181
boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro’y beradi.
Bu hodisa shunda
namoyon bo’ladiki, shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlari individual,
faqat shu
shaxsga tegishli tarzda namoyon bo’ladi, uning ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas
jihatlarga ega bo’ladi. SHunday qilib bolaning ijtimoiy rivojlanishi ikki o’zaro bog’liq
yo’nalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv ( ijtimoiy
madaniy tajriba madaniyatni
o’zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbiy o’ziga xoslikni qo’lga kiritish).
SHu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda moslashuv (birlashish) va
individuallashuv jarayonlari bilan bog’liq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni
inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvidir. moslashuv sub’ekt va
ijtimoiy muhit faolliklarining yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj).
Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga
insonning munosabat
bildirishidir. SHunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudodga
aylanish jarayoni va natijasidir.
Indivuallashuv insonning xali yoshligidayoq paydo bo’ladigan ob’ektiv ehtiyojlari
bilan bog’liq jamiyatdagi o’z-o’zini egallashdir. Bu ehtiyoj:
a) o’z qarashlariga ega bo’lish;
b) o’ziga xosliklariga ega bo’lish;
v) unga tegishli bo’lgan masalalarni hal qilish, uning o’z darajasini aniqlab olishiga
xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish xohishi sifatida namoyon bo’ladi.
Agar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuaalashuv jarayonlari
o’rtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi ro’y beradi. SHu bilan
birga bu yerda shaxs va muhitning o’zaro ta’sir etish ham sodir bo’ladi. SHunday qilib,
muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv o’rtasida
muvozanat
saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon 3 asosiy sohada amalga oshadi:
- faoliyat-turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qo’lga
kiritish, erkin
mo’ljal olish.
- muomala-muomala
doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish,
xulq-atvor me’yorlarini o’zlashtirish.
- anglash-shaxsiy men obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi
sifatida shakllantirish,
o’z ijtimoiy mansubligi va o’rnini anglash, o’ziga baho berishni shakllantirish.
Dostları ilə paylaş: