchi rolini belgilash;
xalq pedagogikasi usul va tamoyillarining xalq ijodi namunalarida
mujassamlashuvi;
ta’lim-tarbiyaning pedagogik usullarini birlashtirish;
xalq pedagogikasining amaliy xarakteri;
xalq pedagogikasining o’sib kelayotgan avlodni aniq amaliy fuqarolik, oila
faoliyatiga tayyorlashdagi ijtimoiy roli.
Xalq pedagogikasining qoidalari xalq ijodi namunalari-maqol, ertak, ashula, doston,
rivoyatlarda o’zining ifodasini topgan. Aynan shularda xalq asrlar mobaynida o’z
ijtimoiy tajribasini umumlashtirgan. Ular hikmatlar shaklida pand-o’git mazmuniga ega
bo’lib xalqning ijtimoiy hayotga bo’lgan real (hayotiy )qarashlarini ifodalaydi.
O’zbek xalq pedagogikasining o’ziga xos xususiyatlaridan biri xalq og’zaki ijodi
matnlarida tarbiyaning vosita, usullarining tavsifi beriladi.
Hayotiy
sharoitlar, oilaviy an’analar, tarbiya usullari va vositalari o’zbek xalqi
orasida nihoyatda turli tumandir va bundan ko’p sonli manbalar dalolat beradi. Aynan
shularda biz mehnat jarayonlarinin yigitva qizlar uchun mo’ljallangan bayramlarning
o’ziga xos tavsiflarini topamiz.
An’ana, odat, marosimlar avloddan-avlodga o’tgan. Nikoh tuzish, bolaning
tug’ilishi, , mehmonlarni kutib olish va kuzatish,
vafot marosimi, mehnat jarayonlarini
o’tkazishning muayyan qoidalari mavjud bo’lgan. Bu marosimlarda bolalarning doimiy
ishtiroki ta’minlanadi. Bu odatlar yordamida o’zbeklarning an’anaviy muomala shakli
shakllanadi.
Sobiq sho’ro tuzimi davrida milliy an’analarga, odatlarga hurmatsizlik qilish oxir-
oqibat axloqiy holatlarning yomonlashuviga olib keldi. So’nggi yillarda insonlarning
tabiat, jamiyat, dinga nisbatan munosabatida ko’proq erkinlik paydo bo’ldi. Bu
sharoitlarida odat, marosimlar, muomala madaniyatdagi o’ziga xoslik o’sib
kelayotgan
avlodning har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash tizimida yanada muhim o’rin
tuta boshladi. O’zbek xalqi axloqiy odatlarining mustahkamligi asosan oilaviy
munosabatlar va oilaviy tarbiyaning alohida ahamiyati bilan bog’liq.
168
O’zbek xalq pedagogikasida sevgi, oila, bolalar haqidagi qarashlar ko’p yillik tajriba
ta’sirida shakllangan. Bu tushunchalarning qonun va qonuniyatlarida pedagogik va
amaliyotda sinalgan tarbiya normalari qoidalar,o’z aksini topgan. Xalq pedagogikasida
oila inson hayotida eng asosiy tarbiya omili sifatida ko’riladi. Oila jamiyat negizidir. Oila
bolalarga ta’sir etish usullari, odat-an’analarini aniqlashi kerak. U dam olish tartibini,
bolalarning mehnat va o’quv mashg’ulotlarini belgilashi lozim. SHuningdek, oila ota-ona
va bolalar orasidagi o’zaro munosabatlarning eng qulay me’yorlarini ishlab chiqadi.
CHunki bola o’zini qiziqtirishgan masalalar bo’yicha eng avvallom bor o’z ota-onasi, eng
avvalo onasi bilan o’rtoqlashadi. Bu yerda oila a’zolari orasidagi
munosabatlar amalga
oshadi, hamda ota-onaning tarbiyaviy vazifalari aniqlanadi.
Oila va oilaviy tarbiyaning u yoki bu xususiyatlari doimo xalq e’tiborining
markazida bo’lgan va bu xalq pedagogikasida o’z ifodasini topgan. Xalq avvalom bor
baxtli oila yaratish yaratish uchun kurashgan. Xalq oilani baxt manbai, “tabiat
go’zalligi”, mehnatsevar oila jamoasi sifatida ko’radi va oilada ayol va erkak teng
huquqliligini e’tirof etadi, ayollar huquqini himoya qiladi, ajralishlarni qoralaydi, oilaviy
nizolarni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan hal qilishni maslahat beradi.
Xalq pedagogikasida onalikka oliy ijtimoiy qadriyat sifatida qoraladi, xalq og’zaki
ijodida esa ona doim ulug’lab kelinadi. Oilaning ijtimoiy vazifalarini xalq bolada ahloq,
hurmat, kattalar va kichiklar bilan hushmuomala bo’lish, qishloq xo’jaligi, kasb-xunar
malakalarini egallashda ko’rgan.
Dostları ilə paylaş: