O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/231
tarix20.09.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#145771
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   231
ijtimoiy pedagogika

Biologik omillar .
Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarini 
aniqlaydi. 
Irsiyat 
deganda 
ota-onalardan 
bolalarga turli belgi, o’xshashlik, 
xususiyatlarning o’tishi tushuniladi. Irsiyatga ko’ra bolaga ota-onasidan inson organizmi, 
asab tizimi, miya va xis tuyg’u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch, teri rangi 
o’tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi omillar hisoblanadi. 
SHuningdek irsiyat bo’yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xusuiyatlari ham 
o’tishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror bir faoliyat sohasida 
muayyan qobiliyatlarining shakllanishini ko’zda tutadi. Psixologik ma’lumotlarga ko’ra 
qobiliyat insonning tabiiy xususiyati bo’la olmaydi. Bola qobiliyatlarining namoyon 
bo’lishi uning hayot, talim-tarbiya jarayonlariga bog’liq.
Ota-onadan bolaga o’tuvchi bir qator kasalliklar mavjud-qon kasalligi, shizofreniya, 
epilepsiya, daun kasalligi va boshqalar. Bu kasalliklarni ginetika o’rganadi. 
Hozirgi paytda bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosferaning buzilishi kabi tashqi 
omillar ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Buning natijasida jismoniy nuqsonli bo’lib 
tug’ilayogan bolalar soni ko’paymoqda. Bunday bolalarning muomalaga kirishishi va 
faoliyat yuritishi nihoyatda og’ir kechadi. SHuning uchun ularga o’qitishning yangi 
metodlari joriy qilinmoqda va bu metodlar ularning aqliy rivojlanishga erishishlariga 
yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus pedagoglar shug’ullanishadi. Bu 
bolalar o’z tengqurlari bilan muomalaga kirishganlarida jiddiy muammolarga duch 
kelishadi. Bu esa ularning jamiyatga integratsiyalashuvlarini qiyinlashtiradi. SHuning 
uchun bunday bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning asosiy maqsadi 
bolaga tashqi olam bilan aloqa qilish kanallarini ochishdir.
 Ijtimoiy omillar. 
Insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy sub’ektga aylanishi, 
uning ijtimoiylashuvi, jamiyatga integratsiyasi natijasida sodir bo’ladi. Bu jarayon 
shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadigan qadriyat, ijtimoiy 
norma, xulq-atvor namunasi orqali amalga oshadi. 
Ijtimoiylashuv insonning butun hayoti davomida kechadigan ko’p qirrali jarayondir. 
U ayniqsa bolalik va yoshlik davrida nihoyatda jadallik bilan kechadi. CHunki aynan 
bolalikda asosiy ijtimoiy me’yorlar o’zlashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola 
asta-sekinlik bilan o’zlashtiradi. Agar bola tug’ilgandan keyin asosan oilada rivojlansa, 
uning keyingi rivojlanishi yangi va yangi muhitlar-maktabgacha ta’lim muassasalari, 
maktab, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli ko’ngilochar maskanlarda 
kechadi. YOsh ulg’aygan sari ijtimoiy muhit “hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik 
ko’p muhitlarni o’zlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga harakat qiladi. 
Bola doimo o’zi uchun qulay bo’lgan uni yaxshi tushunadigan, unga hurmat bilan 


185 
munosabatda bo’ladigan muhitni izlashga urinadi. SHuning uchun u bir muhitdan boshqa 
muhitga ko’chib yuradi. Muhit bolaning shakllantirishida, uning ijtimoiy tajriba 
to’plashida ijtimoiylashuv jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega.
Muhit tushunchasi turli fan vakillari-sotsiologlar, psixologlar, pedagoglarning 
o’rganish ob’ekti hisoblanadi. Ular muhitning bunyodkorlik salohiyati va bola 
shakllanishi, rivojlanishidagi ta’sirini o’rgandilar.

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin