O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/231
tarix20.09.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#145771
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   231
ijtimoiy pedagogika

Ijtimoiylashuv omillari.
Ijtimoiylashuv bolalar, o’smirlar, yoshlarlarning 
rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko’p sonli shart-sharoitlar bilan o’zaro munosabatida yuzaga 
keladi. Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Aslida ularning hammasi ham 
aniqlanmagan. O’rganilgan omillar haqida bilimlar yetarli emas. Ijtimoiylashuvning 
omillari 4 guruhga bo’linadi; 
1.Megaomillar
(mega-eng katta)-kosmos, planeta, dunyo, shuningdek bularga 
demografik, ijtimoiy siyosiy, ekologik, planetar jarayonlarni ham kiritsa bo’ladi. Ular 
boshqa omil guruhlari orqali yerning barcha aholisining ijtimoiylashuviga ta’sir 
ko’rsatadi.
2.Makroomillar
(makro-katta)-davlat, xalq, jamiyat. Bu omillar muayyan hududda 
yashovchi aholi ijtimoiylashuviga ta’sir qiladi.


184 
3.Mezoomillar
(mezo-o’rta)-hudud va yashash joyi ommaviy aloqa tarmoqlari, 
auditoriya, u yoki bu submadaniyatga tegishliligiga ko’ra ajratilgan guruhlarning 
ijtimoiylashuvi 
shart-sharoitlari. 
Mezoomillar 
etnik 
qurilmalarni 
shakllantirish 
jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga, shu hududning OAVlariga ta’sir qiladi.
4
.Ijtimoiylashuvga 
mezoomillar
mikroomillar orqali ta’sir qiladi. Mikro omillarga 
muayyan shaxslarga ta’sir qiluvchi omillar-oila, qo’shnilar, tengdoshlar guruhlari, tarbiya 
muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar kiradi. 
SHaxs tug’ilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki mikrosotsium 
deyiladi.
Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari ichki biologik omillar ham mavjud. Ularni bir-
biridan mustaqil o’rganishning iloji yo’q. Zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs 
rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy omillarajratib ko’rsatiladi. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin